--

Go‘zal Gulistonimsan

Go‘zal Gulistonimsan
Chop etilgan 8 September, 2026
  • To‘ra SULAYMON, O‘zbekiston xalq shoiri
  • O‘lmas satrlar MUQADDAS QO‘SHIQ

Assalom, ona yurt, tonglar o‘lkasi, Ta’rif-tavsifingning yo‘q nihoyasi. Senga bag‘ishlanur muqaddas qo‘shiq, Bu – o‘zbek elining o‘z madhiyasi. Ko‘hna ota yurtim, qadim Turonim, O‘z beshik, o‘z tilim, shavkatim, shonim. Yetti iqlim ichra tengi topilmas – Tuproq, toshi oltin O‘zbekistonim. To bashar bor ekan, bor ekan quyosh, Birlashgan elga yov otolmagay tosh. Yovqur yigitlaring, lochin qizlaring Gʻanimlar oldida egmaganlar bosh. Dasturxoni ochiq, xirmoni baland, Samoviy tog‘lari nomiga monand. Olamga mashhur ne zotlar Vatani, Mehring qon-qardoshlar mehriga payvand. Sen – toshqin Jayhunim, teran Sayhunim, Sen – mening o‘tmishim, sen – yorug‘ kunim. Yelkadosh o‘lkalar bilan hamnafas, Shonli Turkistonim – O‘zbekistonim. Guling gulzor bo‘lsin, qirlaring o‘rmon, Daryolaring dengiz, ko‘llaring ummon. Hududing daxlsiz, yaloving yuksak, Sen – Sharqning mash’ali, sen – dorulomon. GO‘ZAL GULISTONIMSAN Sirdaryo siynasiga Gulday yarashib tushgan, Shams bilan, Qamar bilan Husn talashib tushgan. Tonglari yorug‘likda Zuhrodan oshib tushgan Muborak oshyonimsan, Go‘zal Gulistonimsan. Istiqlolim tufayli Ko‘zguday ravshanliging, Do‘stlik sharofatidan Obod, nurafshonliging. Elu yurt mehnatidan Farovon, gulshanliging. Men tug‘ilib o‘sgan yurt Gulafshon makonimsan, Ta’rifi tilda doston Go‘zal Gulistonimsan. Sayr etsam bog‘laringda Ko‘ngil o‘sar tog‘chalik, Dilim ravshan tortadi So‘nmas bir chiroqchalik. Qo‘shiq qaynar ko‘ksimda Sarchashma, buloqchalik Jonimsan, jahonimsan Go‘zal Gulistonimsan. Tuning bilan kuningni Farqi ko‘zu qosh misol, Yeru ham osmoningga Jonimiz tutash misol. Bag‘ringda barcha birday – Jondosh, otadosh misol Ushalgan armonimsan Go‘zal Gulistonimsan.