--

MEDALNING PULIGA KITOBLAR

MEDALNING PULIGA KITOBLAR
Chop etilgan 12 September, 2026

Yangiyer shahrining “Navro‘zobod” mahallasida istiqomat qiluvchi Mamatovlar oilasining bekasi Bonu Mamatova Mustaqil-ligimizning 35 yilligi arafasida Prezidentimizning Far-monlari bilan “Sog‘lom turmush” medali bilan taqdirlangan edi. Anchadan buyon u kishining nomidagi “Bonu opa” oilaviy kutubxonasi mahalla ahliga nurziyo tarqatmoqda.
Kutubxonaning kitob fondini boyitish maqsadida Bonu Mamatova “Sog‘lom turmush” medalining bir martalik pul mukofotiga 400 tadan ko‘proq badiiy kitoblar sotib oldi. Bu xayrli yumushni Yangiyer shahridagi kitob va matbaa mahsulotlarini chop etish bilan shug‘ullanuvchi “Yoshlar nigohi” xususiy korxonasi ko‘magida amalga oshirdi.
—Yaqinda sirdaryolik jurnalist va yozuvchilar “O‘zbekiston Musta-qilligining 35 yilligiga 35 ta kitob”
tashabbusi bilan chiqib, kutubxona-
mizga bir dasta kitoblarni sovg‘a qil-gan edi, — deydi Bonu Mamatova. — “Yoshlar nigohi” xususiy korxonasi ham ushbu tashabbusga qo‘shi-lib, o‘zlarining hisobidan ziyo maska-nimizga 100 jildga yaqin badiiy kitoblarni tuhfa qildilar.
“Yoshlar nigohi” xususiy korxo-nasiga ayni paytda bolalar uchun anchagina kitoblar yozgan yosh adib
Abror Qo‘shnazarov rahbarlik qil-moqda.
Bolasi otasidan ko‘proq kitob o‘qimagan millat taraqqiy etolmaydi, degan edi turk adibasi va pedagogi Sheniz Yujel. “Bonu opa” ziyo maskanining kitoblaridan esa otalar va bolalar birdek foydalanishmoqda.
Muhammadali AHMAD
Tasvirda: “Yoshlar nigohi” xususiy korxonasi savdo bo‘limi boshlig‘i Rahmatilla Yuldashev “Bonu opa” ziyo maskaniga badiiy kitoblarni topshirmoqda.