--

YÖLOVÇI GAPLAŞSA, BOZOR BÖLADIMI?

YÖLOVÇI GAPLAŞSA, BOZOR BÖLADIMI?
Chop etilgan 12 ноября, 2026

Guliston şahri kundan-kunga çiroy oçib, yangilanib bormoqda. Köçalar obod, zamonaviy avtobuslar qatnovi yölga qöyilgani insonlarni xursand qiladi. Bu, albatta, fuqarolar uçun katta qulaylik. Endi manzilga yetib oliş, jamoat transportidan foydalaniş avvalgidan-da osonlaşmoqda. Ammo transportdagi qulaylik faqat yangi avtobuslar bilan ölçanmaydi. Unda xizmat qilayotgan xodimlarning muomala madaniyati ham ana şu qulaylikning ajralmas qismidir.

Yaqinda bir hamkasbimiz Umra safaridan qaytdi. Tuşlik paytida ularning xonadoniga hol-ahvol sörab bordik. Qaytişda “Şohbekat—Döstlik qörğoni” yönalişida qatnaydigan avtobusga çiqdik. “Yangi avtobuslarda yuraylik-çi”, dedi hamkasbimiz. Avtobusda men, Nilufar Hayitaliyeva, Muqaddas Hakimova va yana uç nafar talaba qiz bor edi. Avtobus bekatda 15 daqiqaça töxtab turdi. Biz— hamkasblar özaro suhbatlaşib borardik. Na yölga xalaqit berayotgan, na haydovçini çalğitayotgan edik. Çunki avtobus hali yurmayotgandi. Şu payt haydovçining qöpol ovozi yangradi: — Bozor qilmanglar! Avvaliga bu gapni tuşunmadik. Axir, biz bozorda emasdik, heç kim bilan savdo-sotiq qilmayotgan edik. Muqaddas Hakimova ham hayron bölib: — Biz bozorda emasmiz, savdo qilmayapmiz-ku! — deya javob qaytardi. Lekin haydovçi gapini yanada keskinlaştirdi: — Bozor qilmanglar, dedim! Bozor qilmangla-a-ar! Nilufar opa esa vaziyatni yumşatişga urinib, unga xotirjamlik bilan murojaat qildi: — Agar avtobusda gaplaşmasligimizni istasangiz, buni madaniyat bilan tuşuntirsangiz böladi-ku. “Opalar, avtobusda gaplaşmanglar”, desangiz ham tuşunamiz. — Uzr, biz suxandonlarmiz, balki ovozimiz şuning uçun balandroq eşitilgandir... Biroq haydovçining javobi vaziyatni yumşatiş örniga ğalati tus oldi. U özini artist ekanini, töylarda qöşiq aytişini aytib, kulib qöydi. Qiziq, suhbatning baland-pastligidan norozi bölgan haydovçi özining muomala ohangiga bir nazar taşladimikan?... Men esa hozirgi mavzudan yaxşi pamflet yozişimni aytganimda... Voqeaning davomi bundanda açinarli böldi. Avtobusga çiqqan bir amaki bizga qarata “qöştirnoq içidagi yozuvçilar” degan mazmunda haqoratli gap aytdi. Yölovçining oddiy suhbatidan bozor yasaganlar endi odamning kasbini ham kamsitişga ötişdimi? Biz jamoat transportida tartib bölişi, yölovçilar bir-birlariga xalaqit bermaslik-lari kerakligini yaxşi tuşunamiz. Heç kim avtobusni şovqin-suronli ulovga aylantiriş tarafdori emas. Ammo tartibni talab qilişning ham öz madaniyati, öz me’yori bor. Bir oğiz muloyim gap bilan tuşuntiriş mumkin bölgan vaziyatda qöpollik qiliş kimga kerak? Bugun şahrimiz sayyohlar e’tiborini tortiş, uning gözalligi va imkoniyatlarini namoyiş etiş yölida ham rivojlanmoqda. Tasavvur qiling, avtobusda ketayotgan mehmonlarimiz şahrimizning çiroyi, obod köçalari haqida özaro suhbatlaşsa, haydovçi ularga ham “Bozor qilmang!” deb tanbeh berarmikan? Yoki xizmat madaniyati faqat ayrim yölovçilar uçun esdan çiqadimi? Sirdaryo viloyati Transport boşqar-masiga savolimiz bor: jamoat transporti haydovçilari bilan yölovçilarga munosabat, muomala odobi, xizmat etikasi va kasbiy mas’uliyat yuzasidan tuşuntiriş işlari olib boriladimi? Haydovçilar bunday holatlarda qanday yöl tutişi kerakligi böyiça amaliy maşğulotlar taşkil etiladimi? Agar bu borada işlar olib borilayotgan bölsa, unda nega ayrim haydovçilar hanuz yölovçiga qöpollik qilişni odatiy hol deb biladi? Yangi avtobuslar — şahrimiz taraqqiyotining körinişi. Ammo ularning içida körsatilayotgan xizmat ham şu taraqqiyotga munosib bölişi kerak. Çunki yölovçi avtobusga tilini tiyiş uçun emas, manziliga yetib oliş uçun çiqadi. Haydovçilik guvoh-nomasi rulni boşqariş huquqini beradi, biroq heç kimga odamga baqiriş yoki uni kamsitiş huquqini bermaydi.


Sohiba ÖROLOVA, jurnalist

Теги::