--

KECHA VA BUGUNNI BOG‘LAGAN SAYOHAT

KECHA VA BUGUNNI BOG‘LAGAN SAYOHAT
Chop etilgan 13 августа, 2026

O‘zbekiston kasaba uyush-malari Federatsiyasi Sirdaryo viloyati kengashi tomonidan mehnat faxriylari uchun yana bir mazmunli sayohat tashkil etildi.
Bu tadbir O‘zbekis-ton Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarata-miz!” shiori ostida viloyatimiz muzey-larini tomosha qilish hamda diqqatga sazovor maskanlarni ko‘rish, tarixiy qadamjolar va moziy eksponatlari bilan uchrashuv edi.
Har bir xalqning boyligi uning yer osti boyliklari yoki baland binolari bilan emas,
balki tarixini unutmaydigan, mehnat qilgan insonni qadr-laydigan, avlodlar xotirasini asraydigan jamiyati bilan belgilanadi. Tarixni unutgan xalq kelajagini yo‘qotadi, mehnatni qadrlagan xalq esa kelajagini bunyod etadi. Shu bois bunday sayohatlar oddiy madaniy tadbir emas, balki milliy xotirani tiklash, avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy rishtalarni mustahkamlash, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va mehnatga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qiladigan muhim tarbiyaviy maktabdir. Sayohat Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi, Xovos tepaligi, Yangiyer shahridagi “E’tibor” muzeyi hamda Zamo-naviy Yangiyer sanatoriyasi bo‘ylab davom etdi.
Faxriylar viloyatimiz tarixi va madaniyati davlat muzeyi va Yangiyer shahridagi “E’tibor” muzeyida tariximizga oid eksponatlar, boy tarixiy merosimiz, madaniy qadriyatlar va ajdodlarimiz qoldirgan bebaho xazinalar bilan yaqindan tanishdilar. Har bir eksponat mehnat, matonat va tarixiy xotiraning tirik guvohi sifatida barchada katta taassurot qoldirdi.
Xovos tepaligi, ushbu tarixiy maskan qadimiy tamaddun izlarini o‘zida mujassam etgani bilan aha-miyatlidir. Bu yerda mehnat faxriylari yurtimiz hududida shakllangan qadimiy madaniyat va tarixiy taraqqiyot bosqichlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Zamonaviy Yangiyer sanato-riysida yaratilgan qulay sharoitlar va sog‘lomlashtirish imkoniyatlari ishtirokchilarga maroqli hordiq chiqarish, samimiy suhbatlar qurish va unutilmas taassurotlar bilan qaytish imkonini berdi. Mazkur madaniy-ma’rifiy sayohat mehnat faxriylari uchun nafaqat tarixiy maskanlarni ziyorat qilish, balki bu maskanlarni yaratgan fidokorlarning mehnatini e’tirof etish, ularga chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatishning yorqin ifodasi bo‘ldi.
Bu tashabbus tarixni qadrlash, mehnatni ulug‘lash va avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy davomiylikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam sifatida yodda qoldi.
Marjona MIRZABEKOVA

Marjona MIRZABEKOVA
Marjona MIRZABEKOVA
Репортер
Теги::