--

JUMAYEVMI YOKI DJUMAYEV?

JUMAYEVMI YOKI DJUMAYEV?
Chop etilgan 7 November, 2026

(Özbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga

37 yil böldi, ammo...)

Yaqindagina bu bayramni keng nişonladik, qalbla-rimiz yana bir marta ğururga töldi. Lekin hamma sohada ham öz tilimizda yozişga, öqişga, uqişga birdek e’tibor qaratilyapti deb bölmaydi. Bunga kim aybdor, kim sababçi?. Endi heç kim avvalgidek, özga tilda yoz yoki öqi, demaydi, lekin öz ixtiyorimiz bilan özga tildan voz keçolmayapmiz.

Sovet (şörolar) davrida keksa avlod (ya’ni biz) tuğilib, voyaga yetgan davrda va undan keyingi yillarda dunyoga kelgan çaqaloqlarga tuğilganlik töğrisidagi guvohnomalar beriladigan idoralar (FHDYO bölimlari (ZAGS) da rusiy zabon xodimlar işlagan. Şu sababli ular çaqaloqlarning ism va familiyalarini ruslaştirib, masalan: Yöldoşni Yuldaş (yoki familiyasini Yuldaşev), Jörani Djura (yoki familiyasini Djurayev), Jumaboyni Djumaboy (yoki familiyasini Djumabayev), Isoqni Isak (yoki familiyasini Isakov), Bozorboyni Bazarbay (yoki familiyasini Bazarbayev), Ahmadni Ahmed (yoki fami-liyasini Ahmedov), Hotamni Xatam (yoki familiyasini Xatamov) va hokazo deb qayd etişgan. Şukrki, u davrlar ötdi, ona tilimiz bölgan özbek tiliga davlat maqomi berildi. Bu borada keyin ham yana bir neçta tegişli hujjatlar qabul qilindi. Endi bemalol ismlar, ota ismi va familiyalarni özbekça qilib yoziş mumkin. Qolaversa, FHDYO bölimlarida bugungi kunda özbek millatiga mansub, oliy ma’lumotli mutaxassislar faoliyat yuritişmoqda. Lekin afsuski, tuğilganlik töğrisidagi guvohnomalariga rusça (örisça) yoziş hamon davom etmoqda. Aksariyat ota-onalar ham bunga befarq. Nahotki bu masala heç kimni qiziqtirmasa?

Heç e’tibor berganmisiz, davlat tibbiyot muassasalarida eşiklarga yozilgan bitiklar (tibbiy atamalar, şifokorlarning ism va familiyalari (şu jumladan, otalarining ismi) davlat tilida töğri yozilganini körasiz. Lekin aksariyat xususiy klinikalarda şifokorlarning ism-familiyalari (otasining ismi) yuqoridagi eski tos, eski hammom, degandek ya’ni rusça yozilganiga guvoh bölasiz. Masalan: falonçi Yulçiyeviç Djurayev, falonçi Abdujaliloviç Inamov, falonçi Karayevna Xodjayeva kabi yozilgan matnlarni körib, “çaqaloqning oilasidagilar tuğilganlik guvohnomasini yozdirganida şularni ona tilimizda bexato qilib yozdirsalar bölmasmidi”, degan fikr xayoldan ötadi. Öşa tibbiyot xodimlari keksa avlod vakillari bölsa, mayli, bir paytlar hujjatda şunday yozilib qolganda, deysiz. Lekin ayni paytda joylarda faoliyat körsatayotgan yoş şifokorlarning aksariyati özbek tiliga davlat maqomi berilgan yillarda, mustaqillik davrida tuğilişganku. Nahotki ular ismi şariflari sof ona tilimizda aytilişi yoki yozilişini istaşmaydi? Yaqinda nufuzli bir tibbiyot muassasasidagi şifokordan “nega eşikka ism va familiyangiz, otangizning ismi rusça qilib yozilgan, hujjatingizda şundaymi, töğri yozişning iloji yöqmi?”, deb söraganimda u öz javobi bilan meni hayron qoldirdi.

— Ha, endi hujjatda şunday

yozilgan-da, otam tuğilgan-ligim töğrisidagi guvohno-mamni yozdirayotganida e’tibor bermagan. Aslida menga şu yoqadi, çunki rus tilida ismi-şarifim yaxşiroq jaranglaydi, — dedi u ona tilimizga bepisandlik bilan.

Yana bir misol. Kasbimiz taqozosi bilan maktablarga va boşqa bilim dargohlariga boramizda öquvçilarning ism-familiyalari buzib yozilganiga (ya’ni masalan: Kamolov emas Kamalov, Otayev emas Atayev, Botirov emas Batirov singari buzib aytilgani va yozilganiga guvoh bölamiz. Öqituvçilardan “nega bunday? Axir bu ismlar özbekça-ku?”, deb sörasak, — “hujjatlarida şunday”, — deyişadi. Mayli, yuqoridagi misollarda hujjatlar 25-30 yillar avval ona tilimizga e’tiborsizlik tufayli şunday yozilsa, yozilgandir. Lekin bugun maktabda öqiyotgan bolalar, ösmirlar 7-10-15 yil avval dunyoga kelişgan. Ularning na ismi, na otasi va bobosining ismi töğri yozilgan. Ota-onalar, FHDYO bölimlaridagi xodimlar qayoqqa qaraşyapti özi? Bu hol yana qança davom etadi? Qaçongaça Jumaboyni Djumabay, Jörani Djura, yoki Jahongirni Djaxongir, Fozil Pozil deb yozamiz? Darvoqe, keyingi paytlarda otasining ismi örniga falonçining öğli yoki qizi, deb yoziş taomilga kirganidan xursand bölamiz. Harqalay bu holatda guvohnomaga ota ismi töğri yozilayapti.

Ona tilimizga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligiga bağişlangan bayram kunlari ijtimoiy tarmoqlarda joylarda şu mavzuda taşkil etilgan tadbirlar yoritildi. Tumanlardan birida bölib ötgan tadbirda tumandagi mas’ul rahbarlardan biri ma’ruza qilganligi va öşa rahbarning familiyasi Djumabayev ekanligi qayd etilgan. Heç bölmaganda bayram kuni sözga çiqqanlarning ismi-şariflari özbek tilida aytilsa, yaxşi bölardi, degan fikr xayolimizdan ötdi.

Ha, bu kabi misollarni boşqa sohalarda ham köp uçratiş mumkin. Davlatimiz tomonidan qabul qilinayot-gan tegişli hujjatlarda ona tilimizni asrab, avaylaş, uning sofligini saqlaş, şaxsga tegişli va boşqa hujjatlarni rasmiylaştirişda davlat tilida töğri va aniq yoziş bot-bot takrorlansa-da, afsuski, e’tiborsizlik tufayli kamçiliklar közga taşlanadi. Ularni tuzatiş, ona tilimizning rivoji, qadr-qimmati uçun kuraşiş har birimizning burçimizdir.

Xolida PARDABOYEVA

Тегlar::