--

FUQAROLIK JAMIYATI TAŞABBUSLARI

FUQAROLIK JAMIYATI TAŞABBUSLARI
Chop etilgan 5 ноября, 2026

Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş, ularning taşabbuslarini röyobga çiqariş va ijtimoiy loyihalar samaradorligini oşirişga qaratilgan işlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Fuqarolik jamiyati institutlarining jamiyat hayotidagi örnini keng yoritiş, ularning faoliyatini ommalaştiriş va aholi örtasida taşabbuskorlik madaniyatini rivojlantirişda haftalik tadbirlarning ahamiyati katta.
Haftalik doirasida fuqarolik jamiyati institutlarining amalga oşirayotgan loyihaari, erişgan natijalari va mavjud muammolarini keng jamoatçilikka yetkaziş muhimdir.
Haftalikning yana bir muhim jihati taşabbuskor taşkilotlar va davlat idoralari örtasida tajriba almaşiş, istiqboldagi vazifalarni belgilaş hamda hamkorlik yönalişlarini aniqlaştiriş imkoniyatidir. Bu jarayonda ilgari surilgan takliflarning amaliy natijaga aylanişi, muhokamalarda kötarilgan masalalarning e’tibordan çetda qolmasligi alohida ahamiyatga ega.
Viloyatda davlat grantlari orqali qöllab-quvvatlanayotgan loyihalar kölami ortib bormoqda. 2025-yilda taqdim etilgan 24 ta loyiha davlat grantlari ğolibi bölib, jami 2 milliard 845 million söm mablağ ajratilgan. Jumladan, birinçi turda 11 ta loyiha 1 milliard 240 million söm, ikkinçi turda 6 ta loyiha 690 million söm, uçinçi turda esa 7 ta loyiha 915 million söm miqdorida qöllab-quvvatlangan.
2026-yilning birinçi turida esa viloyatdan taqdim etilgan 15 ta loyiha ğolib bölib, ular uçun 2 milliard 100 million söm mablağ ajratilgan. Ma’lumotlarga köra, ğolib loyihalar soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 4 taga, jalb etilgan mablağ esa 860 million sömga oşgan. Bu raqamlar fuqarolik jamiyati institutlarining loyiha işlab çiqiş va tanlovlarda iştirok etiş borasidagi faolligi ortib borayotganini körsatadi. Biroq grantlar samaradorligini faqat ajratilgan mablağ yoki ğoliblar soni bilan baholaş yetarli emas.
Muhimi, uşbu mablağlar hisobidan amalga oşirilgan loyihalar ijrosi ustidan jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş, erişilgan natijalarni oçiq yori-tiş va samarali tajribalarni ommalaştiriş muhim vazifalardan biri bölib qoladi.
Davlat grantlari tanlovlarida ommaviy axborot vositalari vakillarining ham faol qatnaşayotgani quvonarli. Xususan, ikkinçi tur davlat grantlari ğoliblari qatorida “Yangi Sirdaryo”, “Novaya Sirdarya” gazetalari tahririyatining borligi e’tiborga loyiq.
Tahririyat tomonidan ilgari surilgan loyiha maişiy korrupsiya holatlarini keltirib çiqaradigan omillarga nisbatan aholi munosabatini örganiş va “Navoiy tajribasi”ni amaliyotga keng tatbiq etişga qaratilgan.
Gazeta tahririyatlarining davlat grantlari asosida ijtimoiy loyihalarni amalga oşirişi jurnalistikaning axborot yetkaziş bilan bir qatorda, jamiyatdagi muammolarni örganiş va ularning yeçimiga hissa qöşiş imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Ayniqsa, aholi fikrini örganiş, mavjud muammolarni tahlil qiliş va natijalarni keng jamoatçilikka yetkaziş orqali OAV fuqarolik jamiyati institutlari bilan
hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.
Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaşning yana bir muhim yönalişi — davlat ijtimoiy buyurtmalari. Ma’lumotlarga köra, 2027-mo-liya yili uçun Sirdaryo viloya-tidan 7 ta ijtimoiy buyurtma loyihasi vakolatli taşkilotlarga belgilangan tartibda taqdim etilgan. Bunday loyihalar hududlardagi dolzarb ijtimoiy muammolarni hal etiş, fuqarolik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşdan iborat.
Şu bilan birga, ijtimoiy buyurtmalar tanlovlarida ehtiyojmand qatlamlar manfaatlarini, hududlarning öziga xos xususiyatlarini va muammolarning dolzarbligini hisobga oliş zarur.
Zero, fuqarolik jamiyati kuçi faqat taşkilotlar soni yoki amalga oşirilayotgan loyihalar kölami bilan emas, balki ularning jamiyat hayotiga ta’siri, inson manfaatlariga xizmat qilişi va fuqarolarning özgarişlar jarayonidagi faol iştiroki bilan ölçanadi.
Diyora ISMOILOVA

Diyora ISMOILOVA
Diyora ISMOILOVA
Репортер
Теги::