--

JAVONLARDA QOLAYOTGAN TAFAKKUR

JAVONLARDA QOLAYOTGAN TAFAKKUR
Chop etilgan 29 октября, 2026

Kutubxona — kitoblar terib qöyilgan javonlar, jimjit öquv zallari yoki hisobotlarda aks etadigan raqamlardan iborat maskan emas. U inson tafak-kuri şakllanadigan, dunyoqaraşi kengayadigan, kelajak uçun poydevor qöyiladigan ma’naviyat öçoğidir. Ana şu maskanlarda kitoblar mutolaa qilinyaptimi yoki şunçaki javonlarni töldirib turibdimi?

Viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Oybek Karimov taqdim etgan 2026-yil 9 oylik faoliyatiga oid ma’lumotlarga köra, u yerda 7 ta xizmat va 7 ta sektor faoliyat yuritmoqda. Axborot-kutubxonaçilik fondlarini jamlaşdan tortib, ularni saqlaş, kataloglaştiriş, elektron resurslardan foydalaniş, raqamlaştiriş va kitobxonlarga bibliografik xizmat körsatişgaça bölgan yönalişlar qamrab olingan.

Kutubxonada jami 30 ming 922 nafar kitobxon a’zo hisoblanadi. Yilning dastlabki 9 oyida esa 4 ming 375 nafar yangi a’zolar röyxatga olingan. Biroq kitobxonlar sonining özi mutolaa madaniyati qay darajada ekanini töliq körsatib bera oladimi? Röyxatga ismi-şarifi kiritilgan har bir kişi muntazam kitob öqiyaptimi? Kutubxonaga keluvçilar orasida badiiy adabiyot mutolaasiga qiziqadiganlar qança?

Markaz fondida 143 446 nusxadagi kitob, 354 nomdagi jurnal va 135 nomdagi gazeta jamlangan. Jamlanma orasida bolalar uçun 97 nomdagi adabiyot, 6 nomdagi nodir naşr, közi ojiz kitobxonlar uçun esa Brayl yozuvidagi 17 nomdagi resurslar mavjud. Bundan taşqari, turli fanlar va tillarga oid kitoblar ham kitobxonlar ixtiyorida. Demak, ziyo maskanida nafaqat bilim oliş, balki dunyoqaraşni kengaytiriş, turli olamlarni kaşf etiş uçun ham imkoniyat bor.

Markazda kitobxonlar uçun imkoniyatlar faqat bosma naşrlar bilan çeklanmaydi. Audiokitoblar, elektron resurslardan foydalaniş bölimi va kompyuter xizmatlari ham mavjud. Demak, kimdir kitobni qölida tutib öqişni, yana kimdir uni telefonda tinglaşi yoki elektron şaklda mutolaa qilişni afzal körsa, buning uçun ham şaroit bor. Imkoniyatlar turliça, manbalar yetarli. Endi gap ulardan foydalaniş istagi va mutolaaga ajratilayotgan vaqtda. Bugun kutubxonaga taşrif buyurayotgan yoşlarning maqsadi haqida öylab köriş kerak. Umumiy öquv zalida asosan imtihonlarga tayyorlanayotgan öquvçilar, abituriyentlar va talabalarni uçratiş mumkin. Ularning kelayotgani, bilim olişga intilayotgani, albatta, quvonarli. Ammo kitobxonlik faqat imtihondan ötiş yoki muayyan fanlarni özlaştiriş bilan çeklanib qolmasligi kerak! Insonning ma’naviy olamini boyitadigan, his-tuyğularini tarbiyalaydigan, hayotga boşqaça nigoh bilan qaraşga undaydigan badiiy adabiyotning örni ham beqiyos.

