--

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik böyiça AMALIY MAŞĞULOT ÖTKAZILDI

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik böyiça  AMALIY  MAŞĞULOT  ÖTKAZILDI
Chop etilgan 29 October, 2026

Sirdaryo viloyati bojxona boşqarmasida şaxsiy tarkib-ning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oşiriş, tabiiy va texnogen xususiyatli hodisalar vaqtida töğri harakat qiliş könikmalarini mustahkamlaş maqsadida amaliy öquv maşğuloti taşkil etildi.

 Maşğulotda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining malakali mutaxassislari iştirok etib, xodimlarga zilzila va yonğin kabi favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik çoralariga rioya qiliş, tezkor va töğri harakatlaniş hamda inson hayotini asrab qoliş böyiça zarur bilim va tavsiyalar berdilar.

 Maşğulot davomida zilzila vaqtida va undan keyin amalga oşirilişi lozim bölgan harakatlar, binolardan xavfsiz evakuatsiya qiliş, yonğinlarning oldini oliş va birlamçi yonğin öçiriş vositalaridan töğri foydalaniş tartiblari tuşuntirildi. Şuningdek, favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga birinçi tibbiy yordam körsatiş va maxsus qutqaruv uskunalaridan foydalaniş böyiça amaliy könikmalar namoyiş etildi.  Şu bilan birga kuz-qiş mavsumida xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş, is gazidan zaharlanişning oldini oliş va ehtimoliy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlaş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Maşğulot yakunida iştirokçilar bilan savol-javob ötkazilib, favqu-lodda vaziyatlarda özini tutiş, xavfsizlik talablariga amal qiliş va tezkor harakatlaniş yuzasidan tegişli tavsiyalar berildi.

Bunday amaliy maşğulotlar bojxona xodimlarining favqulodda vaziyatlarga şayligini oşiriş, xavfsizlik madaniyatini yuksaltiriş, inson hayoti va salomatligini muhofaza qilişga xizmat qiladi.

Viloyat bojxona boşqarmasi matbuot xizmati