--

MADANIYAT RIVOJI YO‘LIDA

MADANIYAT  RIVOJI  YO‘LIDA
Chop etilgan 2 August, 2026

Madaniyat – jami-yatning ma’naviy qiyofasini belgilay-digan eng muhim sohalardan biri. Shun-day ekan, viloyatimizda faoliyat yuritayotgan barcha madaniyat markazlari zamon talablariga javob bera oladimi? Har bir tuman va shahardagi madaniyat maskanlari aholining chinakam ma’naviy markaziga aylanganmi? Yoki ayrim joylarda hali ham bino, jihoz va moddiy baza

muammolari ijodkor-lar salohiyatini to‘liq namoyon etishga to‘sqinlik qilmoqdami?

Bu savollar bugun viloyat madaniyat tizimi faoliyatiga xolis baho berishni taqozo etadi.

Viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Husniddin Mamatovning ma’lum qilishicha, bugungi kunda viloyatda 32 ta mada-niyat va san’at muassasasi faoliyat yuritmoqda. Ular tarkibiga 1 ta musiqali drama teatri, 15 ta 

bolalar musiqa va san’at maktabi, 1 ta ixtisos-lashtirilgan san’at maktabi, 1 ta O‘zbekiston davlat filarmoniyasi viloyat bo‘limi, 1 ta “O‘zbekkonsert” hududiy bo‘limi, 1 ta maqom ansambli, 1 ta ko‘zi ojizlar kutubxonasi hamda viloyatning 11 ta tuman 

va shaharlarida faoliyat yuritayotgan 11 ta mada-niyat bo‘limi tasarrufidagi 35 ta madaniyat markazi kiradi.

Bu raqamlar hududda madaniy infratuzilma shakllanganini ko‘rsatadi. Biroq, ayrim tuman-lardagi madaniyat markazlari hanuzgacha o‘z binosiga ega emas. Natijada ularning faoliyati boshqa tashkilotlar binolarida olib borilmoqda. Bu esa to‘garaklar, repetitsiyalar, ijodiy uchrashuvlar va tomoshalarni to‘laqonli tashkil etishda muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi tabiiy.

H.Mamatovning ta’kidlashicha, mazkur holatni bartaraf etish maqsadida 2027-yildan boshlab viloyatdagi 15 ta madaniyat markazi o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Shundan 8 tasi davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga beriladi, yana 7 tasi esa o‘z binosiga ega bo‘lmagani sababli tuman va shahar hokimliklari tasarrufidagi madaniyat markazlari negiziga o‘tkaziladi. Bundan ko‘zlangan maqsad mavjud resurslarni samarali boshqarish va sifatni oshirishdir.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2026-yilda musiqa va san’at maktablari hamda madaniyat markazlari to‘garaklariga qamrab olingan yoshlar soni o‘tgan yilga nisbatan 5,7 foizga kamaygan. Bu esa yoshlarni madaniyat va san’atga kengroq jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha tashabbuslarni talab etadi.

2026-yilning birinchi yarmiga qadar madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish uchun viloyat mahalliy budjetidan 4,8 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘ hisobidan filarmoniya va maqom ansamblining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, musiqa maktablari va madaniyat bo‘limlari uchun cholg‘u asboblari, kompyuter texnikalari, raqs liboslari va boshqa jihozlar xarid qilindi. Shunga qaramay bugungi kunda ayrim madaniyat markazlarida zamonaviy musiqa jihozlari va cholg‘u asboblari yetishmaydi yoki butkul eskirgan. Bundan tashqari, ikkita bolalar musiqa va san’at maktabi (Boyovut tumanidagi 5-sonli, Sardoba tumanidagi 9-sonli) hamda Guliston shahridagi bitta ixtisoslashtirilgan san’at maktabi kapital ta’mirga muhtoj.

Bu masalaga munosabat bildirgan Husniddin Mamatov bunday salbiy holatlarni inkor etmadi. Viloyatdagi musiqa va san’at maktablarida mavjud 1 319 ta cholg‘u asbobining 15 foizi bugungi kunda yaroqsiz holga kelib qolgan. Uning aytishicha, 2027-yildan boshlab Vazirlar Mahkamasining 363-sonli qarori asosida madaniyat muassasalarini moliyalashtirish tizimi mahalliy budjetdan respublika budjetiga o‘tkaziladi. Mazkur o‘zgarish moddiy-texnik bazani mustahkamlash, cholg‘u asboblari va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlash yuzasidan mavjud kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish imkonini beradi.

Shuni e’tirof etish

joizki, madaniyat muassasalari moliyaviy musta-qildir. Hisobotlarga ko‘ra, teatr va filarmoniya pullik xizmatlardan tushum bo‘yicha belgilangan rejalarni to‘liq bajara olmagan. Faqat maqom ansambli reja ko‘rsatkichidan yuqori natijani qayd etgan. Bu esa madaniyat muassasalari uchun zamonaviy menejment, marketing va tomoshabinni jalb etish usullarini yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.

Tizimda erishilgan ijobiy natijalar ham e’tiborga loyiq. Viloyatdagi musiqa va san’at maktablari hamda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari 2025-2026-o‘quv yilida respublika va xalqaro tanlovlarda yuzlab sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishgan. Bu esa iste’dodlilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar samara berayotganidan dalolat. Shuningdek, joriy yilda teatrning 3 nafar xodimi uy-joy bilan ta’minlandi.

Husniddin Mamatov yana bir ustuvor yo‘nalish xususida alohida to‘xtaldi. Ya`ni, viloyatda mualliflik asosida yaratilayotgan yangi qo‘shiqlar sonini ko‘paytirish, mahalliy bastakor va shoirlar ijodini qo‘llab-quvvatlash, hududning o‘ziga xos ijodiy maktabini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Zero, madaniyatning asl kuchi nafaqat mavjud merosni asrashda, balki yangi asarlar yaratishda ham namoyon bo‘ladi.

Bugun madaniyat sohasida yangi bosqich shakllanmoqda. Infratuzilmani maqbullashtirish, moliyalashtirish tizimini takomillashtirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha belgilangan vazifalar amalda o‘z samarasini bersa, ertaga bu soha nafaqat hisobotlardagi raqamlar, balki tomoshabinlar e’tirofi va yangi ijodiy mahsullar bilan baholanadigan yo‘nalishga aylanishi shubhasiz.

Marjona HAYITBOYEVA

Marjona XAYITBOYEVA
Marjona XAYITBOYEVA
MUXBIR