Kuzatişlarga köra, kutubxonada badiiy kitob mutolaasi bilan  şuğullanadigan yoşlar köp emas. Xöş, buning sababi nimada? Axir öquv zallari, minglab kitoblar, elektron resurslar — mutolaa uçun zarur imkoniyatlar mavjud. Ammo şu imkoniyatlar qarşisida yoşlar vaqtlarini qayerga sarflaşyapti? Soatlab telefon titkilaş, ijtimoiy tarmoqlarda bir-birini takrorlaydigan videolarni tomoşa qilişga vaqt topiladi-yu, bir neça sahifa kitob öqişga kelganda vaqt yetmay qoladimi? Muammo faqat şaroitda emas, balki tanlovimizda ham emasmi? Albatta, eng qulay şaroit ham insonning özida mutolaaga iştiyoq bölmasa, kutilgan natijani bermaydi. Axir kitob javonda turgani bilan bilimga aylanmaydi, imkoniyat mavjudligi bilan undan foydalanilgan hisoblanmaydi.

Kutubxonada 2019-yilda keltirilgan Flaş A1 quril-masi kitoblarni skanerlaş va elektron nusxalarini tayyorlaş imkonini beradi. Ilmiy-metodika xizmat rahbari Dilnoza Ergaşevaning ta’kidlaşiça, elektron şakl kitobxon uçun qulaylik yaratiş bilan birga nodir va kamyob asarlarni asraşga ham xizmat qiladi. 

Ayniqsa, bugun telefon orqali kitob öqiş ommala-şayotgan bir paytda bu imkoniyatning ahamiyati katta.

Markazning abonementlar sektorida keksa kitobxonlarni ham uçratiş mumkin. Bu kitobga mehr yoş tanlamasligini körsatadi. Markazda yiliga uç-tört marta sörovnomalar ötkazilib, kitobxonlar talabi örganiladi. Yangi kitoblar va davriy naşrlarga obuna uçun har yili örtaça 100 million söm miqdorda mablağ ajratiladi, Biroq bu mablağ ehtiyojni töliq qoplamaydi. Hisob-kitoblarga köra, viloyat markaziga yiliga 4 ming nusxa kitob xarid qiliş uçun 200 million söm, tuman va şahar markazlariga esa 2 ming nusxadan kitob oliş uçun 100 million sömdan zarur. Mablağ yetişmasligi kitob fondlarini yangilaş va kitobxonlar talabini qondirişni qiyinlaştirmoqda. Özbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan ham viloyatlarga kitoblar yetkazib beriladi. Ammo kitob xarid qiliş bilan iş tugamaydi. Uni tarğib

qiliş, yoşlarni mutolaaga qiziqtiriş, yangi asarlarni taniş-tiriş, kitob muhokamalari va adabiy uçraşuvlar taşkil etiş ham kutubxona faoliyatining muhim yönalişlaridan bölişi kerak. Kitobxonning özi kutubxonaga kelişini kutiş bilan çeklanmay kitobni uning qiziqişlari va kundalik hayotiga yaqinlaştiriş lozim. Zero, kutubxonaning vazifasi faqat kitobni saqlaş emas, uni öqiydigan insonlar safini kengaytiriş hamdir.

Şu örinda kutubxonaning doimiy homiylar yöqligi ham e’tiborga molik. Korxona va taşkilotlar, tadbirkorlar hamda saxovatpeşa insonlar kitob sovğa qiliş

yoki mutolaa loyihalarini qöllab-quvvatlaş orqali kutubxona rivojiga hissa qöşişlari mumkin. Axir kitoblar oliş uçun mablağ yönaltiriş kelajakka sarmoya kiritişdir.

Biroq, kitobxonlikni rivojlantirişni faqat kutubxona yoki homiylar zimmasiga yuklab bölmaydi. Oila, ta’lim muassasalari, jamoat-çilik va, eng avvalo, yoşlarning özida kitobga ehtiyoj bölişi kerak. Bugun telefon ekraniga soatlab tikiliş odatiy holga aylanayotgan bir paytda kitob uçun vaqt topolmaslikni qanday izohlaş mumkin?

Kutubxona körgazma uçun emas, kitobxon uçun xizmat qiladi. Kitob esa javonda turgani bilan emas, öqilgani, tafakkurni özgartirgani va insonni kamolga yetkazgani bilan qadrli.

Sevinç ĞANIYEVA

Теги::