--

“GENDER TENGLIK FAOLI” MILLIY TANLOVI

“GENDER TENGLIK FAOLI” MILLIY TANLOVI
Chop etilgan 25 ноября, 2026

Oliy Majlis Senati, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oşiriş, gender tenglik va oila masalalari böyiça respublika komissiyasi hamda Oila va xotin-qizlar qömitasi taşabbusi bilan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi e’lon qilingan edi. Ommaviy axborot vositalarida gender stereotiplaridan xoli obrazlarni şakllantiriş, xotin-qizlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oşiriş, rahbarlik lavozimlarida ayollar uluşini köpaytiriş, zöravonlikning oldini oliş, ota-onalarning bola parvarişidagi teng mas’uliyatini rağbatlantiriş, xotin-qizlarning raqamli savodxonligini oşiriş, ularni ilm-fan, sport va axborot texnologiyalari sohalariga keng jalb etiş va boşqa yönalişlar böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqidagi loyihalar, hujjatlar tanlovga taqdim etildi. Tanlovning viloyat bosqiçida 5 ta viloyat taşkiloti, tuman va şaharlardagi 22 ta muassasa va taşkilotlar uşbu mavzu böyiça öz loyihalari bilan iştirok etişdi. Loyihalar asosida amalga oşirgan işlar onlayn tarzda taqdim etildi. Yaqinda viloyat Oila va xotin-qizlar boşqarmasida jamlangan nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan iştirokçilarining tanlovga taqdim etgan hujjatlari (qilingan işlarni aks ettiruvçi videotasvirlar, fotosuratlar, ma’lumotlar) tegişli nizomga köra, 8 ta baholaş mezoni asosida körib çiqildi. Dastlab “Xovos ovozi” gazetasi boş muharriri Anorboy Qahhorov gazeta sahifalarida gender tenglik masalalari mavzularida e’lon qilingan maqolalar xususida gapirdi. Xovos tumani signallaştiriş va aloqa masofasi filiali elektromexanigi Nasiba Xudoyqulova hamda tuman tibbiyot birlaşmasi boş hamşirasi Nurjamol Çöyanova tanlov nizomida körsatilgan barça yönalişlar böyiça amalga oşirilgan işlar, jumladan, gender tenglik böyiça loyihalarning ijtimoiy ahamiyati, xodimlarni işga qabul qilişdagi teng imkoniyatlar, xavfsiz mehnat şaroitlari yaratiş, veb-saytlarda gender tenglik sahifalari taşkil etiş va uni yangilaş, mahalliy va xalqaro aloqalar, kasbiy mahoratni oşiriş şaroitlari, xotin-qizlar va erkaklar huquqlarini himoya qiliş va boşqa yönalişlarda amalga oşirilgan işlar xususida batafsil töxtaldilar. Ayniqsa, Davlat kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyati boşqarmasi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi boş mutaxasissi Elmira Bekbergenova, Guliston şahar tibbiyot birlaşmasi boş hamşirasi Nargiza Pirimqulovaning taqdimotlari köpçilikning e’tiborini tortdi. — Şaharda 5 ta oilaviy va bitta köp tarmorqli polik-linika bölib, barçasida gender tenglik masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda, — dedi N.Pirimqulova. – Barça jamoalarda xavfsiz mehnat şaroiti yaratilgan, birlaşma veb saytidagi gender tengligi sahifasida qilingan işlar batafsil yoritib boriladi. Kasbiy mahoratni oşiriş böyiça ham yetarli şart-şaroit yaratigan. Xodimlar uçun öquv maşğulotlari taşkil etilgan. Gender tenglik böyiça mahalliy va xalqaro aloqalar tadbirlari ötkazib turiladi. Respublikamizning turli hududlaridan taşrif buyurgan hamkasblarimiz bir neça marta şifokorlarimizning bemorlarni elektron röyxat asosida qabul qiliş hamda ularning barça tibbiy ma’lumotlarini jamlaş böyiça töplangan iş tajribasini örganib ketişdi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj şaxslarni qöllab-quvvatlaş böyiça ham bir qança işlar amalga oşirilgan. Şuningdek, Boyovut tumanidagi 11-oilaviy poliklinika boş hamşirasi Şoira Vahobova, Yoşlar agentligi Guliston tumani bölimi mutaxassisi Naima Abdullayeva va boşqa taşkilot, idoralar vakillari ham öz jamoalarida uşbu yönalişlardagi sa’y-harakatlari töğrisida gapirdilar. Hakamlar hay’ati tomonidan gender tеnglikning turli yönalişlari böyiça eng faol iştirokçilar aniqlandi (ğoliblar röyxati gazetamizning keyingi sonlarida e’lon qilinadi).

Xolida PARDABOYEVA

Теги::