--

IJTIMOIY MADAD BERIB, RUHLANTIRIB...

IJTIMOIY  MADAD BERIB,  RUHLANTIRIB...
Chop etilgan 14 November, 2026

Yangiyer şahar kasaba uyuşmalariga uçinçi yildirki, Mirza Alibekov rahbarlik qilib kelmoqda. Taşkilotlarda faoliyat körsatayotgan işçi-xodimlarni ijtimoiy jihatdan qöllab-quvvatlaşga, yordamga muhtoj keksalarga kömak berişga alohida e’tibor qoratiladi. 8-mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni, “Navröz”, Mustaqillik, 22-mart—Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan ötkaziladigan bayramlarda işda ilğorlik namunalarini körsatgan fidoyilar—rağbatga munosiblar taqdirlanadi. Har bir sohada özlarining mehnatlari bilan ajralib turadigan kişilar doimo e’tiborda bölişadi. Vaqti kelsa, ular Davlat mukofotlariga tavsiya qilinadi. Natijada mukofotlarga sazovor bölişmoqda. Jumladan, şahrimizning “Navrözobod” mahal-lasida istiqomat qiluvçi, “Bonu opa” ziyo maskani rahbari Bonu Mamatova “Soğlom turmuş” medali bilan taqdirlandi. Hozirgi kunda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olayotgan talaba Aziza Akromova Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor böldi. —Şahrimizdagi “Hunarmand” uyuşmasi a’zosi Şirin Hasanova, “Binokor” mahallasi ijtimoiy xizmat xodimasi Nodira Nasriddinova, “Şukrona” MFY soliq xizmati xodimi Temurbek Töxtasinov, Abdurahmon Jomiy nomli mahallaning yoşlar yetakçisi Örozali Şaripov, ham öz vazifalariga astoydil yondoşayotganlari bois tahsinga sazovor yutuqlarni qölga kiritişmoqda. Mehnatlarini qadrlab, ularni rağbatlantirib, mukofotlarga tavsiya qilganmiz,—deydi Mirza Alibekov. Mehnat faxriylari va öz işida faollik körsatgan yoşlar viloyat kasaba uyuşmalari federatsiyasi tomonidan ajratilgan mablağ hisobidan Toşkent, Samarqand, Buxoro va Xiva şaharlariga sayohatlarga, soğlomlaştiriş va dam oliş maskanlariga yuborib turiladi. Şahar moliya bölimi va boşqa taşkilotlar xodimlari örtasida bölib ötadigan sport musobaqalarining ğoliblari esdalik sovğalari bilan taqdirlanadilar. Nafaqa yoşidagi yordamga muhtoj keksalar holidan xabar olinib, bayram kunlarida sovğalar bilan yöqlanadi. Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Yangiyer şahar bölinmasi raisi Uluğbek Allanazarov bilan bölib ötgan suhbatimiz jarayonida u kişi bölinma tomonidan amalga oşirilgan işlar xususida töxtaldi. Ma’lum qilinişiça, bölinma ixtiyorida 1411 nafar a’zo bölib, 30 ta boşlanğiç taşkilotlar mavjud. Bölinma rahbariyati avvalo işçi-xodim-larning huquqiy manfaatlarini har doim himoya ostiga olib, qulay iş şaroitini yaratib berişni öz zimmasiga olgan. Ijtimoiy yordam berişga birinçi navbatda e’tibor beriladi. Jumladan, joriy yilning 9 oyi davomida 100 nafardan ortiq xodimga 32 220 000 sömlik moddiy yordam körsatilgan. Xodimlarning salomatligini tiklaş maqsadida 10 oy mobaynida jami 45 nafariga nufuzli sihatgoh-larga imtiyozli yöllanmalar berildi. Yil davo- mida bayram kunlarida 25 nafar faxriy pedagogni yöqlab borib, ularga esdalik sovğalari topşirildi.



Joriy yilda 8-mart—Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan 56 nafar ayol öqiuvçilar, 1-oktyabr—Öqituvçilar va murabbiylar 54 nafar eng ilğor öqituvçilar munosib rağbatlantirildi. 8 nafar xodimning öğil-qizlari uçun yozgi oromgohlarga imtiyozli yöllanmalar berildi. Ijtimoiy kömakka muhtoj 2 ta oilaning farzandlariga 100 foiz imtiyozli yöllanmalar taqdim etildi. Har yili boşlanğiç taşkilotlar rahbarligiga nomzodlar muqobillik asosida respublika kengaşining vakillari iştirokida saylanadi. Maktablar va DMTT lari örtasida an’anaviy “Soğlom tanda sifati ta’lim” şiori ostida sportning futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi turlari böyiça musobaqalar ötkazilib turiladi. Ğoliblar doimo munosib rağbatlantiriladi. Afğon uruşining qatnaşçisi, 3-DMTT xodimi Bahrom Ergaşevga Toşkentdagi “Botanika” sanatoriysiga bepul yöllanma berildi. Mazkur ta’lim taşkiloti direktorining örinbosari, nogironligi bölgan Şohsanam Akbarovaga 100 foiz imtiyozli yöllanma “Yangiyer” sanatoriysi uçun taqdim etildi. Baxtiyor Röziboyev şahar tibbiyot birlaşmasi kasaba uyuşmasi rahbari sifatida 5 yildan beri faoliyat körsatadi. uyuşmada har bir iş oldindan belgilangan reja asosida bajariladi. Jamoada 897 nafar işçi-xodim kasaba uyuşmasi tasarrufida hisoblanadi.

Iş paytida jarohat olganlarga, betob bölgan-larga moddiy yordam körsatiladi. Yaqinda bölib ötgan tibbiyot xodimlari bayrami munosabati bilan 87 nafar ilğor xodimga esdalik sovğalari in’om etildi va 20 nafariga şahar hokimligining Faxriy yorliqlari topşirildi. Işçi-xodimlarning salomatligini tiklaş uçun sihatgohlarga imtiyozli yöllanmalar berilib, ular uçun respublikamizning qadimiy şaharlariga sayohatlar uyuştiriladi. Yaqinda 104 nafar xodim Samarqand şahriga va Imom Buxoriy majmuasiga sayohatga borib, kelişdi. Har yili 9-may— Xotira va qadrlaş kunida va bayram kunlarida nafaqadagi faxriylar yöqlanadi va ularga esdalik sovğalari topşiriladi. Umuman olganda, Yangiyer şahridagi korxona, taşkilotlarda, öquv muassasalarida faoliyat körsatayotgan işçi-xodimlar doimo kasaba uyuşmalarining alohida e’tiborida. Ularga öz vaqtida ijtimoiy kömak berilib, moddiy-ma’naviy jihatdan qöllab-quvvatlanmoqda.

Hasan ABDUVOHIDOV

Hasan ABDUVOHIDOV
Hasan ABDUVOHIDOV
Ma'sul Kotib