--

BUGUNGI QAROR—KELAJAKKA QADAM

BUGUNGI QAROR—KELAJAKKA QADAM
Chop etilgan 18 сентября, 2026

Bugun maktab ta’limining samaradorligini baholashda eng muhim mezonlardan biri — bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichidir. Chunki bu raqamlar nafaqat o‘quvchining imtihondagi natijasini, balki maktabdagi ta’lim sifati, ustozlarning mehnati, ota-onalar e’tibori va o‘quvchining maqsad sari intilishini ham o‘zida aks ettiradi.
Bu yilgi qabul jarayonlari ham oliy ta’limga kirish masalasiga odatdagidan biroz boshqacha qarash
zarurligini ko‘rsatdi. Ayrim yo‘nalish-larda kirish ballari keskin yuqorilagan bo‘lsa, boshqa yo‘nalishlarda aksin-cha, talab sezilarli darajada pasaydi. Hatto ba’zi yo‘nalishlarda 60 ball atrofidagi natija bilan ham talaba bo‘lish imkoniyati yuzaga keldi.
Bir qarashda bu abituriyent uchun katta imkoniyatdek ko‘rinadi. Biroq masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Yo‘nalish tanlashda faqat “qayerga bo‘lsa ham kirish” maqsadi ustun kelmasligi kerak. Chunki bugun to‘ldirilgan tanlov varaqasidagi bitta belgi ertangi to‘rt yillik ta’lim va undan keyingi kasbiy hayotga ta’sir qilishi mumkin.
Viloyatimizda 2025-2026-o‘quv yilida jami 11 287 nafar bitiruvchi tamomlagan. Ularning 3 604 nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan. Bu esa viloyat bo‘yicha o‘rtacha 32 foizlik natijani anglatadi.
Hududlar kesimidagi ko‘rsat-kichlarga e’tibor qaratilsa, ayrim tuman va shaharlarda natijalar viloyat o‘rtachasidan ancha yuqori ekani ko‘rinadi. Xususan, Boyovut tumani va Shirin shahrida bitiruvchilarning 37 foizi oliy ta’limga kirgan. Guliston tumani, Sardoba tumani va Yangiyer shahrida esa mazkur ko‘rsatkich 36 foizni tashkil etgan. Guliston shahri, Mirzaobod va Sayxunobod tumanlarida 33 foizlik natija qayd etilgan.
Bu raqamlar hududlar o‘rtasidagi farqni ko‘rsatish bilan birga, yuqori
natijaga erishayotgan ta’lim maskan-larida qandaydir tizimli yondashuv shakllanganini ham anglatadi. Zero, oliygoh talabasi bo‘lgan har bir bitiruvchi ortida yillar davomida berilgan bilim, o‘qituvchining izlanishi va o‘quvchining tinimsiz tayyorgarligi turadi.
Ayniqsa, maktablar kesimidagi natijalar e’tiborga molik. Mirza-obod tumanidagi 33-maktab bitiruvchilarining 100 foizi oliy ta’limga qabul qilingan. Bu ko‘rsat-kich maktab ta’limida yuqori natija uchun yaratilgan muhit, puxta tayyor-garlik va o‘quvchi salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirish qanchalik muhim ekanini ko‘rsatadi.
Yana bir e’tiborli jihat — viloyatda 50 foiz va undan yuqori natija qayd etgan maktablar soni 42 tani tashkil etmoqda. Demak, yuqori natija ayrim ta’lim maskanlarigagina xos holat bo‘lib qolmay, bosqichma-bosqich kengayib borayotgan tendensiyaga aylanmoqda.
Shu bilan birga umumiy raqamlar ta’lim sifatini yanada oshirish uchun hali foydalanilmagan imkoniyatlar mavjudligini ham ko‘rsatadi. Masalan, Xovos tumanida oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichi 25 foiz, Sirdaryo tumanida esa 23 foizni tashkil etgan. Bu hududlardagi natijalarni boshqa tuman va shaharlardagi ilg‘or tajribalar bilan taqqoslash, samarali usullarni ommalashtirish va o‘quvchilarni kasb hamda oliy ta’lim yo‘nalishlariga maqsadli tayyorlash muhimligini ko‘rsatadi.
Bu yil o‘qishga kira olmagan yoshlarning ayrimlari muqobil yo‘l sifatida nodavlat oliy ta’lim muassasalarini tanlamoqda. Albatta, ularning barchasiga bir xil baho berib bo‘lmaydi. Zamonaviy bilim va mehnat bozori talablariga mos mutaxassis tayyorlashga intilayotganlari bor. Ammo to‘rt yildan so‘ng nima bo‘ladi? Diplomning o‘zi kasbiy kelajakni kafolatlamaydi. Bugun ish beruvchiga bilim, amaliy ko‘nikma, zamonaviy texnologiyalarni bilish, chet tili va raqobatbardoshlik ham zarur. Demak, maqsad shunchaki talaba bo‘lish emas, kelajakda talab yuqori bo‘ladigan mutaxassisga aylanishdir.
Aslida oliy ta’limga kirish foizi — yakuniy natija, xolos. Uning ortida maktabning kundalik faoliyati, ustozning mas’uliyati, ota-onaning ko‘magi va eng muhimi, o‘quvchining kelajakka bo‘lgan ishonchi mujas-sam. Shu bois raqamlarga faqat statistik ko‘rsatkich sifatida emas, ta’lim tizimining bugungi holatini ko‘rsatuvchi muhim mezon sifatida qarash lozim.

Sirdaryodagi 42 ta maktabning 50 foizdan yuqori natija qayd etgani esa yaxshi tajribalar borligini ko‘rsatmoqda. Ana shu tajribalarni keng yoyish, yuqori natija ko‘rsatayotgan maktablarning yondashuvlarini ommalashtirish va har bir hududda o‘quvchining oliy ta’limga intilishini qo‘llab-quvvatlaydigan muhitni yanada kuchaytirishdir.
Zero, har bir yuqori foiz ortida bir bolaning orzusi, bir oilaning umidi va bir ustozning mehnati bor. Ta’limdagi haqiqiy natija esa aynan shu orzularning ro‘yobga chiqishi bilan o‘lchanadi.
Sevinch G‘ANIYEVA

Sevinch G‘ANIYEVA
Sevinch G‘ANIYEVA
MUXBIR
Теги::