--

Islohotlar zamirida  ezgu maqsad

Islohotlar zamirida  ezgu maqsad
Chop etilgan 6 October, 2026

Yoxud davlat aktivlarini xususiylashtirishda tadbirkorlarga berilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari xususida

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadlaridan biri — davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir. Bu borada davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish jarayonlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Eng muhimi, davlat aktivlarini sotib olayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qonunchilikda qator soliq va bojxona imtiyozlari hamda yengilliklari belgilangan.

Xususan: Bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati va moliyaviy qulayliklar: Davlat mulkini sotib oluvchi tadbirkorlar uchun eng katta yengilliklardan biri xarid qilingan aktivlar qiymatini ma’lum muddat davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqining mavjudligidir. Bu jarayonda tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy yukini kamaytirish hamda aylanma mablag‘larni to‘lovga emas, balki ishlab chiqarishni tezroq ishga tushirishga yo‘naltirish imkonini beradi.

Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda bojxona yengilliklari: Davlat mulkini sotib olgan tadbirkor ushbu obyekt negizida yangi ishlab chiqarish yoʻnalishini tashkil etish yoki mavjud quvvatlarni zamonaviylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, o‘xshashi mahalliy darajada ishlab chiqarilmaydigan zamonaviy texnologik uskunalar, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari qonunchilikda belgilangan tartibda bojxona bojlaridan ozod etiladi.

Davlat mulkini xususiylashtirish — bu bino yoki yer maydoniga ega bo‘lish emas. Bu davlat tomonidan taqdim etilayotgan soliq va bojxona imtiyozlaridan unumli foydalangan holda minimal xarajat bilan muvaf-faqiyatli biznesni yo‘lga qo‘yish uchun berilgan imkoniyat hisoblanadi.

A. BABADJANOV,

Davlat aktivlarini boshqarish

agentligi Sirdaryo viloyati hududiy

boshqarmasi boshlig‘i