Is gazi hayot uçun xavfli: beparvolik fojiaga olib kelişi mumkin Isitiş mavsumi boşlanişi bilan xonadonlarda isitiş moslamalaridan foydalaniş köpayadi. Biroq mavsumga tayyorgarlik körmaslik, nosoz qurilmalardan foydalaniş va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik inson hayoti uçun jiddiy xavf tuğdiradi. Açinarlisi, bunday beparvolik ba’zan fojiali oqibatlarga, insonlarning hayotdan köz yumişiga sabab bölmoqda. Bu — har birimiz jiddiy e’tibor qaratişimiz zarur bölgan masala. Bir lahzalik e’tiborsizlik ortiga qaytarib bölmaydigan yöqotişlarni olib kelişi mumkin. Hurmatli yurtdoşlar! Özingiz va yaqinlaringiz hayotiga befarq bölmang. Isitiş moslamalaridan foydalanişda quyidagi qoidalarga qat’iy amal qiling: 🔹Qölbola va nosoz isitiş moslamalaridan foydalanmang. Gaz uskunalarining texnik holati va xavfsizlik tizimlarini mavsum boşlanişidan oldin malakali mutaxassislarga tekşirtiring. 🔹Gaz plitasidan xonani isitiş uçun foydalanmang. U faqat ovqat tayyorlaş uçun möljallangan. 🔹Dudburon va mörilarning sozligini ta’minlang. Ularning töğri ulangani, toza va oçiq holatda ekanini tekşirtirib, muntazam tozalatib turing. 🔹Şamollatiş kanallarini berkitmang. Xonada havo almaşinuvi uçun zarur şaroitni ta’minlang. 🔹Isitiş moslamalarini nazoratsiz qoldirmang. Ayniqsa, tungi vaqtda xavfsizlikka alohida e’tibor bering. Qurilmalardan işlab çiqaruvçi yöriqnomasiga muvofiq foydalaning. 🔹Gaz uskunalarini özboşimçalik bilan ulamang va ta’mirlamang. Ularni örnatiş va ta’mirlaş işlarini malakali mutaxassislarga işonib topşiring. Gaz uskunalarini rezina şlanglar orqali ulaşga yöl qöymang. 🔹Isitiş moslamalari yaqinida yonuvçan buyumlarni saqlamang. Bu yonğin xavfini kamaytirişga yordam beradi. Gaz hidi sezilsa, nima qiliş kerak? Gaz hidi sezilganda çiroqlarni yoqmang yoki öçirmang, elektr jihozlaridan va oçiq olovdan foydalanmang. Imkon bölsa, gaz kranini yoping, eşik va derazalarni oçib, xonani şamollating. Darhol xavfli hududni tark eting va xavfsiz joydan 104 raqami orqali gaz avariya xizmatiga xabar bering. Is gazi rangsiz va hidsiz bölgani uçun uni seziş qiyin. Boş oğriği, boş aylanişi, köngil aynişi yoki holsizlik kuzatilsa, darhol toza havoga çiqing, boşqalarni ham xavfli hududdan olib çiqing va 103 raqami orqali tez tibbiy yordam çaqiring. Unutmang: xavfsizlik qoidalariga amal qiliş — öz hayotingiz va yaqinlaringiz hayotini asraş demakdir. Isitiş mavsumini beparvolik bilan emas, mas’uliyat va ehtiyotkorlik bilan ötkazaylik!
Is gazi hayot uçun xavfli: beparvolik fojiaga olib kelişi mumkin
Chop etilgan
20 ноября, 2026
47
Теги::