Boyovut tumanidagi 1-sonli texnikumda yoş jurnalistlarning mahorat maktabi iş boşladi. Serqirra ijodkor, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi Sayyora Ernazarova tomonidan taşkil etilgan uşbu maktabga jurnalistikaga qiziqqan 20 nafardan ziyod yoş ijodkorlar jamlangan. Yaqinda texnikumda mahorat maktabining oçilişiga bağişlangan tadbir bölib bölib ötdi. Tadbirda sözga çiqqan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi viloyat bölimi mutaxassisi, taniqli ijodkor Dilorom Ismadiyorova uyuşmaning faoliyati, yoş jurnalistlarning mahoratini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar xususida töxtaldi va mahorat maktabining faoliyatiga omad tiladi. —Aslida tumanimizda bir neça yil avval yoş jurnalist va notiqlik san’ati böyiça mahorat maktabiga asos solingan edi, — dedi marosimda söz olgan mahorat maktabi rahbari Sayyora Ernazarova. — Boyovutlik köplab yoş ijodkorlar bu yerda ikki yönaliş böyiça öz mahoratlarini oşiriş imkoniga ega böldilar. Ular bugungi kunda garçi özlari tanlagan yönalişlar böyiça oliygohlarda öqib, turli mutaxassisliklarni egallagan bölsalarda ijod qilişda davom etişmoqda. Texnikumda iş boşlagan yangi mahorat maktabi ijod qilişga qiziqqan yigit-qizlarni öz safiga çorlaydi. Maktabimizga hujjat topşirganlar orasida qöli yozişga ança kelişib qolgan ijodkorlar ham, endi xabar yozişni boşlayotgan yoşlar ham bor. Ularning har biriga alohida e’tibor qaratiladi. Maşğulotlarimizga taniqli jurnalistlarni taklif etib, uçraşuvlar taşkil qiliş hamda viloyatimizdagi turli naşrlarning tahririyatlari faoliyati bilan tanişişni rejalaştirganmiz. Xalq demoratik partiyasi tuman bölimi rahbari Adiba Şarifova ustozidan örganganlari bugungi kunda unga qöl kelayotgani, öz fikrini erkin bayon etiş va matbuot sahifalarida turli xabar va maqolalari bilan iştirok etayotgani haqida töxtaldi. “Yangi “Sirdaryo” gazetasi muxbiri Marjona Hayitboyevaning bugungi kunda matbuotni rivojlantiriş, uning oçiqligi va şaffofligini oşiriş borasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqidagi fikrlari köpçilikning e’tiborini tortdi. Texnikum öquvçisi, yoş ijodkor Mahliyo Umarqulova öz ijodidan namunalar öqib berdi. Mahorat maktabining oçiliş marosimi boyovutlik nuroniy onaxon Zulxumor Ernazarovaning “Osmondagi orzular” kitobi taqdimotiga ulanib ketdi. Onaxon ibratli hayot yölini bosib ötgan. Kitobdan örin olgan uning bolaligi, yoşlik davrlari va keyingi taqdiri haqidagi qiziqarli hikoyalari heç kimni befarq qoldirmasligi şubhasiz. Onaxonning barça farzandlari bugungi kunda el xizmatida bölib, hurmat va e’tibor qozonişmoqda. Farzandlari, nevara va çevaralarining mehr oğuşida umrguzaronlik qilayotgan Zulxumor ayaga mahalladoşlari havas qilişadi. Marosim söngida Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi viloyat bölimi tomonidan mahorat maktabiga jurnalistika sohasiga oid qimmatli adabiyotlar sovğa etildi. Tadbirdan söng onaxonning xona-doniga borib, u bilan suhbatlaşdik, duosini oldik. Zulxumor aya hamma-mizga özining dastxati yozilgan kitoblarini tuhfa qildi.
Xolida PARDABOYEVA