--

ÖZLIGIMIZNI UNUTMAYLIK

ÖZLIGIMIZNI UNUTMAYLIK
Chop etilgan 14 ноября, 2026

Tuşlik payti edi. Yölakdan ketayotsam bir yigit meni töxtatib, qölimga çiroyli guldastani tutarkan, iymanibgina “— xola,  mana şu gullar sizga, qölimni qaytarmang”, — dedi. Men hayron bölib unga qaradim va “— öğlim, nega menga gul berayapsan, uni  sevganingga ber  yoki onangga olib bor xursand böladi”,  — dedim. Yigit “—şu gulni oling, xola”, – deb  tinmay menga guldastani tutardi. Şu paytda sal nariroqda bizga uyalibgina kulimsirab qarab turgan bir qizga közim tuşdi. Darhol vaziyatni tuşundim. Nazarimda yigit  öşa  qiz bilan uçraşuvga çiqqan va unga gul tuhfa  qilgan. Qiz esa köçada gul kötarib yurişga uyalgan yoki tanişlari körib qolişidan çöçigani uçun gulni yigitga qaytargan. Nazarimda yigit ham tuhfasini sevgilisi olmagaç,  uni olib yurişni öziga ep körmagan. Ikkalasi guldastani köçadagi biror keksaroq ayolga berişga kelişişgan şekilli.  Noqulay vaziyatda qolgan yigit qölidagini kimgadir berişni möljallab turganida men ötib qoldim va u guldastani menga tutqazdi. U qayta-qayta iltimos qilgaç oxiri tuhfani olişga majbur böldim. Qiz esa  “—xola, bizni duo  qiling”, — dedi uyalibgina. Guldas-tani olgaç,  işxonaga kirib yoşlarni duo qildim va ular haqida öylab qoldim. Ayniqsa, öşa qizginaning mendan xijolat bölib, tortinib turgan holati, egnidagi şarqona libosi, heç qanday pardozsiz, asl gözal çehrasi sira köz oldimdan ketmasdi. Ha, agar yigit va qiz oila qurişni niyat  qilişgan bölişsa, baxtli-taxtli bölişsin. Şu örinda bugungi kunda ba’zi yoşlar (ayniqsa, qizlar)ning işq-muhabbat borasidagi qaraşlari, jamoat orasida özlarini tutişlarini körib, nahotki özbegim qizlari ibo-hayoni unutib qöyişgan bölsa, deb öylab qolaman. Yaqinda  şaharning qoq markazida, yölakning  örtasida  ketayotgan bir yigit va qizni uçratdim. Ular göyo köçada özlaridan boşqa heç kim yöqday bemalol (garçi noqulay bölsa ham yozayapman) bir-birlarining pinjiga kirib,  baland ovozda gaplaşib, kulişib kelişardi. Yölovçilar esa özlarini ulardan çetroqqa olib, ötib ketişardi. Kimdir ularni çetroqdan yurişlarini aytib, tanbeh bergandi, qiz unga “—biz bilan işingiz bölmasin, yölingizdan  qolmang”, — deb jerkib berdi. Darvoqe, qizning qölida katta guldasta hamda besönaqay yumşoq ayiq öyinçoq bor edi va u qora şarqona libos (hijob)da edi. Demak, ularni qizga yigit sovğa  qilganligi aniq. Biz şarqona kiyinişning öziga xosligi, ya’ni u qizlar (ayollar)ning  nafosatli, hayoliligini bildirişi, bu qadriyatlarimizning bir qirrasi ekanli-gini yaxşi bilamiz. Afsuski, qizlarimiz odob-axloq meyorlarini,  milliylikning şu muhim jihatlarni unutib qöyiş-moqda. Bular-ku yoş ekan, ularning onalari qizlarining  qalblariga şu  qimmatli ögitlarni singdirmaganli-gidan afsulanamiz. Ha, nima bölganda ham yoşlarga insof, diyonat, hayo va ibo tilab  qolamiz. Qaçon va qayerda bölmaylik, özligimizni  aslo unutmaylik.

Xolida Eşonqul qizi

Теги::