--

ZAMONAVIY, RAQAMLI VA TADBIRKORGA QULAY TIZIM

ZAMONAVIY, RAQAMLI VA  TADBIRKORGA QULAY TIZIM
Chop etilgan 11 September, 2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi “Davlat boj-xona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-174-son Farmoni mamlakat bojxona tizimini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim hujjatlardan biri bo‘ldi.

Farmon bilan 2030-yilga qadar inson omilisiz bojxona rasmiylashtiruvi ko‘lamini 60 foizga yetkazish, bojxona tushumlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 4,4 foizga chiqarish va bojxona rasmiylashtiruvi vaqtini ikki barobar-ga qisqartirish maqsad qilingan. Farmonda Sirdaryo viloyatiga bevosita daxldor bo‘lgan muhim vazifalar ham belgilangan. Jumladan, “Sirdaryo” temir yo‘l chegara o‘tkazish punktida davlat nazorati organlarining xizmat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish vazifasi belgilangan. Mazkur chora-tadbirni amalga oshirish 2027-yil yanvar oyiga rejalashtirilgan bo‘lib, unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamda Sirdaryo viloyati hokimligi bilan xamkorlikda qilinadigan ishlar belgilangan. Bu, avvalo, hududning transport-logistika salohiyatini oshirish, temir yo‘l orqali tashqi savdo operat-siyalarini yanada qulay tashkil etish hamda yuk tashuvchilar uchun zarur sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Qolaversa, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan budjet tushumlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2026-yilning 8 oyida davlat budjeti-ga bojxona to‘lovlari bo‘yicha 1 trillion 469,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, belgilangan reja 100,2 foizga bajarilgan. Yangi farmon bojxona tushumlarini ko‘paytirish bilan bir qatorda, ularni shakllantirish jarayonining shaffofligi va samaradorligini oshirishga qara- tilgan yangi yonda-shuvlarni belgila-moqda. O‘z navbatida Farmonda bojxona organlarining moddiy-texnika baza-sini mustahkamlash va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish uchun budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanish mexanizmlari ham nazarda tutilgan. Xususan, Bojxona qo‘mitasida Moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi tashkil etilishi belgilangan. E’tiborli jihati, maxsus jamg‘ar-ma tushumlarining kamida 30 foizi bojxona organlari infratuzilmasini yaxshilash va zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlashga yo‘nal-tiriladi. Farmonning yana bir muhim jihati — bojxona jarayonlarida ma’muriy to‘siqlarni bosqichma-bosqich qisqartirish va korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishga qaratilgan choralarning belgilanganidir. Bu orqali tadbirkorlar uchun yanada qulay va shaffof muhit yaratilib, bojxona xizmatlaridan foydalanish jarayonlari soddalashtiriladi hamda inson omili kamaytiriladi. Umuman, PF-174-son Farmon bojxona tizimini raqamli texnolo-giyalarga tayangan, shaffof, tezkor va tadbirkorga qulay tizimga aylan-tirishning yangi bosqichini boshlab berdi. Sirdaryo viloyatida ham mazkur hujjatda belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish tashqi savdo jarayonlarini yanada yengillashtirish, logistika imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va davlat budjeti daromadlarini barqaror ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

  • Nodirbek SALIMJONOV,
  • Viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i
Тегlar::