Xovos tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limiga qadam ranjida qilganimizda qizg‘in muhokama ustidan chiqdik. Bo‘lim boshlig‘i Gʻoyibnazar Rayimnazarov Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari bilan joriy yilda mehnat ahlidan tushgan arizalarning qanday yechim topayotganligi haqida gap-lashayotgan ekan. Yetakchi mutaxassis Gulhayo Saitna-zarovaning shahodat berishicha, o‘tgan to‘qqiz oy mobaynida bo‘limga 8 ta murojaat kelib tushibdi. Mana shulardan biri:
“Mustaqillikning 5 yilligi” mahallasidan fuqaro B. Mamatqulov tomorqalari chega-rasiga to‘kilgan qo‘shnisi mol-larining go‘ngi bad-bo‘y hid chiqarib oila a’zolarini behuzur qilayotgani haqida shikoyat qilgan. Murojaatlarning barcha-si mutaxassislar tomonidan joylarga chiqib o‘rganilib, vaqtida hal etilibdi.
— Har bir bo‘limimizning gardaniga yuklangan vazifalar
mavjud, — deydi Gʻ. Rayim-nazarov. — Asosiy maqsadimiz esa yuqumli kasalliklarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, aholi o‘rtasida profilaktik tadbirlarni keng yo‘lga qo‘yishdir. Bo‘limimiz ayni paytda viloyatimizda namunali bo‘lim maqomini qo‘lga kiritish yo‘lida izchil izlanmoqda.
Epidemiologiya va immu-no-profilaktika bo‘limi xodim-larining sa’y-harakatlari bilan o‘tgan yilning shu davriga nisbatan joriy yilda yuqumli kasalliklar ko‘rsatkichi 26 taga kamaygan. Biroq qizamiq, o‘tkir respirator infeksiyasi hamda gijja kasalliklarida o‘sish ko‘zga tashlanadi.
Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi shifokorlarning alohida diqqat markazida turibdi. Tumandagi mavjud
19 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tekshirilganda 2 tasida yuqimli kasalliklar aniqlanib, vaqtincha faoliyati to‘xtatildi. Kamchiliklar bartaraf etilgach, bog‘chalar eshiqlari yana bola-
jonlar uchun ochildi. Joriy yilning fevral oyida 7 ta oila-viy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tekshirildi. Aniqlangan kamchiliklar tufayli 4 tasining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
— Joriy yilning o‘tgan 8 oyi mobaynida mutaxassilarimiz ishtirokida 187 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalari, savdo do‘konlari, oziq-ovqat ishlab chiqarish sexlarida profilaktik tadbirlar olib bordik. Pirovardida 9 turdagi 133, 2 kilogramm saqlash muddati o‘tgan, iste’molga yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlari savdo-dan olib qo‘yildi, — deydi sanitariya vrachi yordamchisi
D. Mirsalimova.
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning tumanga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlariga binoan kam ta’minlangan oilalarning 600 nafar farzandi virusli gepatitning A turiga qarshi bepul emlandi. Buning uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomat-ligi viloyat boshqarmasi 200 million so‘m mablag‘ ajratdi.
Joriy yilda bakteriologiya va parazitalogiya laboratoriyalari 537 million 919 ming so‘mlik eng zamonaviy tibbiyot jihozlari bilan ta’minlandi. Ayni paytda mazkur laboratoriyalarda 10 xil bakteriologik, 6 xil ichak infeksiyalari, 52 xil antibiotik sezuv-chanlik tahlillari o‘tkazilmoqda. Ushbu xizmatlardan nafaqat Xovos tumani aholisi, balki Yangiyer shahri, qo‘shni Jizzax
viloyatining Yangiobod tumani fuqarolari ham foydalanish-moqda. Tibbiyot xodimlarining joylarga chiqib, profilaktik tabdirlar o‘tkazishlari uchun yana bitta “Damas” mashinasi xarid qilindi.
O‘tib borayotgan yilning sakkiz oyi mobaynida bo‘lim aholiga 135 million 698 ming so‘mlik pullik xizmat ko‘rsatdi. Ushbu mablag‘ tibbiy ko‘rik, laboratoriya tekshirishlari hamda dizenfeksiya yumushlari hisobiga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida bo‘limning Sanita-riya nazorat punkti faoliyat olib bormoqda. Punktda bir nafar vrach, 3 nafar vrach yordamchisi xorijdan yuqumli kasalliklar kirib kelishining oldini olishga ko‘z-quloq bo‘lib turishibdi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomat-
ligi bo‘limi shifokorlari Avаzbek Suqsurov, Muhammadjon Abduhakimov, Ozoda Mahka-mova, Halima Yuldasheva va boshqalar o‘z ilm va tajribalari bilan yuqumli kasalliklarni hududga yo‘latmaslikka harakat qilishmoqda.
— O‘zimizga yarasha muammolarimiz ham bor, —
deydi Gʻoyibnazar Rayim-nazarov. — 7 nafar oliy ma’lumotli shifokorga muhtojmiz. Boz ustiga, ichimlik suvi tizimidagi uzilishlar, chiqin-dilarni vaqtida olib ketmaslik hollari samarali ishlashimizga xalaqit beradi.
Gurungimiz qizib turganda boshliqning eshigi astagina taqilladi. Kiring, ishorasidan keyin xonaga o‘rta yoshli bir ayol kirib keldi. O‘zini Zulfiya Tog‘ayeva deb tanishtirgan juvon sanitar-epidemilog vrach ekan. 2-Toshkent davlat tibbiyot institutini bitirgan ekan. 10 yil Gulbahor qo‘rg‘onidagi shifo-xonada faoliyat olib borgan ekan. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomat-ligi bo‘limida ish borligini eshitib kelibdi.
Gʻ. Rayimnazarov yangi bir shifokor ishga kelganidan xursand bo‘lib ketdi. Darvoqe,
jamoat salomatligini saqlash-ning yana bir muhofizi o‘z oyog‘i bilan kirib kelgan edi-da!
Muhammadali AHMAD
Tasvirlarda: bo‘lim hayotidan lavhalar
YUQUMLINI YUQTIRMAYDIGANLAR
Chop etilgan
22 сентября, 2026
19
Теги::