Mirzacho‘lni bunyod etish oson kechmagani haqida ko‘p eshitganmiz. Buning zamirida katta mashaqqatlar yotibdi. Bu ulkan yumushga turli millat vakillari, voha-yu vodiyliklar o‘z hissalarini qo‘shishgan. Bir zamonlar kimsasiz dasht bo‘lgan hududda hayotning jonlanishi, dalalarning hosilga kirishi, turar joylarning barpo bo‘lishida ana shu hamji-hatlikning o‘rni beqiyos.
O‘sha fidoyi insonlardan biri vodiylik Sobirjon Siddiqov edi. U kishi hozirgi Oqoltin tumani hududida cho‘lni o‘zlashtirish ishlarida jamoa xo‘jaligi raisi sifatida bosh-qosh bo‘lib, bor kuch-g‘ayratini ayamagan edi. O‘zi yashagan mahallaga “Farg‘ona” nomini bergan bo‘lsa, qo‘shni mahalla “Andijon” deb atalgan. Shu tariqa vodiy nomlari cho‘l bag‘rida yashab qoldi.
Bugun ana shu tarixni o‘zida saqlab kelayotgan, tuman, viloyat markazidan olisdagi “Andijon” mahallasining hayoti bilan tanishamiz.
Mahallaning nomini yashil–namunali, sariq–o‘rta toifalar orasidan topolmaysiz. Sababi mahalla qizil-og‘ir toifadagi mahallalar ro‘yxatida turibdi? Buning sabablardan biri kam-bag‘allik reyestrida turgan oilalar sonining ko‘pligidir. Mavjud 1 471 ta oilaning 129 tasi kambag‘allik reyestriga kiritilgan. Aslida aynan shu mahallada kambag‘allik darajasi yuqoriligining sababi va yechim qanday? Nima qilinsa, aholining yashash sharoiti yengillashadi? Aynan qanday tashabbuslar bandlikni barqaror qiladi?
Kambag‘allikni qisqartirish uchun, avvalo, uning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish lozim. Bu borada esa bandlik masalasi birinchi o‘rinda turadi. Aholi soni ortib, yoshlar safi kengayib borayotgan bugungi davrda doimiy ish va daromad manbaiga ega bo‘lish oilaning nafaqat moddiy, balki ma’naviy-ruhiy barqarorligi uchun ham muhim.
Qolaversa, oiladagi iqtisodiy tanglikning kamayishi turli kelish-movchiliklarning oldini olishga ham xizmat qiladi. Afsuski, yetish-movchilik sababli ham oilalarda ajrimlar vujudga kelayotgani tur-
gan gap. “Andijon” mahallasida ham hali yil yakunlanishga ulgur-may 4 ta oilaning taqdiri ajrim bilan yakunlangan.
Mahallada mavjud 1 380 nafar yoshlarning 5 nafari og‘ir toifadagi yoshlar ro‘yxatida turadi. Afsuski, ulardan 4 nafari o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilgan. Bunday jinoyatlar ehtiyojdan, pulsizlikdan, ishsizlikdan kelib chiqmaydimi axir?
Albatta, har qanday huquqbu-zarlikni faqat ishsizlik yoki moddiy ehtiyoj bilan izohlab bo‘lmaydi. Bunda tarbiya, muhit, huquqiy ong va boshqa omillar ham muhim. Biroq
yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmun-li tashkil etish, kasb-hunarga yo‘nalti-rish va daromad topishiga ko‘makla-shishning bir uchi ham mahalla yettiligiga borib taqaladi.
Mahallada kambag‘allik dara-jasi yuqoriligining boisi aholi keraklicha ich o‘rni bilan band qilinmaganidir. Buning sabablaridan biri mahalla infira-tuzilmansining noqulayligi bo‘lsa, yana bir sababi tuman faollarining mavjud imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, tashabbus ko‘rsata olmaganligi. Katta yer maydoniga ega ushbu tumanda aholi bandligini ta’minlaydigan korxonalar deyarli yo‘qligi iqtisodiy imkoniyatlarni chegaralanganligidan dalolatmi? Birgina tuman hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega M-39 yo‘li bo‘ylaridagi turistik maskanlarni yanada rivojlantirsh tumanning jozibasinmi ham, aholi band-ligini ham oshiradi.
Prezidentimizning videoselektr yig‘ilish larida kambag‘allikni qisqartirish borasida ko‘tarayotgan masalalar quyi rahbariyat-largacha yetib borayaptimi? Buning sust ijrosini reyestrga kirtilgan oilalar soninig ko‘payishidan anglash qiyin emas.
Og‘ir toifaga kiritilgan “Andijon” MFYni obod mahallaga aylantirish uchun tuman faollari, mahalla yettiligi tomonidan qanday ishlar olib borilmoqda? Tadbirkorlikni yo‘lga
qo‘ygan mahalla raisi o‘z tashabbuslarini xalqi uchun ilgari sura olayaptimi? Kambag‘allikni qisqartirish uchun aholi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishish maqsadida xonadonlarda ham bo‘ldik. Bolalikni yodga soluvchi ko‘chalar ko‘ngliga iliqlik baxsh
etdi. Sokin, oddiy qishloq hayoti. Fotoapparat bilan atrofni tasvirga olayotgan hamkasbimizni ko‘rgan bir fuqaro bizga yaqinlashib, mahallada mavjud muammoni aytishga oshiqdi.
