--

TO‘YLARINGDAN AYLANAY, ELIM!

TO‘YLARINGDAN AYLANAY, ELIM!
Chop etilgan 23 сентября, 2026

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga

Seni desam, yonadi jonim,
Borlig‘imni chulg‘ar ehtiros.
Shu tuproqqa to‘kilgan qonim,
Ruhiyatim o‘z elimga xos.

Qayda bo‘lsam, ko‘ngilda noming,
Jiyda guli kabi yoqimli.
Alloh bergan jannat in’omi —
Yurtim, sen-chun jon bersam mayli.
Mustaqillikning muborak 35 yilligi to‘yi arafasida sahardan yangrab ko‘ngillarga bir olam xursandchilik, faxru iftixor
hislarini solayotgan karnay-surnay,
nog‘oraning jarangdor sadolari vujudimni erkalaydi. Bu munavvar tonglarning shukuhi ko‘ksimni osmon qadar yuksaltiradi va bu g‘urur atalmish O‘zligim dunyolarga sig‘maydi. O‘zlikni anglash degani balki shudir,
O‘zlikka qaytish deganlari balki shu ichki uyg‘onishdir. Ne bo‘lsayam qalbimda g‘ujg‘on tuyg‘ular, qo‘shiq-lar, sharqona musiqalar sadosi quloq
larimga orom bag‘ishlaydi.
Hamon esimda, maktabda o‘qib yurgan kezlarimizda muallimimiz Isoxon Qilichev shunday degandi:
— Biz ko‘rmagan yorug‘ kunlarni sizlar ko‘rasizlar, dunyo lol qoladigan voqea-hodisalarga sizlar guvoh bo‘lasizlar, qanchalar baxtli avlod ekaningizga aslo shubham yo‘q. Biz urushni ko‘rdik, sizlar ko‘rmanglar bolajonlarim, bu yorug‘ olamning eng go‘zal hayoti Sizlarga muntazir, faqat kitob o‘qinglar, ilm olinglar, til o‘rganinglar,dunyoni ko‘ringlar.
Ne tongki, istiqlol sharofati bilan ustozimizning hamma gaplari amalga oshdi, evohki ular ko‘rsa bormidi? Bir umr qishloq yoshlariga saboq bergan u kabi ne-ne muallimlar bittagina Maqtov yorlig‘i olmay, qilgan mehnatlari rohatini ko‘rmasdan olamdan o‘tib ketishgan. Sobiq ittifoq davrida muallimga, yoshlarga bugun-gidek e’tiboru ehtirom qayerda edi?
Biz ta’lim olgan 80-yillarning maktab
davridagi sharoitlar bilan hozirgi shart-sharoitlar oldida osmon bilan yercha tafovut bor. Qishloq bolalariga ta’lim-tarbiya bergan fidoyi muallimlarim — Ergash Qosimov, Isoxon Qilichev, Meliqo‘zi Gʻaniyev, Jumanazar Qurbonov, Xolmat Niyozmatov, Ahmadjon Temirov, Ahmadqul Nazarqulovlarni eslasam, ko‘zlarimda yosh qalqiydi. Qaniydi ular bugungi dorilomon kunlarni, ta’limga, oddiy muallimga ko‘rsatilayotgan hurmatu e’tiborga guvoh bo‘lishsa...
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati, sifatida aholi bilan muloqotda bo‘l-ganimda, inson qadri va ijtimoiy adolat tamoyillarining jamiyatimizda qanchalik chuqur ildiz otayotganiga guvoh bo‘laman.
Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosat aynan shu g‘oyalar bilan hamohang ravishda nafaqat ta’lim sohasini, balki inson kapitalini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan joriy yilda bolalar o‘rtasida Respublika miqyosida o‘tkazilgan “Unumdorlik maktabdan boshlanadi” mavzusidagi videotanlovda Guliston shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o‘quvchisi
Alisher Ergashev 2-o‘rinni egalladi. U ota-onasi, o‘qituvchisi, maktab direktori bilan birgalikda Germaniya mamlakatiga sayohat qilish imko-niyatiga ega bo‘ldilar.
“Raqamli avlod qizlari” ko‘rik-tanlovida “Yashil iqtisodiyot” yo‘na-
lishi bo‘yicha 16–20 yoshli ishtirok-
chilar o‘rtasida o‘tkazilgan bosqich-
da Guliston shahridagi 1-son ixtisos-lashtirilgan maktab-internati 11-sinf o‘quvchi qizlari Faniya Gennadiyeva va Nozima Sotiboldiyeva g‘olibalikni qo‘lga kiritib, Xitoy Xalq Respubli-kasiga ta’limiy sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.
“Jadidlar izidan” Respublika tanlo-
