--

ĞOYADAN... INNOVATSIYAGAÇA

ĞOYADAN...  INNOVATSIYAGAÇA
Chop etilgan 17 ноября, 2026

 Abror Yöldoşev yaratgan aqlli issiqxona xususida

23 yoşida 60 million sömlik grant sohibi bölgan boyovutlik yoş ixtiroçi qişloq xöjaligida inson mehnatini yengillaştiradigan sun’iy intellekt va IoT texnologiyalariga asoslangan tizim yaratdi. Bugungi kunda yoşlar uçun imkoniyatlar eşigi tobora keng oçilmoqda. Ilm oliş, izlaniş, innovatsion ğoyalarni hayotga tatbiq etiş, hatto öz ixtirolari bilan jahon maydoniga çiqiş uçun keng şaroitlar yaratilgan. Ammo imkoniyatdan foydalaniş, ğoyani aniq maqsadga aylantiriş va uni amaliyotda isbotlaşning öziga xos mas’uliyati bor. Abror Yöldoşev ana şunday imkoniyatlarni öz mehnati, bilimi va izlanişlari bilan natijaga erişayotgan yoşlardan. U yaqinda Yoşlar işlari agentligi huzurida taşkil etilgan “Yaşil taşabbuslar” jamğarmasi tomonidan ötkazilgan “Yaşil innovatsiyalar” tanlovining respublika bosqiçida munosib iştirok etib, 100 nafar iştirokçi orasidan saralangan 12 nafar ğolib qatoriga kirdi. 20–30 yoşlilar toifasida taqdim etgan loyihasi uçun 60 million söm grantni qölga kiritdi. Uning loyihasi şundan iboratki, qişloq xöjaligini zamonaviy texnologiyalar bilan uyğunlaştirgan, inson mehnatini yengillaştirişga qaratilgan aqlli boşqaruv tizimidir. Abror yaratgan “Agropilot” tizimi gidroponika va an’anaviy issiqxonalarni Internet buyumlari (IoT) hamda sun’iy intellekt yordamida boşqariş imkonini beradi. Tizim issiqxonadagi harorat, namlik, suvning pH va elektr ötkazuvçanlik (EC) körsatkiçlarini muntazam kuzatib boradi. Zarur holatlarda ventilyatorlarni avtomatik tarzda boşqaradi. Maxsus kameralar orqali esa issiqxonadagi jarayonlarni real vaqt rejimida kuzatiş mumkin. Eng muhimi, barça jarayonlarni masofadan turib, mobil telefoni orqali nazorat qiliş imkoniyati mavjud. — Oddiy issiqxonada işni uzluksiz taşkil etiş uçun inson omili zarur,—deydi u. — Hatto uç smenada işçi jalb qilişga töğri keladi. Men yaratgan tizimda esa köplab jarayonlarni avtomatlaştiriş mumkin. Abrorning innovatsiyalarga qiziqişi keça paydo bölgan emas. U 18 yoşidan buyon ilmiy izlanişlar olib borib, turli loyihalar va ixtirolar ustida işlab keladi. Uning dastlabki qiziqarli işlaridan biri inson miyasidan keladigan signallar asosida harakatlanadigan protez qöl yaratiş bölgan. Bu esa uning texnikaga bölgan havasi inson hayotini yengillaştirişga qaratilgan maqsad ekanini körsatadi. Abrorni bu yölga boşlagan omillardan biri esa oilaviy muhit. Özining aytişiça, texnik ijodkorlik va ixtiroçilikka bölgan qiziqişiga otasi Alişer Xolçurayevning ta’siri katta. — Bu qiziqişlar menga dadamdan ötgan. Yoşligimdan texnikaga, turli qurilmalarning işlaş jarayoniga qiziqardim. Universitetda öqigan paytimda ilk bor telefon orqali boşqa-riladigan maşina yasaganman. Keyinçalik bu qiziqişlarim jiddiy loyihalarga aylandi, — deydi Abror. U uşbu mablağ asosida ikki sotix maydonda an’anaviy usulda işlaydigan aqlli issiqxona taşkil etişni rejalaştirgan. Dastlabki e’tiborni qulupnay yetiştirişga qaratmoqçi. Abrorning rejasiga köra, gidroponika va an’anaviy usuldagi issiqxonalarning har ikkisida ham avtomatlaştiriş tizimidan foydalaniş mumkin. U gidroponika issiqxonasida öz loyihasini sinovdan ötkazib, ijobiy natijaga erişgan. Endi esa an’anaviy ekiş usulida ham bu texnologiyaning samaradorligini isbotlaş niyatida. Şuningdek, loyihani rivoj-lantiriş maqsadida “Agro Ventures” bilan hamkorlik şartnomasini tuziş böyiça kelişuvga erişilgan. Agar an’anaviy issiqxonadagi sinovlar ham muvaffaqiyatli yakunlansa, loyihaga qiziqiş bildirayotgan boşqa hamkorlar bilan ham işlaş imkoniyati paydo böladi. Uning bugungi kundagi loyihalari allaqaçon amaliyotda qöllanila boşlagan. Joriy yilning iyun oyida Sirdaryo tumanidagi gidroponika issiqxonasi bilan hamkorlik şartnomasini yölga qöygan. U yerda sun’iy intellekt va avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimi joriy etilgan. Loyiha doirasidagi xizmatlari uçun issiqxonani jihozlaş va tizimni örnatişda har bir sotix maydon uçun 200 dollardan haq olgan. Bundan taşqari, ilova va tizimdan foydalaniş uçun oyiga 20 dollar tölanadi. — Kimdir “oyiga 20 dollar kam emasmi?” deb söraşi mumkin. Menimça, işning boşlanişi uçun bu yaxşi natija. Muhimi, yaratgan tizimim odamlarga naf keltirsin. Issiqxonadagi işlarni yengillaştirsin. Agar an’anaviy usuldagi issiq- xonada ham loyiham muvaffaqiyatli işlasa, kam xarajat bilan samarali mahsulot yetiş- tiriş imkoniyati yanada kengayadi, — deydi yoş ixtiroçi. Darhaqiqat, zamonaviy texnologiyalarni qişloq xöjali-giga olib kiriş faqatgina iş jarayonini avtomatlaştiribgina qolmay suv, energiya va vaqtdan oqilona foydalaniş, hosildorlikni oşiriş hamda dehqonning mehnatini yengillaştiriş demakdir. Toşkent davlat texnika universitetini tamomlagan Abror hozirda Guliston davlat universitetining “Axborot texnologiyalari” kafedrasida laborant vazifasida faoliyat yuritmoqda. U ilm-fan va amaliy tajribani birlaştirib, yangi loyihalar ustida işlaşda davom etayotir.

Xurşida NIŞONOVA

Xurshida NISHONOVA
Xurshida NISHONOVA
BO‘LIM MUHARRIRI
Теги::