--

MURUVVAT ULAŞUVÇI — JAMIYATGA MURUVVAT KERAK

MURUVVAT ULAŞUVÇI — JAMIYATGA MURUVVAT KERAK
Chop etilgan 10 November, 2026

Bir insonning dardiga malham böliş uçun ba’zan katta imkoniyat emas, bir çimdim mehr, ozgina e’tibor va beğaraz yordam kifoya. Ammo ana şu kiçik ezguliklar birlaşsa, minglab insonlar hayotida katta özgarış yasaşi mumkin. Inso- niyat tarixida ayrim buyuk taşabbuslar aynan birovning dardiga befarq bölolmagan insonlar qalbidan boşlangan. Qizil Yarim Oy harakatining tarixi ham ana şunday insonparvarlik tuyğusiga borib taqaladi. Özbekistonda bu insonparvarlik an’anasi 1925-yil 14-noyabrda Qizil Yarim Oy jamiya- tining taşkil etilişi bilan yangi bosqiç-ga kötarildi. Dastlab Samarqandda faoliyat boşlagan jamiyat keyinçalik mamlakatimizning boşqa hududlarida ham öz bölinmalarini şakllantirdi. 1992-yilda esa mustaqil jamoat taşkiloti sifatidagi maqomi mustah-kamlandi. Bugun qariyb bir asrlik tarixga ega uşbu taşkilotning asosiy maqsadi özgarmagan: inson hayotini asraş, oğir vaziyatga tuşganlarga yordam beriş va heç kimni mehr-e’tibordan çetda qoldirmaslik. Qizil Yarim Oy jamiyatining Sirdaryo viloyatidagi hududiy taşkiloti ham ana şu ezgu maqsadlar yölida faoliyat yuritmoqda. Uning e’tibori boquvçisini yöqotgan oilalar, yolğiz keksalar, nogironligi bölgan şaxslar, kam ta’minlangan va ijtimoiy kömakka muhtoj fuqarolarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.

Biroq bu faoliyatning ortida faqat ezgu niyat emas, katta mas’uliyat, taşkiliy imkoniyat va moliyaviy kömak ham turadi. Zero, yordamga muhtoj insonlar soni, ularning ehtiyojlari va muammolari turliça. Ularning barçasiga birdek yordam beriş esa doim ham oson emas.Şu örinda minglab insonlarga yordam berişni maqsad qilgan jamiyatning imkoniyatlari yetarlimi? Xayriya mablağlari kamayişi yoki homiylik imkoniyatlari çeklanişi oqibatida yordam körsatiş qamrovi pasayayotgan bölsa, bunga kim aybdor? Bu savolga faqat taşkilot faoliyati orqali javob izlaş bir tomonlama yondaşuv böladi. Çunki xayriya birgina taşkilotning emas, butun jamiyatning insoniy mas’uliyatidir. Agar yordam berayot- ganlarning imkoniyatlari çeklanayot-gan bölsa, ularni yolğiz qoldiriş emas, aksinça, qöllab-quvvatlaşimiz kerak. Balki homiylar sonini oşiriş, tadbirkorlarni jalb etiş, xayriya madaniyatini keng tarğib qiliş va jamoatçilik işonçini mustahkamlaş orqali bu imkoniyatlarni kengaytiriş mumkindir. Albatta, bunda oçiqlik va hisobdorlik ham muhim. Xayriya mablağlari qanday şakllanayotgani, qanday sarfla- nayotgani va kimlarga yetib borayot-gani haqida jamoatçilikka aniq ma’lu- mot berilişi lozim. Çunki işonç bor joyda saxovat ham böladi, hamkorlik yanada rivojlanadi. Davlatimiz rah-bari tomonidan ilgari surilayotgan bu boradagi islohotlar fuqarolarni kasb-hunarga örgatiş, bandligini ta’minlaş, tadbirkorlikka jalb etiş va oilalarning daromad manbalarini kengaytirişga qaratilgan. Ötgan 2025-yil bilan joriy 2026-yil körsatkiçlarini soliştiradigan bölsak, jamiyat tomonidan tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni qöllab-quvvatlaş borasida faollik ortganini köriş mumkin. Jumladan, 2025-yilda 14 nafar fuqaroga jarrohlik amaliyotlari uçun moddiy yordam körsatilgan. 2026-yilda bu körsatkiç 16 nafarga yetgan. Ya’ni, jarrohlik amaliyotlari uçun ajratilgan moddiy kömak oluvçilar soni 2 nafarga yoki qariyb 14,3 foizga oşgan. Şuningdek, 2026-yilda soğlomlaştiriş uçun röyxatga olingan fuqarolar soni 99 nafarga yetgani jamiyatga murojaatlar va yordamga ehtiyoj yuqoriligini körsatadi. Bu esa ehtiyojmand insonlarni qöllab-quvvatlaş işlari izçil davom etayotganidan dalolat beradi. Ammo barça insonlar ham mustaqil daromad topiş imkoniyatiga ega emas.Yolğiz keksalar, boquvçisini yöqotganlar, oğir kasallik bilan kuraşayotganlar yoki mehnat qiliş imkoniyati çeklangan fuqarolar ham bor. Ular uçun davlat kömagi bilan bir qatorda jamoatçilikning mehr-muruvvati va xayriya taşkilotlarining yordami nihoyatda muhim.

2026-yil 11–20-noyabr kunlari ötkazilayotgan Qizil Yarim Oy jamiyatining jamğarmasiga mablağ töplaş xayriya ön kunligi ham ezgu maqsadga xizmat qilişi, saxovatpeşa insonlar, tadbirkorlar, korxona va taşkilotlar hamda keng jamoatçilikni ezgu işlar atrofida birlaştirişi lozim. Kimdir moddiy yordam beradi, kimdir köngilli sifatida iştirok etadi, yana kimdir bu taşabbusni boşqalarga yetkazadi. Muhimi, har bir hissa kimningdir hayotida umid uçqunini yoqişi mumkin. Zero, minglab insonlarga yordam berayotgan taşkilotning öziga ham ba’zan yordam va e’tibor zarur bölişi mumkin. Buni anglaş jamiyatga e’tibor qaratiş demakdir. Biz bu mavzuga yana qaytamiz. Qizil Yarim Oy jamiyatining viloyatimizdagi faoliyati, xayriya mablağlarining şakllanişi va sarflanişi, yordam oluvçilar hamda mavjud muammolarni yanada çuqurroq örganamiz. Çunki ezgulik faqat gapda emas, amalda ham namoyon bölişi kerak. Unutmaylik, birovning dardiga befarq böliş jamiyatning dardiga befarqlik demakdir. Mehr-muruvvat ulaşiş esa faqat savobli iş emas, barçamizning insoniy burçimizdir.


Marjona MIRZABEKOVA


Marjona MIRZABEKOVA
Marjona MIRZABEKOVA
Мухбир
Тегlar::