— Jurnalist bolam, ilgari ichimlik suvini uzoqdan tashib, ichardik. Keyinchalik o‘zimizda ham suv chiqadigan bo‘ldi. Biroq “og‘zimiz oshga tegganda burnimiz qonadi”, shekilli, endi suvimizning sho‘rligidan qiynalyapmiz. Xuddi ariq suviga o‘xshaydi, — dedi.
Mahalla raisi Abdisalim Abdisalomovning tushuntirishicha, suv nasoslarini o‘rnatgan pudratchilar ishni yakunlaganlaridan so‘ng quduq nasosida nosozlik yuzaga kelgan. Natijada suvga atrofdagi iflos suvlar aralashib
chiqayotgan bo‘lishi mumkin. Hozirda ichish-ga yaroqliligini aniqlash uchun suv namunasi Toshkentdagi ilmiy laboratoriyaga yuborilgan. Xulosa olingach, tegishli hujjatlar asosida muammoni hal etish choralari ko‘rilishi aytilmoqda.
Mahalla raisining tashabbuskor insonlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlariga guvoh bo‘ldik.
29 yoshli O‘rolboy Tursunboyev mahalla tomonidan ajratilgan imtiyozli kredit evaziga o‘z tomorqasiga besh sotixli maydonda issiq-xona tashkil etgan. U yerda turli sabzavotlar yetishtirib, ro‘zg‘origa daromad kiritmoqda. Tadbirkorning aytishicha, issiqxonaning bir sotix maydonida Ukrainadan keltirilgan serhosil bulg‘or qalampiri yetishtirib, 20 million so‘mgacha daromad olgan. Endilikda issiqxona maydonini kengaytirib, tuproqsiz muhitda gidroponika usulida qulupnay yetishtirishni rejalashtirmoqda. Darvoqe, bu xonadon o‘z tomorqasidan unumli foydalanmoqda. Qo‘shni xonadon sohiblari tomorqasiga 150 tupga yaqin intensiv olma navidan ekkanligi ham diqqatlidir. Lekin tomorqasidan foydalanmayotgan xonadonlar ham ko‘p…
34 yoshli Elyor Toshboyev esa mahalla ko‘magida olgan 100 million so‘m imtiyozli kredit evaziga mahalla markazida AKFA eshik-rom ishlab chiqarish sexini yo‘lga qo‘ygan. Tadbirkor besh nafar yoshni ish bilan ta’minlagan.
O‘g‘iloy Orisheva ham mahalla ko‘magida ajratilgan xonada tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, olti nafar shogirdiga hunar o‘rgatib kelmoqda. Bundan ko‘rinadiki, mahalla tomonidan berilayotgan imkoniyatdan unumli foydalanilsa, u daromad manbaiga, daromad esa yangi imkoniyatlarga yo‘l ochadi.
— Yil boshidan hozirga qadar mahalladagi 37 nafar fuqaroga 12 foiz stavkali imtiyozli kredit olishida ko‘maklashdik, — deydi “Andijon” MFY hokim yordamchisi Elyor Mamatov.
— Kredit olish masalasida ko‘p fuqaroga yordam berganimiz bilan muammo to‘liq hal bo‘lib qolmaydi. Ayrim oilalar uchun hatto imtiyozli kreditni qaytarish ham og‘irlik qilishi mumkin. Eng to‘g‘ri yo‘l — tadbirkorlikni boshlayotgan insonga mablag‘ni o‘z ehtiyojiga mos ravishda, bevosita topshirish. Chunki kredit doirasida mahsulotni vositachi orqali olish ayrim hollarda ikki baravar qimmatga tushadi. Tadbirkor esa o‘sha mablag‘ga o‘z imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin.
Umuman olganda, bu gaplarda jon bor. Ammo “lekin”i ham bor. Ayrim fuqarolar tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida kredit olgach, u pulga yo bitmay qolgan uyining tomini yopadi yoki dabdabali to‘yga sarflaydi. Natijada kreditni qaytarish muddati keladi-yu, daromad manbai yaratilmagan bo‘ladi. Shu bois imtiyozli kredit ajratishdan oldin fuqarolarning imkoniyati, kasbi, qiziqishi va biznes rejasini puxta o‘rganish, mablag‘ sarflangach esa faoliyatni kuzatib, zarur maslahat va ko‘mak berish muhim.
Obod mahalla faqat birgina rais yoki yettilikning emas, hududda yashayotgan har bir insonning mehnati, mas’uliyati va hamjihatligi bilan bunyod bo‘ladi.
Aholini kambag‘allikdan chiqarish uchun qilinayotgan ushbu sa’y-harakatlar yomon emas, biroq shuning o‘zi yetarlimi? 37 nafar fuqaro mahalla ko‘magi bilan o‘z bizneslarini olib borayorgan bo‘lsa, qolgan fuqarolarning bandligi nima bo‘ladi?
Marjona HAYITBOYEVA