Zamonaviy ta’lim, keng imkoniyat va katta maqsadlar uyg‘unligi.
Bugun ta’limga kiritilayotgan har bir sarmoya, ertangi kunga kiritilayotgan eng muhim sarmoyadir. Zero, mamlakat taraqqiyoti, jamiyatning intellektual salohiyati va kelajagi, avvalo, bilimli, dunyoqarashi keng, zamonaviy tafakkurga ega yoshlar qo‘lidadir.
Joriy yilning 7-sentyabr kuni Guliston shahrida yana bir zamonaviy ta’lim maskani “TAMAL INTERNA-TIONAL SCHOOL” maktabining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Yangi maktab o‘z bag‘riga qariyb 500 nafar o‘quvchini qabul qilib, ular uchun sifatli ta’lim olish, o‘z qobiliyati va iste’dodini namoyon etish imkonini yaratishga bel bog‘lagan.
Bu ta’lim dargohida zamonaviy bilimlar bilan bir qatorda milliy qadriyatlar uyg‘unlashgan. bundan tashqari, o‘quv-chilarning jismoniy va shaxsiy rivojiga ham yo‘naltirilgan. Maktabda fizika, matematika va xorijiy tillarni chuqur o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda jasorat, intizom, iroda va o‘ziga ishonch kabi fazilatlarni shakllantirish maqsadida ot sporti, kamondan o‘q otish va suzish mashg‘ulotlari ham yo‘lga qo‘yilgan.
Bu tanlovlar bejiz emas. Maktab asoschisi Akmal Qurbonov ochilish marosimida ta’lim muassasasining asosiy maqsad va vazifalari haqida so‘z yuritar ekan, har bir yaratilgan imkoniyat zamirida katta maqsad borligini ta’kidladi.
— Barcha qilingan ishlar o‘quvchilarimizning kelajagi uchun, ularning komil inson bo‘lib yetishishi uchun qo‘yilgan tamal toshidir. Nima uchun suzishni kiritdik? Chunki suzishni bilgan inson marraga tez yetishni o‘rganadi. Otda o‘tirishni bilgan esa o‘ziga ishonch bilan o‘sadi, — deydi u.
Darhaqiqat, ta’lim faqat dars va kitob bilan cheklan-maydi. Bugungi zamonaviy maktab o‘quvchiga bilim
berish bilan birga, uni hayotga tayyorlashi, mustaqil fikrlay olishi, maqsad qo‘ya bilishi va qiyinchiliklarni yengib o‘tishga o‘rgatishi kerak.
Shu ma’noda, “TAMAL INTERNATIONAL SCHOOL”da sportning mazkur yo‘nalishlari ta’lim jarayonini to‘ldiruvchi muhim vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Suzish sabr va harakatni, ot sporti jasorat va ishonchni, kamondan o‘q otish esa diqqat, aniqlik va maqsad sari intilishni talab etadi.
Yangi maktab binosi ham zamonaviy talablar asosida jihozlangan. Yorug‘ va shinam sinf xonalari, elektron doskalar hamda ta’lim jarayoni uchun zarur zamonaviy imkoniyatlar o‘quvchilarga yanada qulay sharoit yarat-moqda.
Eng muhimi, bu maskanda milliy qadriyatlarimizga, o‘quvchining qobiliyati va kelajakdagi aqsadlariga e’tibor qaratish tamoyili ustuvor ekani ko‘zga tashlanadi.
Yangi ta’lim maskaniga bugun ilk qadamlar qo‘yilmoqda. Ammo bu qadamlar ortida katta orzu va maqsadlar bor. Bugun maktab ostonasidan kirib kelayotgan bolalar ertaga ilm-fan, texnologiya, sport va boshqa sohalarda o‘z o‘rnini topib, yurtimiz nomini dunyoga tanitishlari mumkin.
Zero, katta yutuqlar hamisha kichik, ammo ishonchli qadamlardan boshlanadi. “TAMAL INTERNATIONAL SCHOOL” ning ochilishi ana shunday ezgu maqsadlar sari qo‘yilgan yana bir muhim tamal toshidir.
Xurshida NISHONOVA