--

“DAVLAT BOĞÇASIGA BERSAMMI, XUSUSIYGA?”

“DAVLAT BOĞÇASIGA  BERSAMMI, XUSUSIYGA?”
Chop etilgan 4 November, 2026

Oqoltin tumanida boğça yoşidagi bolalarning qamrovi 82,5 foizga yetibdi. Bu quvonarli hol, albatta. Raqamlar tili bilan aytganda, 5508 nafar boladan 4544 nafari maktabgaça ta’lim taşkilotlariga jalb etilibdi. Eng e’tiborli joyi, ta’lim taşkilotlariga tortilgan bolalarning 49 foizi oilaviy nodavlat maktabgaça ta’lim hamda davlat-xususiy şeriklik asosida taşkil etilgan maktabgaça ta’lim taşkilotlari zimmasiga töğri kelmoqda. Demak, oqoltinlik tadbirkorlar ta’limning ilk bosqiçi rivojiga özlarining munosib hissalarini qöşişmoqda.

—Bugungi kunga kelib, oilaviy
nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari soni 60 taga yetdi. Ularning barçasi zamonaviy jihozlar, uslubiy qöllanmalar va malakali kadrlar bilan yetarli darajada ta’minlangan, — deydi tuman Maktabgaça va maktab ta’limi bölimining davlat-xususiy şeriklik asosida ta’lim taşkilotlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça boş mutaxassisi Bobur Beknazarov.
Biz musohibimizga hazilnamo gap qilamiz. “Lavozimingizning nomi juda uzun ekan. Aytganimizça nafasimiz qaytib ketdi. Atamalar lönda, eslab qolişga qulay bölsa, deymiz”. U kişi fikrimizga qöşiladi. Keyingi yillarda ta’lim tizimida atamalar neça bor özgarganini muhokama qilamiz. Bu davlatga qança moddiy ziyon keltirganini bir Xudo, bir şu işga boş qöşganlar biladi.
B.Beknazarovning ma’lumotlariga tayanadigan bölsak, xususiy boğça-larda badal pullari 150 mingdan 250 ming sömgaça qilib belgilangan. Bunday tafovutning sabablarini söradik. “Qaysi boğçada tögaraklar soni köp bölsa, badal puli miqdori şunça oşib boradi”, dedi u kişi.
Kaminani ançadan buyon bir masala öylantirib kelayotgan edi. Mazkur muammoga duç kelişimga oilaviy nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotida faoliyat olib borayotgan bir tarbiyaçining murojaati turtki bölgandi. Xususiy boğçada yil böyi işlab ta’tilga çiqayotganda bir söm ham ta’til puli olmagan ekan.
—Xuddi şunday! — deb fikrimni tasdiqladi B. Beknazarov. —Davlat hujjatlarida bu tartib taomilga kiritilmagan. Boğçani yuritayotgan tadbirkor hotamtoylik qilsa, xodimini rağbatlantirişi mumkin. Men sizga aytsam, bu borada xayrli özgarişlar ham közga taşlanmoqda. Ilgarilari boğça xodimi homiladorlik ta’tiliga çiqib, farzand körganda dekret puli berilmasdi. Hozir bu tartib xodim foydasiga özgardi. Davlat tomonidan dekret puli tölanadigan böldi. Biz yuqori taşkilotlarga mehnat ta’tiliga çiqqan xodimga ham ta’til puli beriş haqida takliflarimizni jönatganmiz. Ajab emas, bu muammo ham yeçimini topsa.
Maktabgaça va maktab ta’limi
bölimi tomonidan oilaviy nodavlat
maktabgaça ta’lim taşkilotlarining faoliyati qattiq nazorat qilinayot-ganiga guvoh böldik. Bu yilning badaliga davr talabiga javob bermay-digan “Andijon” va “Körkam diyor” mahallalaridagi 2 ta xususiy boğça faoliyati vaqtinçalik töxtatilibdi.
Ön marta eşitgandan bir marta körgan afzal, naqliga amal qilib, tuman markazidagi ikkita boğça faoliyati bilan tanişdik. Tadbirkor Tabassum Şodiyeva “Farangiz” oilaviy nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotining asosçisi va direktori. Muassasasiga 50 nafar bolani qamrab olgan. Badal pullarini söraganimizda, B.Beknazarov bergan ma’lumotlarga töğri kelmadi. Bu boğçada bir bolaga badal puli 300 ming söm qilib belgilangan ekan. Agar bir oiladan
2 nafar bola boğçaga qatnasa, 50 ming söm çegirma qilinarkan. Boğçada rus va ingliz tili, gimnastika tögaraklari faoliyat olib borarkan. Tarbiyaçilar va ularning yordamçilari kollejlarda maktabgaça ta’lim yönalişida tahsil olgan mutaxassislar ekan. Direktor tibbiyot kollejini tugatganligi bois hamşiralikni ham özi olib borarkan. Biz u kişidan kunlik taomnomani söraganimizda körsatolmadi.
Katta guruhda rus tili tögaragi maşğuloti ketayotgan ekan. Biroz kuzatdik. Tögarak rahbari Kristina Basenkoning millati rus ekan. Biroq davlat tilida emin-erkin gapiradi. Buxoro davlat pedagogika institutining boşlanğiç ta’lim metodikasi yönalişini tugatgan. Bolalarning rus tilini özlaştirişga harakat qilayotgani sezilib turibdi. Biroq hali nutqlarini töğrilab olişlariga bir neça qovun pişiği bor.
Boğçaning peşlavhasi ingliz tilida bitilgani bizni hayron qoldirdi. “Davlat tili haqida”gi Qonunda peşlavhalar avval davlat tilida söngra boşqa tillarda yozilişi raqam etilgan. Bu bizning milliy ğururimizning sustligidan darak beradi. Iddaomizni aytganimizda, T. Şodiyeva tuşundi. Peşlavhani yangilaşga va’da berdi.

