--

“Qayta tuğilsam, yana Şifokor bölardim…”

“Qayta tuğilsam, yana Şifokor bölardim…”
Chop etilgan 12 November, 2026

1983-yilda Mirzaobod tumaniga işga kelgan Hakimaxon Xolbekova bugun ham şu hudud aholisiga tibbiy xizmat körsatmoqda. Yillar davomida özgargan şaroit, yangilangan tibbiy yondaşuvlar, orttirilgan tajribalarning barçasi uning kasbiy faoliyatida bugun öz aksini topgan. Yaqinda II darajali «Salomatlik» ordeni bilan taqdirlangani esa uzoq yillik mehnatiga berilgan e’tirofdir. Uning tibbiyot sari ilk qadamlari 1976-yilda Toşkent davlat tibbiyot institutiga öqişga qabul qilinişi bilan boşlangan. Olti yillik tahsil davomida egallagan bilimlarini 1982-1983-yillarda viloyat şifoxonasida terapiya yönalişi böyiça ötagan internaturasida amaliyot bilan mustahkamlaydi. 1983-yilda öşa paytdagi Komsomol, bugungi Mirzaobod tumaniga işga kelişi esa uning uzoq yillik mehnat faoliyatiga yöl oçdi. Dastlab tuman markaziy köp tarmoqli poliklinikasida terapevt va kardiolog vazifalarida işlagan. 1999-yildan buyon U. Yusupov nomidagi oilaviy şifokorlik punkti 17-oilaviy poliklinikasida oilaviy şifokor sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Demak, uning kasbiy tajribasi nafaqat yillar, balki tibbiyotning turli bosqiçlari, özgarişlari va yangilanişlari bilan ham boyib boryapti. Şifokorlikda tajriba yillar davomida şakllanadi, ammo uni yanada rivojlantiriş doimiy izlanişni talab qiladi. Ayniqsa, oilaviy şifokor zimmasidagi vazifa faqat bemorni qabul qiliş va davolaş bilan çeklanmaydi. Aholi salomatligini kuzatiş, kasalliklarni erta aniqlaş, profilaktika işlarini olib boriş, bemorlarga zarur tavsiyalar beriş ham uning kundalik faoliyatining bir qismi. Bunda har bir murojaatga e’tibor bilan qaraş, bemorning dardini tinglaş va uning holatini töğri baholaş muhim. H. Xolbekovaning qirq uç yil davomidagi mehnatining özi katta tajribaga ega bölganini körsatadi. Ammo şu vaqt mobaynida kasb talablariga moslaşiş, tibbiyotdagi yangiliklardan ortda qolmaslik, öz bilimini amaliyot bilan boyitib borişi undan ham muhim. Çunki bugungi tibbiyot keçagi bilimlar bilan çeklanib qolmaydi. Diagnostika imkoniyatlari kengaymoqda, davolaş usullari takomillaşmoqda, aholining tibbiy xizmatga bölgan talabi ham özgarib boryapti. Qariyb qirq uç yillik faoliyat davomida qança insonlar şifokorning qabuliga umid bilan kirib, tavsiya va muolajalardan söng öz hayotiga qaytganini söz bilan ifodalaş qiyin. Har bir bemorning öz dardi, öz taşvişi bor. Şifokor uçun esa ularning har biri alohida e’tibor va mas’uliyat demakdir. Uzoq yillik faoliyatning eng kerakli natijasi esa orttirilgan tajriba bilan birga odamlar işonçini oqlaş hamdir. Hakimaxon Xolbekovaning mehnati va tibbiyot sohasidagi xizmatlari davlat tomonidan ham munosib e’tirof etilib,taqdirlandi. Bu mukofot, şubhasiz, uning köp yillik mehnat faoliyatiga berilgan yuksak baho. Biroq har qanday e’tirof ortida, avvalo, insonning öz kasbiga munosabati va şu yölda bosib ötgan maşaqqatli mehnati turadi. Suhbatimiz davomida undan yana kasb tanlaş imkoniyati berilsa, qaysi yölni tanlaşini söraganimizda heç ikkilanmay yana şifokorlik kasbini tanlaşini iftixor bilan ta’kidladi. Yillar davomida turli sinov va mas’uliyat bilan keçgan mehnat yöli uni bu qaroridan qaytarmagan. Bugun tajribali şifokor ortda qolgan yillarni yodga olar ekan, bu yölning har bir kuni, har bir bemori va har bir mas’uliyatli qarori uning hayotida öz izini qoldirganini aytadi. U uçun şifokorlik şunçaki tanlangan kasb emas, balki butun umrini bağişlagan hayot yölidir. Munosib taqdirlaniş esa ana şu sadoqat, fidoyilik va xalq salomatligi yölida keçgan 43 yillik mehnatning munosib ifodasidir.


Sevinç ĞANIYEVA

Sevinch G‘ANIYEVA
Sevinch G‘ANIYEVA
MUXBIR