--

MEHRNING SANASI YÖQ

MEHRNING SANASI YÖQ
Chop etilgan 12 ноября, 2026

Mehr - bu inson qalbini yorituvçi, odamlar örtasidagi riştalarni yaxşilovçi, ularni bir-biriga yanada yaqinlaştiruvçi gözal tuyğudir. U insoniylikning asosiy belgisi bölib, oilada, döstlikda, qolaversa, jamiyatda özaro hurmat va samimiyatni yaxşilaydi. Ammo mehr faqat bayram yoki tadbirlarda namoyon böladimi yo u kundalik hayotimizda öz aksini topişi kerakmi? Afsuski, ayrim insonlar mehr körsatişni faqat bayramlar, tuğilgan kunlar yoki boşqa bir alohida sanalar bilan boğlaşadi. Bunday paytlarda çiroyli sovğalar hadya etiladi, şirin tilaklar aytiladi ya’ni yaqinlarimizga faqat şunday vaqtlarda e’tibor qaratamiz. Albatta, bularning barçasi yaxşi, ammo mehrning asl qiymati qimmatbaho sovğa-salomlar yoki dabdabali tabriklar emas-ku? Aksinça, mehr har qanday holatda ham yaqinlarimizga e’tibor beriş, ular uçun vaqt ajratişimiz heç bölmaganda bir oğiz şirin söz bilan ularni quvontirişdir. Masalan, ba’zan oddiygina "Ahvolingiz yaxşimi?", "Yordam kerak emasmi?" kabi sözlar ham insonning kayfiyatini kötaradi. Biz yaqinlarimizga faqat bayramlarda emas, aksinça doimo mehribon bölişimiz kerak. Sababi oramizda oddiy narsalarga ham amal qilmaydiganlar bisyor. Misol uçun, ota-onamizga yordam beriş, ustozlarimizni hurmat qiliş, döstlarimizni qiyin vaziyatlarda qöllab-quvvatlaş, bularning barçasi mehrning bir namunasidir. Asosiysi mehr körsatişimiz uçun alohida kun yoki sabab kerak emas. Ha, mehr-oqibat faqat xursandçilik kunlarda esga olinadigan tuyğu emas. U har bir kunimiz, har bir sözimiz va xatti- harakatlarimizda namoyon bölişi kerak. Zero, bayram bir kunlik xursandçilik, biroq mehr inson qalbida bir umr yaşaydigan tuyğudir. Unutmang ! Mehr ulaşiş uçun taqvimga qaraş şart emas. Çunki buning uçun mehrli qalbning özi kifoya.         


Zuhra FAYZULLAYEVA,          

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod  maktabining 10-sinf öquvçisi, "Jurnalistika"  tögaragi a’zosi.

Теги::