--

Xonadon bag‘ridagi shifo maskani

Xonadon bag‘ridagi shifo maskani
Chop etilgan 16 октября, 2026

Yangiyer shahrining Bobur nomli mahallasi, Matbuot ko‘chasidagi 6-uyga kirganimizda xonadonda odamlar salomatligi yo‘lida xizmat qilayotgan bir ayolning mehnati, izlanishi va tashabbusiga guvoh bo‘ldik.

Bir qarashda oddiy xonadon. Ammo xonadonda bir ayolning o‘z imkoniyatlarini ishga solib, aholi uchun tibbiy xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan intilishiga qoyil bo‘lish kerak. Jumagul Babayorova o‘z uyida ambulator yo‘nalishda turli tibbiy muolajalarni amalga oshirib, shu orqali nafaqat o‘z bandligini ta’minlamoqda, balki atrofdagi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Odatda tibbiy xizmat deganda ko‘z oldimizga shifoxona, poliklinika yoki maxsus tibbiyot muassasasi keladi. Xonadonda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat bemorlarni darddan forig‘ qimoqda. Kim uchundir uzoqdagi shifoxonaga borib, kelish vaqt va mablag‘ talab qilishi mumkin. U yerda yo‘lga qo‘yilgan bunday xizmat esa muayyan muolajalarga ehtiyoj sezgan aholiga qulaylik yaratadi. Aslida xonadonda boshlangan bu faoliyat ortida katta ma’no bor. Chunki ayolning bandligi faqat daromad bilan bog‘liq emas. Bu uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, jamiyatdagi faolligi va o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishidir. Bugun xonadonda tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda. Ertaga esa bu faoliyat yanada kengayishi, yangi imkoniyatlar va yangi xizmatlar uchun asos bo‘lishi mumkin. Muhimi, buning boshlanishi uchun katta bino yoki ulkan mablag‘ emas, avvalo tashabbus va harakat kerak bo‘lgan.

Ba’zan bir ayolning o‘z imkoniyatiga ishongani, kasbini qadrlagani va odamlarga xizmat qilishni maqsad qilgani kifoya.

Bir xonadon bir tashabbus. Bir tashabbus, bir imkoniyat. Bir imkoniyat esa boshqa insonlar hayotiga ham naf olib kirishi mumkin.

Marjona MIRZABEKOVA

Marjona MIRZABEKOVA
Marjona MIRZABEKOVA
Репортер
Теги::