“Navröz” Boyovut tumanidagi aholisi eng köp mahallalar sirasiga kiradi. Ayni vaqtda mahallada 5975 nafar aholi istiqomat qiladi. Beş panja baravar emas. Boy bor joyda kambağal ham böladi.
—Bugungi kunda mahallamizda kambağal oilalar reyestrida turganlar soni 80 nafarni taşkil qiladi, — deydi hokim yordamçisi Akbar Gaffarov. — Raqamlar tili bilan aytganda 2025-yilda 118 ta kambağal oilamiz bor edi. E’tiborlisi, yil ötib bu miqdor qariyb 40 nafarga kamaydi. Davla-timizning yordami bilan mahallamizni kambağallikdan xoli hududga aylan-tiriş uçun jonimizni jabborga berib işlayapmiz. “Kambağallik ayb emas”, degan otasözimiz (maqolimiz) eskirib qolganday göyo. Şunçalik yordam, ğamxörlikdan keyin oilalar ham yaxşi yaşaş uçun harakat qilmasalar uyat bölarov.
A. Gaffarov kambağal oilalar reyestrida turganlarni uç toifaga ajratib tuşuntirib berdi. Bular davlat ta’minotida turgan oilalar (nogironligi bölgan insonlar, boquvçisini yöqotgan oilalar, yolğiz onalar), ikkinçisi, kambağal oilalar va nihoyat, uçinçisi, kambağallik çegarasida turgan oilalardir.
Biz hokimiyat vakilidan mahallada oilalarni kambağallikdan çiqariş borasida qanday tutumlardan foydalanilayotgani haqida söradik. Musohi-bimiz bu yölda amalga oşirilayotgan işlarni tavsiflab berdilar. Kambağal oilalarga banklardan imtiyozli kreditlar, ssuda va subsidiyalar ajratil-moqda. 2025-2026-yillar miyonasida 27 ta oilaga imtiyozli kreditlar, 4 nafar oilaga ssuda va 2 nafar oilaga subsidiyalar berilgan. 15 nafar fuqaro esa kasb-hunarga öqitilgan.
Şu kunlarda “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida Möminjon Mirzoqulovga 100 million söm miqdorda kredit ajratildi. U AKFA eşik va romlar yasaş sexini oçiş tadorigida. 4 nafar işsizni işli qilmoqçi. Yana bir fuqaro Faxriddin Qosimov “Mikrokreditbank” tuman bölimidan 40 million söm miqdorda kredit rasmiylaştirib, tikuv sexi oçişga tayyorgarlik körmoqda.
Mahalla hududida 40 ta tadbir-korlik subyekti faoliyat olib bormoqda. Bahodir Samatov, Örinboy Yangiboyev, Farrux Qodirqulov, Amal Kenjayev kabi hotamtoy tadbirkorlar qöllari yupqa mahalladoşlariga muntazam moddiy yordam körsatib kelayotgan ekan. Ayni çoqda “Navröz” mahallasida 1000 nafar ijtimoiy faol aholi istiqomat qiladi.
Şulardan 200 nafari özini özi band qilgan fuqarolardir. Ular taksiçilik,çorvadorlik, quriliş-ta’mirlaş işlarida javlon urişmoqda. Biroq mahallada hali 128 nafar işsiz fuqaro borligi ayni haqiqatdir. Biz tumanda bölgan kuni “Navröz” mahallasida böş iş örinlari yarmarkasi iş boşlagani ustidan çiqdik. Şu mahallalik işsizlardan balki bir qançasi yangi iş joylari bilan mehnat şartnomalari tuzişgandir.
Yuz marta eşitgandan bir marta körgan avlo, otasöziga amal qilib, kambağallikdan çiqqan bir oilani borib kördik. Nigora Yusupova “Xalq banki” tuman bölimidan 10 million söm kredit kötarib, novvoyxona faoliyatini yölga qöyibdi. Quling örgilsin tandir quribdi. Xamir qora-digan uskuna sotib olibdi. Olov taftidan yuzlari qizargan Nigoraxon bizni oçiq çehra bilan kutib oldilar.
—Xursandmisiz? — deya tadbirkorga yuzlandik.
—Albatta! Katta qaynotam Bayzo bobo nomdor novvoy ötgan ekanlar. Biz u kişining vorisi bölib, kasblarini davom ettirayapmiz. Boşlanişiga har kuni 300 tagaça non yopdik. Mahsulotimizni mahalla-mizdagi dökonlarga tarqatdik. Tez sotilib ketdi. Endi yana kredit olib, non yasaydigan uskuna sotib olmoqçimiz. Şunda nonlarimiz bir xil, çiroyli çiqadi. Axir, bejiz “Onangni otangga bepardoz körsatma” degan maqol töqilmaganda.
Keyingi manzilimiz Mohiçehra Qodirqulovalarning xonadoni böldi. Bu oila çorva bilan şuğullanadi. Qöni-qöşnilarida ham yetti xazinaning biri sigir köp. Mohiçehraxon II guruh nogironi bölişiga qaramay harakatçan. U “Xalq banki” tuman bölimidan 30 million kredit kötarib, qurut işlab çiqaradigan uskuna sotib oldi. 4 kişini işli qildi.
Qodirqulovlar xonadoniga borganimizda kungay tomondagi maxsus moslamalarga terib qöyilgan qurut-larni körib, oğzimizdan suv keldi. Rayhonli va oddiy qurutlar oftob nurida quritilmoqda. Tadbirkorning şahodat berişiça, har kuni maxsus moslama yordamida suzmadan örtaça 50 kilodan 100 kilogaça qurut işlab çiqarilayotgan ekan.
Mohiçehraxon mahsuloti — qurutining donği Bekobodgaça yetibdi. Xaridorlar özlari izlab kelib, sotib olib ketişayotgan ekan. Qurutdan kelayotgan daromad tufayli oila dasturxoniga ham fayzu baraka kiribdi.
—Niyatimiz mahallamizni kamba-ğallikdan xoli hududga aylantirişdir, — deydi Akbar Gaffarov. —Bu yölda mahallamiz yettiligi bir yoqadan boş çiqarib astoydil intilmoqda.
Intilganlarga esa tole yor bölişi oddiy haqiqatdir.
Muhammadali AHMAD
Tasvirlarda: mahalla faollari kunlik işlarini rejalaştirmoqda; novvoy Nigora Yusupova iş ustida; Mohiçehra Qodirqulova va uning mahsuloti — qurutlar.