Bir xonadonda xotirjamlik, boşqasida şifo umidi, yana birida yangi hayot boşlandi.
Ba’zan bir insonning hayotidagi özgarişni anglaş uçun minglab raqam-larni sanaş şart emas. Bir onaning xotirjam çehrasiga, farzandlarining közlaridagi quvonçga, keçagina umidsizlikka berilgan ayolning bugun kelajak haqida reja tuzib ötirganiga qaraşning özi kifoya.
Mirzaobod tumanida “Ayollar daftari” doirasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişar ekansiz, bu fikrning ifodasini körasiz. Gap faqat ijtimoiy kömak haqida emas. Gap bir ayolning öz kuçiga işonişi, bir oilaning qiyinçiliklardan çiqişi, bir mahallada yangi imkoniyatlar paydo bölişi haqida ketmoqda.
Tumanda tizimning yettinçi bosqiçi doirasida 2 ming 139 ta amaliy yordam körsatiş belgilangan bölsa, bugunga qadar 2 ming 63 tasi bajarilgan. Ammo bu körsatkiçlarning ortidagi eng muhim natija — özgargan inson taqdirlaridir.
KEÇAGI IŞSIZ AYOL — BUGUN TARBIYAÇI
Uç nafar farzandning taşvişi yelkasida bölgan ayol har kuni ertalab oilasini öylab uyğonadi. Rözğor, bolalar ehtiyoji, kundalik xarajatlar... Uning ham mehnat qilişga, öz qobiliyatini namoyon etişga iştiyoqi bor. Ammo munosib iş topiş har doim ham oson emas.
Töxtagul Xöjamqulovaning hayotida ham şunday kunlar köp bölgan. U şu paytgaça dala işlarida mehnat qilib kelgan. Bugun esa uning hayotida yangi davr boşlangan. “Ayollar daftari” kömagida işga joylaşgan uç nafar farzandning onasi Mirzaobod tumanidagi 6-mak-tabgaça ta’lim taşkilotida yordamçi tarbiyaçi bölib işlamoqda.
Beş oydan buyon u sevgan kasbi bilan maşğul. Farzandlaridan biri ham özi işlayotgan boğçaga qatnaydi.
— Ilgari rasmiy işda işlamaganman. Hozir esa özimga yoqadigan joyda mehnat qilyapman. Farzandim ham yonimda. Işda bölsam ham könglim xotirjam, — deydi Töxtagul opa.
Aslida u yerda eng katta yutuq faqat iş örniga ega böliş emas. Bu ayolning özini kerakli his qilişi, mehnati qadr topayotganini anglaşi, ertangi kuniga işonç bilan qaraşidir.
Mirzaobodda 600 nafardan ziyod xotin-qizning bandligi ta’minlangani ham ana şu maqsadga xizmat qilmoqda.
KÖZLARGA NUR, QALBGA UMID QAYTSA...
Insonning közi xiralaşsa, dunyosi ham qoronğila-şadi. Ayniqsa, hayotning köp sinovlarini boşdan keçirgan, farzandlariga oğirligini solişni ista-magan ona uçun bu holatning ruhiy azobini tasavvur qiliş qiyin emas.
Munavvar Eşmamatova 2009-yildan buyon qandli diabet bilan kuraşib keladi. Yillar ötişi bilan kasallik asoratlari kuçaydi, köriş qobiliyati pasaydi. Şifokorlar zudlik bilan operatsiya zarurligini aytganida uning oldida yana bir oğir muammo paydo böldi: davolaniş uçun mablağ qayerdan topiladi?
Turmuş örtoğidan ayrilgan Munavvar opa bir qiz va bir öğilni voyaga yetkazgan. Opaning holati ham e’tibordan çetda qolmadi. U “Ayollar daftari”ga kiritilib, 2-guruh nogironligi belgilandi va zarur tibbiy yordam körsatiş çoralari körildi. Rejalaştirilgan operatsiyalarning birinçisi muvaffaqiyatli ötdi. Ikkinçisi ham yaqin kunlarda amalga oşirilişi kutilmoqda.
— Qança keçalarni öy bilan ötkazganman. “Közim butunlay körmay qolsa-çi, farzandlarimga yuk bölib qolsam-çi”, deb qörqardim. Endi esa könglimda umid bor. Menga yordam berişdi, dardimga quloq tutişdi, — deydi Munavvar opa közlarida yoş bilan.