“Jajjilar saltanati” davlat xususiy şeriklik asosida taşkil etilgan MTT tumandagi eng katta boğçalardan sanaladi. Quvvati 210 örinli. Ayni paytda ta’lim taşkiloti öz bağriga 200 nafar bolani qamrab olgan. Bu ta’lim muassasasida badal puli 220 ming söm qilib belgilangan. Maktabgaça ta’lim taşkiloti direktori Zamira Sabirovaning şahodat berişiça, 50 nafar tarbiyalanuvçi imtiyozli badal puli tölarkan. Kam ta’minlangan oilalarning 8 nafar farzandi bepul ta’lim-tarbiya olarkan. Bu boğçada taşkil etilgan rus tili, ingliz tili hamda mental arifmetika tögaraklari pulli, sport tögaraklari esa tekin ekan.
— Tijorat bankidan 3 milliard 900 million söm 1 foizli kredit olganmiz, — deydi Z. Sabirova. —Qarzlarimizdan qutila boşladik. 800 million söm bankka qaytarildi.
Tadbirkorlik şun-day soha. Tavakkal qilmasang, biror natijaga erişa olmaysan.
Z.Sabirova öz jamoa-
siga malakali, işni közi-
ni biladigan xodimlarni töplamoqda. Tarbiyaçi-lardan Umida Yakubova oliy ma’lumotli, Gulhayo Aliqulova esa oliy öquv yurtida tahsil olmoqda.
Har tökisda bir ayb, deganlaridek, bu ta’lim-tarbiya muassasasida ham taomnomalar ajnabiyça atamalar bilan aralaş-quralaş tarzda yozilmoqda. Davlat tiliga e’tibor kuçayayotgan bir paytda bunday tutumni oqlab bölmaydi. Öz ona tilini hurmat qilmagan kişini boşqa millat vakillari ham hurmat qilmaydi.
Qissadan hissa şulki, maktabgaça ta’lim tizimida xususiy va davlat-şeriklik asosida taşkil etilgan boğçalarning salmoği oşib borişi ota-onalarning farzandlarini ta’lim taşkilotlariga joylaştirişda soğlom raqobatni vujudga keltirmoqda.
Muhammadali AHMAD