--

QARIYANG BOR — BARAKANG BOR

QARIYANG  BOR  —  BARAKANG  BOR
Chop etilgan 11 November, 2026

Özbekiston faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi Yangiyer şahar bölimi idorasiga qadam ranjida qilganimizda foyega körk bağişlab turgan çiroyli stendga közimiz tuşdi. Unda yangiyerlik “Mehnat faxriysi” kökrak nişonining uç darajasiga loyiq körilgan 24 nafar nuroniyning suratlari terib qöyilgandi. Darhaqiqat, ular şahar ijtimoiy-iqtisodiy-ma’naviy hayotida yorqin iz qoldirgan insonlardir. Bugungi kunda Yangiyer şahrida 47 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Ularning qariyb 10 foizini, raqamlar tili bilan aytganda 4828 nafarini faxriylar taşkil etadi.

—Faxriylarimiz orasida ikki nafari “Şuhrat” medaliga, yana ikki nafari “Mahalla iftixori” kökrak nişoniga noil bölgan, — deydi “Nuroniy” jamğarmasi Yangiyer şahar bölimi rahbari Yusuf Samatov. — Ikki nafar frontorti qatnaşçilarimiz Toşbek Qaşiyev va Qöldoş Ravşanovlar bir asrning yuzini köriş arafasida. Kelasi yili Qöldoş otaning 100 yoşlik yubileyini ötkazişni möljallab turibmiz.



Jamğarma şahar bölimi mavjud 12 ta mahallalar fuqarolar yiğinlari bilan mustahkam hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. Barça mahallalarda Keksalar maslahat guruhlari tuzilgan. 34 nafar faol nuroniyga 164 ta kamba-ğal oila biriktirilibdi. Ular kambağal oilalarning ötidan kirib kulidan çiqmoqda.

—Kamina “Ma’rifat” mahallasi Keksalar maslahat guruhining raisi-man, — deydi I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibi Boyböta ota Umarov. — Guruhimiz uç kişidan iborat. Notinç oilalarni murosaga keltiriş uçun bor kuçimizni ayamayapmiz. 5 ta ajraliş darajasiga kelib qolgan oilalardan 4 tasini murosai madoraga keltirdik. Hozirgi yoşlarning besabrligini men milliy qadriyatlarimizdan uzoqlaşib boryotganiga yöyaman. Özligimizga, milliyligimizga qança tez qaytsak, muammolarimiz şunça tez hal böladi.

Köpni körgan otaxondan oilalardagi mojarolarning asosiy sabablarini söradik. Tayinli iş joyining yöqligi, maoşlarning pastligi işning beliga tepayotganligini yaşirib ötirmadilar. Bekor yurganlar kasb-kor, hunar örganiş kurslariga yuborilayotgani, işsizlarni iş bilan ta’minlaşga erişilayotgani haqida tölqinlanib gapirib berdilar.


“Ma’rifat” mahallasi şahardagi eng katta mahallalardan. 7644 nafar aholi istiqomat qiladi. MFY raisi Sodiqjon Şodmonqulov mahalladagi aholining turmuş tarzini yaxşilaş borasida muntazam izlanişlar olib borilayotganini oçiqladilar.

Şaharda “Bir nuroniy ön yoşga mas’ul” harakati keng quloç yoymoqda. El orasida obrö-e’tiborga molik 12 nafar nuroniyga 120 nafar yoş biriktirilgan. Hayot oğir-yengilini boşidan keçirgan nuroniylar qiynalib qolgan yoşlarni işga joylaştiriş, subsidiyalar ajratiş kabi qator muammolarni hal qilişda mas’ul şaxslarga murojaatlar yöllab, quloqlarini tinçitişmayapti. Bu borada “Navrözobod”, “Ma’rifat”, Bobur nomli va “Yuksaliş” mahallalaridan Tohir Nabiyev, Boyböta Umarov, Nabijon Sobirov hamda Baxtiyor Abduqayumov kabi nuroniylar jonbozlik körsatişmoqda.


Yaqinda şahardagi kambağallik reyestrida röyxatda turgan 340 ta oiladan farzandlari maktablarda tahsil olayotgan 164 ta oila tanlab olinib, “Nuroniy” jamğarmasi mablağlari hisobidan stol-stullar bilan ta’minlandi. Boşqaça aytganda, ösib kelayotgan yoş avlodning oilada risoladagidek dars tayyorlaşlari uçun şart-şaroit yaratildi.

 Oktyabr oyining birinçi haftasi mamlakatimizda “Keksalar haftaligi”, noyabr oyi esa “Keksalar uçun turizm oyligi” deb e’lon qilingan. Ana şu munosabat bilan şaharda “Uç avlod uçraşuvi” tadbiri ötkazilibdi. Unda 36 nafar nuroniy yoşlarga özlarining ibratli hayot yöllarini gapirib beribdi. “Kesalar haftaligi” doirasida 229 nafar nuroniyga yordam körsatilibdi, 125 nafari bepul tibbiy körikdan ötkazilibdi, 86 nafari esa dori-darmonlar bilan ta’minlanibdi. Keksalar iştirokida 12 ta ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari taşkillaştirilibdi.

Bu yilning badaliga yangiyerlik 2 nafar nuroniy viloyat faxriylaridan taşkil topgan guruh tarkibida Xiva şahriga, yana 2 nafar nuroniy Islom sivilizatsiyasi marka-ziga ziyoratga borib, kelibdi. Viloyat Kasaba uyuşma taşkilotlari birlaşmasi şafeligida Yangiyer va Şirin şaharla-ridan 50 nafar faxriy Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilib qaytibdi.

Yangiyer şahrida nuroniylar çaqçaqlaşib ötiradigan “Nuroniylar maskani” yöq ekan. Taşkilot idorasi hovlisiga çorpoya örnatilib xöja-körsinga “Yangiyer şahar nuroniylar maskani” deb yozib qöyilibdi.

—Ötgan yili taşabbusli byudjetda qatnaşib yutolmadik, — deydi bölim boş mutaxassisi Jörabek Rahmonov. —Biroq sobiq hokimimiz Erkinjon Turdimov kanal sohilida “Nuroniylar maskani” barpo etiş böyiça mahalliy hokimlikka körsatma berib ketgan edilar. Uşbu majmua qoşida muzey va Nuroniylar boği taşkil etilişi közda tutilgandi. Öylaymanki, bu loyiha vaqti kelib, albatta, amalga oşajak.

Xalqimizda, “Qariyang bor — barakang bor”, “Qariyani hurmat qilgan baxtli bölar” degan naqllar bor. Prezidentimiz va hukumatimizning bu borada olib borayotgan dono siyosati fikrimizni yaqqol isbotlaydi.


Muhammadali AHMAD

Tasvirlarda: “Ma’rifat” mahallasi Keksalar maslahat guruhi raisi Boyböta Umarov oilalarga otlanmoqda; şu mahalla raisi Sodiqjon Şodmonqulov nuroniylarning xizmatidan minnatdor; Bobur nomli mahalla maslahat guruhi raisi Nabijon Sobirov muammosi bor yoşning oilasiga borib, masalani örganmoqda; mahalla ahli ertalab-ki piyoda yurişga tayyorlanmoqda; omonat “Nuroniylar maskani”.

Тегlar::