--

FAN BÖSTONINING BOĞBONI EDI

FAN BÖSTONINING BOĞBONI EDI
Chop etilgan 19 ноябр, 2026

Guliston davlat universiteti tarixida özining köp yillik mehnati, ilmiy izlanişlari va pedagogik faoliyati bilan alohida örin egallagan insonlar bor. Ularning hayot yöli oliygohning bugungi taraqqiyotidan avvalgi davrlar, ilmiy maktablar şakllangan, yangi yönalişlar rivojlangan yillar bilan çambarças boğliq. Şunday ustozlardan biri tarixçi olim, dotsent Xolmurod Abdiaxatovdir. Uning faoliyatiga nazar taşlar ekanmiz, bir inson umrining katta qismini ilm-fan, oliy ta’lim va jamiyatşunoslik yönalişidagi tadqiqotlarga bağişlaganining guvohi bölamiz. Xolmurod Abdiaxatov 1953-yil 20-sentyabrda Navoiy viloyati Xatirçi tumani Boğojot qişloğida tuğilgan. 1970-1975-yillarda Samarqand davlat universitetining Tarix fakultetida tahsil olib, tarix va jamiyatşunoslik fanlari öqituvçisi mutaxassisligini egallaydi. Dastlab Nurota tumanidagi 64-örta maktabda öqituvçi sifatida faoliyat boşlagan bölsa, 1976-yildan mehnat faoliyatini Guliston davlat universiteti bilan boğlagan. Bu dargoh uning nafaqat iş joyi, balki keyingi ilmiy izlanişlari, pedagogik tajribasi va kasbiy kamoloti şakllangan maskanga aylandi. Universitetdagi faoliyatining dastlabki yillarida falsafa kafedrasida katta laborant, kabinet mudiri va öqituvçi lavozimlarida işlaydi. Söngra Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika institutida aspiranturada tahsil olib, ilmiy tayyorgarligini yanada mustahkamlagan. 1985-yildan universitetning “Siyosatşunoslik, davlat va huquq asoslari” kafedra- sida katta öqituvçi, keyinçalik dotsent sifatida faoliyat yuritib, 1994-1999-yil-larda mazkur kafedraga mudirlik qiladi. 1999-2013-yillarda esa “Özbekistonda demokratik jamiyat quriş nazariyasi va amaliyoti” kafedrasiga mudirlik qilgan. Xolmurod Abdiaxatovning faoliyatini örganişda Sobirjon Ismoilovning “Sirdaryo faylasuflari” nomli monografiyasi muhim omillardan biri hisoblanadi. Tarixçi olim turli davrlarda falsafa, siyosatşunoslik, davlat va huquq asoslari, demokratik jamiyat quriş nazariyasi hamda tarix kabi yönalişlarda işlaydi. Bunday ilmiy-pedagogik faoliyat olimdan keng dunyoqaraş, ijtimoiy jarayonlarni tahlil qila oliş va turli fanlar örtasidagi uzviylikni anglaşni talab etadi. Uning universitetda uzoq yillar kafedra mudiri va dotsent sifatida faoliyat yuritgani ham şu sohalardagi tajribasi va ilmiy salohiyatining e’tirofidir. Olimning şogirdlaridan biri — “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Bekzod Ibragimovning ta’kidlaşiça, uning ilmiy faoliyatida jamiyat hayoti, ijtimoiy munosabatlar va turmuş tarzi masalalari muhim örin tutgan. 1989-yilda “Takomillaşgan sotsializm davrida özbek xalqi turmuş tarzining rivoji” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgani uning ilmiy izlanişlaridagi muhim qadam böladi. Uşbu mavzuning öziyoq olimning jamiyat hayotidagi özgarişlar, xalq turmuşi va ijtimoiy taraqqiyot masalalariga ilmiy nuqtayi nazardan yondaşganini körsatadi. Bu tadqiqot uning köp yillik izlanişlari natijasi böliş bilan birga keyingi ilmiy-pedagogik faoliyati uçun ham muhim asos bölib xizmat qiladi. Tarixçi olim ilmiy izlanişlarni faqat dissertatsiya himoyasi bilan çeklab qöymagan. Uning qalamiga mansub 6 ta öquv-uslubiy qöllanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar turli yillarda çop etiladi. Bu merosda olimning ilmiy qaraşlari, özi faoliyat yuritgan fan yönalişlariga doir izlanişlari va pedagogik tajribasi mujassam. Öquv-uslubiy qöllanmalar esa ilmiy bilimlarni ta’lim jarayoniga olib kiriş, nazariy qaraşlarni öqitiş amaliyoti bilan boğlaş yölidagi mehnatining bir körinişi. 2013-yilda naşr etilgan “Xotira – uluğ qadriyat” kitobida akademik Mubin Baratov haqidagi xotiralar, 2015-yildagi “Mehribon va samimiy inson” kitobida qadimşunos olim Toşnazar Omonjulovning hayot yöli, 2016-yilda çop etilgan “Nurotaning nurli öğloni” kitobida esa ustoz Şermuhammad Yusupov faoliyati yoritilgan. Bu kitoblar olimning ilmiy merosigina emas, balki ustoz-şogird an’analariga, insoniy qadriyatlarga bölgan munosabatini ham namoyon etadi.

Ustoz qoldirgan eng katta meros faqat ilmiy izlanişlari, çop etilgan asarlari yoki egallagan lavozimlari bilan ölçanmaydi. Uning haqiqiy ma’naviy boyligi, avvalo, ta’lim bergan, ilmga yönaltirgan şogirdlari misolida ham namoyon böladi. Jumladan, bugun GulDU “Tarix” kafedrasi mudiri Umid Mavlonov ham olimning şogirdlaridan biridir. U. Mavlonov ustozini yodga olar ekan, uning ilmiy salohiyati, pedagogik tajribasi va şogirdlariga bölgan munosabatini alohida qadrlaydi. Çunki haqiqiy ustoz şogirdiga nafaqat bilim beradi, balki uning kelajakdagi ilmiy va kasbiy yöliga ham yönaliş körsatadi. X. Abdiaxatovning qariyb qirq yillik pedagogik faoliyati, ilmiy izlanişlari va naşr etilgan asarlari universitet tarixining muayyan bir davrini aks ettiradi. U 2018-yilda hayotdan köz yumgan bölsa-da, ilmiy merosi, öquv-uslubiy işlari va xotira kitoblari orqali uning nomi, qaraşlari va mehnat faoliyati haqida tasavvur hosil qilişimiz mumkin. Bunday merosni örganiş, uni yangi avlodga yetkaziş esa şunçaki xotira tadbiri emas, balki ilmiy va ma’naviy davomiylikni ta’minlaşdir. Ustozning umrini faqat yaşagan yillari bilan ölçab bölmaydi. Uning ilmiy izlanişlari, çop etilgan asarlari va ta’lim yölidagi xizmatlari yillar ötsa ham öz qadrini yöqotmaydi. Bir vaqtlar öz ustozlari haqida xotira kitoblarini yaratgan Xolmurod Abdiaxatovning özi ham bugun ehtirom bilan yodga olinişi, ilmiy merosi unutilmaydi.

Sevinch MURODOVA

Sevinch G‘ANIYEVA
Sevinch G‘ANIYEVA
MUXBIR
Teglar::