--

Ogohlik — kiberjinoyatlarga qarshi eng samarali choradir

Ogohlik — kiberjinoyatlarga qarshi eng samarali choradir
Chop etilgan 23 August, 2026

“Fuqarolarning raqamli savodxonligini oshirish va axborot xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishi bugun o‘ta dolzarb.”

Raqamli texnologiyalar rivojlangan, foydalanishga ehtiyoj oshgan sari internet makonida turli xil kiberxavflar va firibgarlik holatlari ham ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari, bank

kartalari va elektron hisob-laridan noqonuniy foydala-nishga qaratilgan firibgarlik sxemalari aholi o‘rtasida doimiy ogohlikni talab etmoqda.

Shu bois mahalla tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, aholiga internetdan xavfsiz foydalanish qoidalarini tushuntirish hamda kiberjinoyatlarning oldini olish borasidagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish muhim vazifalardan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-116-sonli Farmoni hamda Sirdaryo viloyati hokimli-gining mazkur yo‘nalishdagi tegishli qarori ijrosi yuzasidan ana shu masalalarga bag‘ish-langan o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi-ning Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi hamda Sirdaryo viloyati IIB Kiberjinoyat-larga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazildi.

Kimyo texnologiyalari instituti Yangiyer filialida, viloyat bojxona boshqarmasida va yana bir qancha tashkilotlarda tashkil etilgan tadbirlarda shahar va tuman hokimliklarining mas’ul xodimlari, yoshlar yetakchilari, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda soha vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilariga zamonaviy tahdidlar, internet tarmog‘ida uchraydigan firibgarlik usullari, shaxsiy ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish hamda bunday huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, fuqarolarni internet va ijtimoiy tarmoqlarda uchrayotgan firibgarliklardan ogoh etish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda mahalla tizimi vakillarining bu boradagi mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mutaxassislar tomonidan kiberjinoyatlarning keng tarqalgan turlari, ularni sodir etish usullari, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarlik sxemalari, xavfsiz internetdan foydalanish qoidalari hamda kiberjinoyatlarning oldini olish, raqamli makonda uchrashi mumkin bo‘lgan tahdidlardan himoyalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Barcha seminarlar yakunida ochiq muloqot o‘tkazilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

E.Abduganiyev,

 “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining 

Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i

Тегlar::