--

TA’TILNING MAROQLI MANZILIDA

TA’TILNING  MAROQLI  MANZILIDA
Chop etilgan 29 июля, 2026

So‘nggi yillarda mamlakatimizda bolalarning yozgi dam olishini mazmunli tashkil etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu bejiz emas. Chunki yozgi ta’tilni to‘g‘ri tashkil etish nafaqat bolaning sog‘lig‘ini mustahkamlaydi, balki uning ma’naviy kamoloti, kelajagi va yangi o‘quv yiliga ham ijobiy ta’sir qiladi.

Mazkur yo‘nalishdagi islohotlarning muhim bosqichi Prezidentimizning 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-427-sonli qarori asosida boshlandi. Mazkur qarorga ko‘ra, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida Bolalarning dam olishini va ularni sog‘lomlashtirilishini yo‘lga qo‘yish departamenti tashkil qilinib, sohani boshqarish va rivojlantirishning yangi mexanizmlari joriy etildi.
Bugungi kunda departamentning viloyat boshqarmasi tasarrufida Jizzax viloyatidagi “Zomin” va Sirdaryo tumanidagi “Sirdaryo” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari faoliyat yuritmoqda. Ayniqsa, o‘tgan yili qayta ishga tushirilgan “Sirdaryo” oromgohi bugun bolalar quvonchi va shodligiga to‘lib, yozgi mavsumning eng gavjum maskanlaridan biriga aylangan.
Mazkur oromgohlar 7 yoshdan
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. Joriy yil yozgi mav-sumda 2 100 nafar o‘g‘il-qizning dam olishi rejalashtirilgan bo‘lsa, 21-iyul holatiga ko‘ra, 1 422 nafar bola sog‘lomlashtirildi.
Biroq mavjud imkoniyatlar ehtiyojni to‘liq qoplayapti, deyish qiyin. Chunki viloyatda qamrov yoshidagi bolalar 133 ming 333 na-farni tashkil etadi. Demak, mavjud oromgohlar qamrovi bilan ehtiyoj o‘rtasida sezilarli tafovut mavjud. Bu esa oromgohlar sig‘imini kengaytirish, yangi dam olish maskanlarini tashkil etish hamda sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyatini yanada rivojlantirish zaruratini ko‘rsatmoqda.
Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirishni tashkil etish departamenti viloyat bosh-qarmasi mas`ul xodimi G‘ulom jumabekovning ta’kidlashicha, sohada olib borilayotgan islohotlar natijasida oromgohlarda yarati-layotgan sharoitlar ham, aholiga ko‘rsatilayotgan qulayliklar ham yildan-yilga kengayib bormoqda.
Jumladan, kasaba uyushmalari tizimidagi oromgohlarga xarid qilingan yo‘llanmalar qiymatining 50 foizi davlat tomonidan qoplab berilmoqda. Natijada minglab oilalar uchun farzandlarini mazmunli dam oldirish yanada hamyonbop bo‘ldi.
Tizimda ijtimoiy adolat tamoyili ham ustuvor o‘rin tutmoqda. Endilikda “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning a’lochi farzandlari bepul sog‘lom-lashtirilmoqda. Joriy mavsumning o‘zida 1 619 nafar o‘quvchi ana shunday imkoniyatdan foydalandi.
Shuningdek, “Sirdaryo” oromgo-hining birinchi smenasida 181 nafar yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bepul dam oldilar.
Yana bir muhim yangilik xizmat-larning raqamlashtirilganidir. Endilikda yo‘llanmalar oromgohlar.uz platformasi orqali onlayn rasmiylashtirilmoqda. Bu esa ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, inson omilini qisqartirish orqali korrupsiyaviy xavflarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
— Bugungi kunda ayrim ota-onalar oromgohni faqat dam olish maskani sifatida tasavvur qilishadi. Aslida zamonaviy oromgohlarning vazifasi ancha keng. Bu yerda sport, xorijiy tillarni o‘rganish, kitobxonlik, shaxmat, qo‘l mehnati, musiqa, raqs, “Zakovat” intellektual o‘yinlari hamda harbiy-vatanparvarlik mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan. 2024-yilda joriy etilgan 12 kunlik tarbiyaviy dastur doirasida “Milliy qadriyatlar”, “Harbiy vatanparvar-lik”, “Ona tabiatni asrash”, “Sport va salomatlik”, “Turizm va o‘lkashu-noslik”, “Ijod va iste’dod” kabi mavzuli kunlar tashkil etilib, bolalarning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qilmoqda, — deydi G‘. jumabekov.
Bugun yozgi ta’tilni mazmunli tashkil etish faqat hordiq masalasi emas. Bu voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar, internet qaramligi, turli zararli g‘oyalar ta’siri hamda nazoratsizlikning oldini olishning eng samarali vositalaridan biridir. Shu bois rivojlangan davlatlar tajribasida ham yozgi dam olish maskanlari ta’lim va tarbiyaning uzviy davomi sifatida e’tirof etiladi.
Yozgi sog‘lomlashtirish tizimiga yo‘naltirilayotgan mablag‘ni oddiy
xarajat sifatida emas, balki mamla-kat kelajagiga kiritilayotgan uzoq muddatli investitsiya sifatida baholash maqsadga muvofiq. Chunki oromgohda yaxshi dam olgan, kitob mutolaa qilgan, sport bilan shug‘ullangan, o‘zining bilim doirasini kengaytirgan, yangi do‘stlar orttirgan bola ertaga jamiyatning faol, bilimli va Vatanga sadoqatli fuqarosi bo‘lib voyaga yetishiga ishonchimiz komil.
Marjona HAYITBOYEVA

Marjona XAYITBOYEVA
Marjona XAYITBOYEVA
MUXBIR
Теги::