O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-sonli qarori bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil fevral oyidan boshlab ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlashga mo‘ljallangan maxsus formatdagi imtihonlar o‘tkazib kelinmoqda.
Imtihon jarayonida ko‘zi ojiz shaxslar uchun yordamchi assistentlar ham biriktiriladi. Maxsus imtihonning asosiy maqsadi — talabgorlarning imkoniyatlarini inobatga olgan holda ularning chet tilini bilish darajasini baholashdan iborat. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga CEFR talablari asosida B1, B2 va C1 darajadagi sertifikatlar taqdim etiladi.
Imtihon tinglab, tushunish va gapirish ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan. Tinglab, tushunish bo‘limi uchun
30 daqiqa, gapirish bo‘limi uchun esa 15 daqiqa vaqt ajrati-ladi. Tinglab, tushunish bo‘limi 25 ta topshiriqdan, gapirish bo‘limi esa 12 ta topshiriqdan iborat. Imtihon jarayonining qulay va shaffof tashkil etilishiga ham alohida e’tibor qaratil-gan.
Xususan, test davomida barcha savollar va qismlar avto-
matik ravishda keyingi topshiriqqa o‘tadi. Talabgor o‘z xohishiga ko‘ra imtihonni tinglab tushunish yoki gapirish bo‘limidan boshlashi mumkin.
Baholash jarayonining ochiqligi va xolisligini ta’min-lash maqsadida test sinovlari belgilangan tartiblar asosida o‘tkazilib, imtihon jarayoni to‘liq videokameraga yozib olinadi va bir yil davomida saqlanadi. Imtihon natijalari esa imtihon yakunlangan kundan boshlab bir hafta ichida e’lon qilinadi. Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz portali orqali ko‘rishlari va elektron sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.
Bu kabi maxsus imtihon formatining joriy etilishi ko‘zi
ojiz va zaif ko‘ruvchi fuqarolarning bilim va salohiyatlarini munosib namoyon etishlari uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratmoqda. Eng muhimi, baholash jarayonida talabgor-larning individual imkoniyatlari hisobga olinib, ularning bilimini aniqlash uchun moslashtirilgan sharoit va mexanizm-lar qo‘llanilmoqda.
Bugungi kunda ta’lim va baholash tizimida inklyuzivlik tamoyillarini ta’minlash, har bir fuqaroning bilim va qobi-liyatini namoyon etishi uchun teng imkoniyat yaratish muhim vazifalardan biridir. Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ko‘zi ojiz shaxslar uchun maxsus formatdagi chet tili imtihonlarining muntazam tashkil etilayotgani ham ana shu yo‘nalishdagi amaliy ishlarning muhim ko‘rinishidir.
J. MAMARAJABOV,
Bilim va malakalarni baholash agentligi
Sirdaryo viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi