Ijtimoiy himoyaning samarasi oilaning mustaqil daromad manbaiga ega bölgani, nogironligi bölgan fuqaroning jamiyat hayotida faol iştirok etişi uçun şaroit yaratilgani bilan belgilanadi. Şu ma’noda ijtimoiy himoya tizimidagi ösiş va özgarişlarini sanab ötiş emas, ularning ortidagi holatni tahlil qiliş muhim. Şu örinda viloyatimizning tumanlarida bu borada qanday işlar amalga oşirilmoqda? Yordamga muhtoj oilalar qançalik töliq aniqlanmoqda? Körsatilayotgan kömak ularning hayotida qanday özgariş yasayapti? Şu savollar bilan Mirzaobod "Inson" Ijtimoiy xizmatlar markazi Rahimjon Anorboyevga murojaat qildik. 2026-yil 15-oktyabr holatiga köra, tuman hududida 21,5 mingta oila istiqomat qiladi. Şundan 1 ming 575 ta oila “Ijtimoiy reyestr” röyxatiga kiri-tilgan. Joriy yilda avval röyxatda bölmagan 67 ta oila ehtiyojmand sifatida aniqlanib, ijtimoiy reyestrga kiritilgan. Ularning 462 tasi davlat ta’minotidagi, 994 tasi kambağal, 119 tasi esa kambağallik çegarasidagi oilalar hisoblanadi. Ayni paytda 1 ming 469 oilaga bolalar nafaqasi, 42 nafar fuqaroga parvariş nafaqasi tayinlan-gan. Bu körsatkiçlar tumanda ijtimoiy kömakka ehtiyojmand oilalar salmoği oz emasligini körsatadi. Biroq uşbu röyxatga tumandagi muhtojlarning barçasi aniqlanib, kiritilgani muhumdir. 2026-yilda ijtimoiy himoya masalalarida 263 ta murojaat kelib tuşgan. 2025-yilda bu körsatkiç 143 tani taşkil etgan. Demak, murojaatlar soni bir yil içida 120 taga ya’ni qariyb 84 foizga oşgan. Kelib tuşgan murojaatlar tahlil qilinganda 1 ming 456 nafar fuqaroning daromadi 715 ming sömdan kamligi, 1 ming 10 nafar fuqaro işsizligi, 586 nafarining esa umuman daromad manbaiga ega emasligi ayon böldi. Şuningdek, 650 nafar fuqaro qon aylaniş tizimi va onkologik kasalliklar, 351 nafari ruhiy kasalliklar bilan boğliq muam-molarga duç kelgan. 196 nafar şaxsda nogironlik holati yangidan aniqlangan, 106 nafar fuqaro boquvçisini yöqotgan. 402 ta oilada esa turli xavf omillari mavjud. Bu yil tuman böyiça 1 ming 65 ta oila kambağallik röyxatidan çiqarilgan. 204 ta oilada jon boşiga töğri keladigan daromad sezilarli darajada oşgani ham bunga sabab bölgan. Şuningdek, reyestrdagi 898 nafar fuqaro mahalla yettiligidagi hokim yordamçilari tomonidan doimiy işga joylaştirilgan, 858 nafar bola maktabgaça ta’lim taşkilotlariga, 272 nafari turli tögaraklarga jalb qilingan. 50 nafar fuqaro uçun foizsiz ssuda ajratilgan, ikkita xonadon “Yaşil ta’mirlaş” dasturi doirasida ta’mirlangan. Tumanda 3 ming 134 nafar nogironligi bölgan fuqaro istiqomat qiladi. Ulardan 381 nafari reabili-tatsiya vositalari yoki protez-ortopediya buyumlariga, 78 nafari davolanişga muhtoj. Joriy yilda 196 nafar fuqaroning nogironligi yangidan aniqlangan. Bu yil 57 nafar nogironligi bor fuqaroga reabilitatsiya xizmati körsatilgan, 239 nafariga texnik vositalar berilgan. Ularning 151 nafari reabilitatsiya vositalari, 88 nafari protez buyumlari bilan ta’minlangan. 119 nafar fuqaro işga joylaştirilgan, 97 nafari adaptiv sport maşğulotlariga jalb etilgan. Bir mahallada oğir nogironligi bölgan 12 nafar bola uçun kunduzgi parvariş xizmati yölga qöyilgan. “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida esa 76 nafar fuqaro xizmat bilan qamrab olingan.
Bu yönalişdagi işlarning ahamiyati şundaki, nogironligi bölgan inson faqat yordam oluvçi sifatida emas, balki mehnat qilişi, öz qobiliyatini namoyon etişi va jamiyatda faol bölişi mumkin bölgan şaxs sifatida körilişi kerak. Yil boşidan buyon tumanda tazyiq va zöravonlikka uçragan ayollarga huquqiy va ijtimoiy xizmatlar körsatiş doirasi ham kengaygan: 2025-yilda bunday xizmatlar bilan 67 nafar ayol qamrab olingan bölsa, 2026-yilda bu körsatkiç 89 nafarga yetgan. Ayol şani uluğlanayotgan bir davrda zöravonlikka uçrayorganlarning ham soni ortib borişi açinarli hol. Voyaga yetmaganlar işlari böyiça içki işlar organlari markazida 52 nafar bola hisobda turibdi. 19 nafari ta’limdan çetda qolgan, 20 nafari uyda yakka tartibda ta’lim olmoqda. Şuningdek, 2026-yilda 76 nafar bolaga vasiylik yoki homiylik belgilangan. Jami 179 nafar bola nazoratga olingan, 21 nafari “Yoşlarga hamroh” dasturiga jalb etilgan. Bolalar bilan boğliq har bir holat ortida alohida taqdir turadi. Ayniqsa, ta’limdan çetda qolgan öğil-qizlarning kelajagi, ularning oilaviy şaroiti va ijtimoiy moslaşuvi masalasi tizimli yondaşuvni talab qiladi. Bu borada faqat hisobga oliş emas, balki bola- ning ta’limga qaytişi, xavfsiz muhitda ulğayişi va kelajakka işonç bilan qaraşi uçun zarur şaroit yaratiş muhim. Tuman böyiça 1 ming 469 ta oilaga bolalar nafaqasi tayinlangan. Davlat ta’minotidagi 52 ta oilaga qöşimça ravişda 1 milliard 285 million söm miqdorida yordam körsatilgani ma’lum qilindi. “Saxovat va kömak” jamğarmasi hisobidan 538 ta oilaga kömak berilgan. Jazoni ijro etiş muassasalaridan qaytgan 24 nafar fuqaroga bir martalik moddiy yordam ajratilgan. Bu mablağlar kimlarga, qaysi mezonlar asosida va qanday ehtiyoj- larni qoplaş uçun ajratilgani masala- ning muhim jihatidir. Moddiy yor-damning manzilliligi, mablağlarning sarflanişi va natijasi oçiq bölişi kerak. Çunki ijtimoiy himoya uçun ajratilgan har bir söm eng avvalo haqiqiy ehtiyojmandning muammosini yengillaştirişga xizmat qilişi lozim. Ijtimoiy himoya tizimining vazifasi insonni yordamga muhtoj holatdan olib çiqişdir. Şuning uçun ham har bir körsatkiç ortidan natija, har bir ajratilgan mablağ ortidan samara, har bir röyxat ortidan esa inson taqdiri mujassamligi körinib turişi kerak.
Marjona Şuhrat qizi