--

UÇTA EDI, BITTA QOLDI

UÇTA  EDI,  BITTA  QOLDI
Chop etilgan 18 ноября, 2026

Keyingi paytlarda mamlakatimiz umumta’lim maktablarida öquvçi-yoşlarni kasbga yönaltirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Çunki maktabni tugatgan öğil-qiz oliy öquv yurtlariga öqişga kirolmasa, egallagan kasblari tufayli öz aravasini özi tortib ketişi kerak. Dono xalqimiz: “Kasb — kasb, tubi — nasib” degan maqolni bejiz töqimagan. Ana şu maqsadda barça tuman va şaharlarda kasbga tayyorlaş böyiça maktablar faoliyat olib bormoqda. Mazkur ta’lim muassasalarida kasblarga öqitiş fan sifatida dars jadvaliga kiritilgan. —  Bizning tumanimizda 41-umumta’lim maktabi öquvçi-yoşlarni kasb-korga tayyorlaş böyiça mas’ul etib belgilangan, — deydi Sirdaryo tumani Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi bolalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş va inklyuziv ta’lim metodisti Dilafruz Jumayeva.  Bizda bir savol tuğildi: “nahot, aholisi eng köp tumanda  bittagina maktab şunday mas’uliyatli yumuş bilan şuğullansa?” degan. Asl vaziyat bilan tanişiş uçun 41-umumta’lim maktabiga bordik. Maktab rahbari Aziz Tojiboyev yangi ekan. Kasb tanlaşga yönaltiriş yumuşlariga direktorning öquv işlari böyiça örinbosari Anora Umarova mas’ulligini  aytişdi. U kişi bilan suhbatimiz ança mojaroli keçdi. Ayni paytda maktabda öquvçilar birgina kasb — AI mutaxassisligi böyiça öqitilayotgan ekan. “Bu kam emas-mi?” deganimizda boşqarma bizga şunday körsatma bergan, deb yer çizib ötiraverdi. “Şu gaplarni yozib bering,” deb iltimos qilganimizda oğziga talqon solganday lom-mim demadi. Suhbat asno 2024-2025-öquv yilida öquvçilar uçta kasb böyiça öqitilganligi oydinlaşdi. Tikuvçilik va payvandçilik kasblariga tayyorlaş yangi öquv yilidan taqataq töxtatilibdi. Musohibimiz buning sababini  xomaşyoga mablağ ajratilmaganligiga olib borib taqadi. Ixtisoslaşgan maktab sinfxonasida 5 ta zamonaviy tikuv maşinkasi, matolarning çetlarini kesib çiroyli işlov beruvçi 1 ta overlok maxsus tikuv uskunasi, dazmol va dazmol stoli mavjud ekan. Payvandçilik kasbini örganuvçi öquvçilar uçun ham dastgohlar borligi ma’lum böldi. Adoqlagan öquv yilida 12 nafar qiz va 12 nafar öğil bola örgangan kasblari böyiça muvaffaqiyatli imtihon topşirib, sertifikatlarni qölga kiritibdi. Biroq ularning birortasi egal-lagan kasblari böyiça işga joylaşmaganligini A. Umarova yaşirib ötirmadi. Ayni paytda AI mutaxassisligi böyiça öquvçi-yoşlarga saboq berayotgan Aziza Tadjiboyevaning faoliyati bilan tanişmoq-çi böldik. —  Bu xodimimiz Nukus innovatsion institutida sirtdan tahsil oladilar, — dedi A.Toji-boyev. —Hozir sessiyadalar. Bir oy bölmaydilar. —  Bolalar-çi, bolalar nima qilişayapti? Oliy öquv yurtini bitirgan mutaxassisni işga jalb qilişning iloji yöqmidi? — savolga tutamiz direktorni. —  Öquvçilar bilan informatika fani öqituvçisi şuğul-lanayapti, — deydi rahbar. Avval AI mutaxassisligi böyiça Bobur Yöldoşev degan yaxşi kadr bölgan ekan. Maoşning kamligidan köngli tölmay boşqa işga ötib ketibdi. Bu ketişda A. Tadjiboyeva ham oliy öquv yurtini bitirgaç, juftakni rostlab qolişi heç gap emas. Ayni çoqda maktabning 10- va 11-sinflarida tahsil olayotgan 50 nafar öğil-qiz AI mutaxassisligining sir-sinoatlarini örganmoqda. Albatta, uşbu kasb hozir jamiyatimizda hammabop kasbga aylanib borayotgani bor gap. Barça jabhalarda birdek qöllaniladi. Ta’lim sifati haqida bir neça öquvçilardan fikr söradik. —  Maqsadim kelajakda informatika fani öqituvçisi böliş, — deydi  Alişer Bobojonov. —Şu bois kompyuterning tuzilişi, işlaş tamoyillarini sinçkovlik bilan örganayapman. Yaqinda fanlar olimpiadasining tuman bosqiçida informatika fani böyiça uçinçi örinni egallab, viloyat bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdim. Afsuslanarli joyi şuki, uning muvaffaqiyatini maktab ma’muriyati rağbatlantirmabdi. Rahmat aytib, öqiş uçun bitta badiiy kitob ham sovğa qilmabdi. Rağbat bölmagan joyda ösiş bölmaydi. Alişer Sirdaryo şahridagi “Digital Akademy” markazida 9 oy öqib, sertifikat ham olibdi. Uning fanlar olimpiadasidagi yutuğida maktabdagi öqituvçisining hissasi kattami yoki markazdagi ustozining bilobilmadik. —  Men kelajakda soliqtizimida işlaşni niyat qilgan-man, — deydi Regina Şamilova. —Bunday qarorga kelişimga tuman soliq bölimida işlaydigan Feruza xolam sababçi. U kişining kasbiga havasmandman. Regina ham şahardagi öquv markaziga qatnab, ingliz tilini örganayotgan ekan. Maktab bilan tanişuvimizni texnologiya kabinetini közdan keçiriş bilan yakunladik. Texnologiya fani öqituvçisi Nargiza Ahmedova rus sinfida televizordagi öquv filmi yordamida mavzuni tuşuntirayotgan ekan. Öquvçilar bilan ança suhbatlaşdik. Ha, bugun mamlakatimiz umumta’lim maktablarida öquvçilarning kasb-hunar örganişlari uçun barça şaroitlar yaratilgan. Işlagan odam imkon topadi. Biroq kasb örgatişga yönaltirilgan 41-umumta’lim maktabida olib borilayotgan işlardan unçalik könglimiz tölmadi.

Muhammadali AHMAD

Tasvirlarda: maktabda öquvçi-yoşlarni kasbga tayyorlaş böyiça olib borilayot- gan işlardan lavhalar.

Теги::