--

BOLALAR UÇUN YANGI MAYDONÇA

BOLALAR  UÇUN  YANGI MAYDONÇA
Chop etilgan 19 ноябр, 2026

Gazetamizning ötgan yilgi sonlaridan birida Guliston şahrining “Sayqal” MFY hududidagi 1-, 2- va 62-köp-qavatli uylar oraliğida bolalar maydonçasining taşlandiq, xarob holga kelib qolganligi, boz ustiga şu yerdagi içimlik suvi quvurining şikastlanişi oqibatida maydonni suv bosganligi haqida tanqidiy maqola e’lon qilingan edi. Yurtboşimizning tegişli qaroriga (Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi PQ-93-sonli qarori) köra, Guliston şahrida juda katta loyihalar amalga oşirildi. Ayni kunlarda ham şaharning barça hududlarida bu ibratli işlar davom etmoqda. Yuqorida qayd etganimizdek, “Sayqal” mahallasida ham bir neça yildan beri öz yeçimini kutib yotgan muammolardan biri hal böldi. Yaqinda uçta köpqavatli uylarda istiqomat qiladigan bolalarga zamonaviy yangi maydonça sovğa qilindi. Quruvçilar bir neça kun tinimsiz (keçayu kunduz desak ham böladi) harakat qilişdi. Öyingohda sport maşğulotlari uçun möljallangan bir neçta qurilmalar (turniklar) şuningdek, öndan ziyod turli arğimçoqlar, aylana attraksionlar örnatildi.


Maydonça atrofi temir panjara bilan öraldi, maxsus yumşoq qoplama bilan qoplanib, içki yölaklarga kafellar yotqizildi (avvalgi maydonçada ular yöq edi). Bejizga bolalarga bering dunyoni, demaymiz. Hovlida futbol öynaş, töp tepişdan boşqa ermaklari bölmagan bolajonlarning quvonçi bir olam edi. Hali bitmasidanoq maydonça keçqurunlari öyinqaroq kiçkintoylar bilan gavjum bölib ketdi. Quruvçi akalari ularga “— hoy, bolalar, biroz şoşmanglar, işni tugatgaç, öynaysizlar, — deya hazillaşib, sönggi yumuşlarni oxiriga yetkazişdi. Öşa kuni hovlida nafaqat bolalar, balki barça uçun ham çinakam bayram bölib ketdi. Darvoqe, ötgan yili tegişli qaror asosida şaharning barça mavzelaridagi köpqavatli uylar maxsus qoplamalar bilan qoplanib, katta ta’mirlaş işlari olib borildi. Jumladan, “Sayqal” mahallasidagi köpqavatli uylar ham ta’mirlandi. Ayni kunlarda 1- va 2-uylarda ham şunday yumuşlar nihoyasiga yetiş arafasida. Yangi bolalar öyingohi ta’mirdan çiqib, özgaça körinişga ega bölgan hududga özgaça fayz bağişlab turibdi.

X. PARDABOYEVA

Teglar::