vida Guliston tumanidagi 13-maktab 9-sinf o‘quvchisi Rayhona Anor-boyeva respublika bosqichi g‘olibasi sifatida xorij davlatiga ta’lim sayohati yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Quvonarlisi, joriy yilda maktab-lardagi 318 nafar bitiruvchi muddatdan oldin talaba bo‘lgan. Guliston tumani 1-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Sardor Xolyigitov AQSHning Minnesota (top-203), Dreyk universiteti, Kolorado shtati universiteti (top-400) va Penn shtati universiteti (top-100) jami 165 000 dollarlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Guliston shahar 5-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Mirzarahim Sobirjonov AQSHning
11 ta top universitetlariga 1,5 million dollar grant asosida o‘qishga qabul qilindi.
Hududlarda saylovchilar bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda guvoh bo‘layapmanki, davlatimiz rahbari hamma sohaga, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-
quvvatlashga katta e’tibor qaratmoq-dalar. “Xalq boy bo‘lsa, davlat boy bo‘ladi”, deb ko‘p ta’kidlashlarida bir olam ma’no va chuqur mantiq mujassam.
— O‘zi yashayotgan manzilida birorta daraxt o‘stirmagan, hovlisiga bir tup rayhon ekmagan, o‘zining hovli-joyini orastalab, saranjom-sarishta tutmagan odamni kim deb o‘ylaysiz? — deydi viloyat hokimi Erkinjon Turdimov. Aynan mana shuning uchun ham viloyat bo‘ylab “Tozalik oyi” e’lon qilingan va barcha tumanlarda aholining uy-joylari, tashkilotlarning obodligi rahbarlar nazoratida, deputatlar e’tiborida. Zero, obodlik — ko‘ngildan va o‘z xonadonimizdan boshlanadi. Obod joyda yasharish, yashnatish va yangilanish, hayotga mehru muhabbat boshqacha bo‘ladi.
— Sirdaryo tumanidagi “Baxmal”
MFYda 3012 nafar aholi istiqomat qiladi. Tomorqasida issiqxona qilgan xonadonlarga kirsangiz, bahri dilingiz yayraydi, — deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Eldor Rahimov. — Aholi
ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta’min-langan. Uzoq yillar tomorqalarni sug‘orishga imkoniyat yo‘q edi. Aholining faolligi va “Ochiq bud-
jet” (Open budget) loyihasi sharofati bilan 30 milliard so‘m yutib oldik va beton lotoklar yotqizilib, yaqindagi kanal orqali oqava suv xonadonlarga kirib bordi. Suv bor joyda baraka bor — ekinlar yashnaydi, daraxtlar ko‘payadi, qishloq xo‘jaligi mahsu-lotlari yetishtiriladi, serobchilik bo‘la-
di. Bundan tashqari, yana “Ochiq budjet” hisobiga mahallaning ichki
yo‘llari asfalt qilindi. Bu ishlarning hammasi odamlarning oqibati, hamjihatligi va davlatning ijtimoiy g‘amxo‘rligi bilan amalga oshiril-moqda.
Deputatlik faoliyatimda nuroniy-larimiz holidan xabar olish, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar manzilliligini ta’minlash asosiy vazifalarimizdan biridir.
— Bu yil yuz bahor bilan yuz-lashdim, — deydi yosh boladek nigohlari mas’um Guliston tumani, Zarbdor qishlog‘ida yashovchi Ruqiya ona Isroilova. — Bugungi kunlarni tushimizda ham ko‘r-maganmiz. 40 yildan ortiq kolxozda sigir sog‘uvchi, pillaboqar bo‘lib ishladim, kuz payti paxta terdik, ammo mehnatimiz qadrlanmagan. Uch nafar farzandim paxta dalalaridagi shiyponlarda katta bo‘ldi. Bog‘cha qayerda edi? Ko‘rsatganiga ming shukr, muhtaram Prezidentimizga ming marta rahmat, bizdan ham uzoq umr ko‘rsinlar. Bolajonlarim, bu kunlarning qadriga yeting, ilm oling, olim bo‘ling.
Ertalabdan to‘yxonalarda yang-raydigan kuy-qo‘shiqlar sadosi, chekka qishloqlardagi ma’naviy-ma’rifiy, badiiy tadbirlar, bularning barchasida Mustaqillik shodiyonasi, ko‘ngillar obodligi mujassam. Xalqimizning farovonligi ortib, ko‘ngli obod bo‘lgan yurtga shodiyonalar, xursandchiliklar va olam-olam ezgu niyatlar, bunyod-korliklar yarashadi. Deputat va ijodkor sifatida nurli kelajak sari intilayotgan o‘g‘il-qizlarimizning dadil qadamlarini, aqlu zakovatini ko‘rib, ertangi kunimizga bo‘lgan
ishonchimiz yanada mustahkam-lanadi.
Noriniso QOSIMOVA,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati

Теги::

Читайте также

Смотреть все