Mirzaobodda tibbiy hamda psixologik yordamga muhtoj 700 nafardan ziyod ayolga kömak körsatilgani ham şunday taqdirlar uçun ahamiyatlidir.
TÖRT NAFAR BOLANING BAXTI UÇUN TA’MIRLANGAN XONADON
Uy — faqat tört devordan iborat makon emas. U bolaning beğubor kulgisi, onaning mehri, oilaning oromgohi. Ammo ba’zan şu oddiy baxt ham inson uçun katta orzuga aylanadi.
Mirzo Uluğbek mahallasida yaşovçi Yulduz Bur-xonova buni hayotida köp bor his qilgan. Turmuş örtoğining bevaqt vafoti, rözğor taşvişlari, tört nafar farzand tarbiyasi uning zimmasiga katta mas’uliyat yukladi. Bunga uyning abgor holati ham qöşilgan edi.
Ona uçun farzandlarining sovuq va noqulay şaroitda yaşaşini körişdan oğirroq tuyğu bölmasa kerak. Yulduz opaning ham könglida bir istak bor edi: bolalari munosib uyda ulğaysa, xonadonida şaroit bölsa...
“Ayollar daftari” kömagi bilan bu orzu amalga oşdi. Uyning pollari yangilandi, eşik va derazalar almaştirildi, oşxona qurildi, hovli betonlaştirildi.
— Ilgari uyimizning holatiga qarab, bolalarim uçun şaroit yaratib berolmayotganimdan qattiq öksinardim. Endi esa uyimiz butunlay özgardi. Bizga e’tibor qaratişgani, muammomizni hal etişga yordam berişgani uçun minnatdorman, — deydi Yulduz opa.
Tumanda uy-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj 12 na-
far xotin-qizning xonadonlari ta’mirlab berilgan. Bu raqamlar ortida esa farzandlariga munosib şaroit yaratişni orzu qilgan onalarning quvonçi bor.
BIR ÇEVARNING ORZUSI
Har bir insonning qalbida röyobga çiqişini kutayotgan orzu yaşaydi. Kimdir öz uyiga ega bölişni, kimdir farzandining kamolini körişni istaydi. Yana kimdir yillar davomida orttirgan hunarini katta işga aylantirişni orzu qiladi.
Boğiston mahallasida yaşovçi Malika Begaliyeva ana şunday ayollardan. Uning qölidan yigirma yildan
buyon tikuvçilik işi keladi. Ammo beş nafar farzand-ning ulğayişi, uyda mijoz qabul qiliş uçun şaroit çeklangani sababli öz faoliyatini kengaytirişga imkoni bölmagan.
Uning orzusi alohida tikuvxona oçiş, buyurtmalarni köpaytiriş, boşqa xotin-qizlarga ham iş örni yaratiş edi.
“Ayollar daftari” orqali ajratilgan 40 million söm imtiyozli kredit bu orzuga yöl oçdi. Yöl böyidan bino ijaraga olindi, törtta zamonaviy tikuv maşinasi va zarur uskunalar xarid qilindi.
Eng qiziği, keçagina işsizlik muammosiga duç kelgan Malika opa bugun uç nafar mahalladoşini iş bilan ta’minlagan. Bundan taşqari, beş nafar yoş qizga tikuvçilik sirlarini örgatmoqda.
— Bir paytlar özim işsiz edim. Bugun esa özimning iş joyim, işçilarim bor. Buni öylasam, juda quvonaman. Endi faoliyatimni yanada kengaytirib, erkaklar kiyim-
larini sotiş va yetkazib beriş xizmatini yölga qöymoqçiman, — deydi u.
Malika Begaliyevaning misolida bir haqiqatni köriş
mumkin: ayolga imkoniyat berilsa, u faqat öz muam-mosini hal etib qolmaydi, balki atrofidagilar uçun ham yangi imkoniyatlar yarata oladi.
Ayollarning hayotidagi muammolar turliça. Ba’zan ularga iş, ba’zan tibbiy yordam, ba’zan uy-joy, yana
boşqa hollarda huquqiy maslahat zarur böladi. Muhimi,
har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini unutmaslikdir.
Mirzaobod tumanida huquqiy yordamga muhtoj 458 nafar xotin-qizga zarur maslahatlar berilgan. Bu ham ayollarning öz huquq va manfaatlarini himoya qilişi, muammolarini qonuniy yöl bilan hal etişi uçun muhim qadamdir.
Xurşida NIŞONOVA
AYOL QADDI TIKLANSA...
Chop etilgan
4 November, 2026
12
Tags::