Guliston shahridagi 23 ta mahalla so‘nggi uch
yilda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, yong‘inlar va baxtsiz hodisalar tahlili asosida yil boshida toifalarga ajratilgan edi. Unda 13 ta mahalla yashil, 8 ta mahalla qizil va 2 ta mahalla sariq toifa sifatida belgilangan.
Davlat yong‘in nazorati inspektorlari tomonidan 200 ta
davlat tasarrufidagi obyektning barchasi — 100 foiz tekshi-rildi. Tadbirkorlik subyektlariga tegishli 3 686 ta obyektdan 426 tasida batafsil, 40 tasida nazorat tartibida tekshiruvlar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlarining 65 tasida reja-grafik asosida monitoring va profilaktika tadbirlari, 74 tasida profilaktik ko‘riklar tashkil etildi. Davlat tasar-rufidagi obyektlarda esa xavfsizlik holatini tezkor baholash maqsadida 585 marotaba tungi va 231 marotaba kunduzgi tezkor tekshiruvlar o‘tkazildi.
Tekshiruvlar natijasida obyekt rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 10 259 ta banddan iborat yozma ko‘rsatma berildi. Ularning 7 469 tasi, ya’ni 72,8 foizi bartaraf etildi.
Eng muhimi, yong‘in chiqish xavfi yuqori bo‘lgan
136 ta bino va inshootning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan 577 ta elektr uskunasi, moslamasi va agregatidan foydalanish taqiqlandi.
Bu kabi choralar birinchi navbatda jazolash uchun emas, balki xavfni sodir bo‘lishidan oldin bartaraf etish, inson hayoti va salomatligini asrashga qaratilgan.
Yong‘in xavfsizligi faqat korxona va tashkilotlarga tegishli masala emas. Aksincha, yong‘inlarning oldini olishda har bir xonadondagi xavfsizlik madaniyati hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Shu sababli shahardagi 13 717 ta yakka tartibdagi uy-joyning 12 458 tasi, ya’ni 90,8 foizi profilaktik tarzda tekshirildi.
Shuningdek, 519 ta ko‘p qavatli uyning 378 tasi 72,8 foizi hamda ko‘p qavatli uylardagi 14 950 ta xonadonning 13 050 tasi 87,2 foizi ko‘rikdan o‘tkazildi.
Bu jarayonda aholiga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, elektr va gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘in sodir bo‘lganda qanday harakat qilish zarurligi tushuntirildi. Profilaktikaning samarasi faqat tekshiruv bilan emas, aholining bilimi va munosabati bilan ham belgilanadi.
Shu maqsadda mahallalarda 170 marotaba tadbir o‘tkazilib, 3 982 nafar fuqaro, korxona va tashkilotlarda esa 815 marotaba uchrashuv o‘tkazilib, 29 596 nafar ishchi-xizmatchi qamrab olindi.
Xavfsizlik mavzusidagi bunday targ‘ibotlarning maq-sadi bitta: aholida “yong‘in sodir bo‘lsa, kimdir kelib o‘chiradi” degan tushunchani emas, balki “yong‘inning oldini olish har birimizning vazifamiz” degan yondashuvni shakllantirishdir.
Abdurauf ESANOV,
Sirdaryo viloyati FVB Tahlil bo‘limi boshlig‘i, mayor,
Nuriddin ASTANOV,
Sirdaryo viloyati FVB Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik
XAVFSIZ MAHALLA – OSOYISHTA HAYOT
Chop etilgan
18 September, 2026
17
Tags::