--

SOLIQCHI QIZNING KATTA MARRALARI

SOLIQCHI QIZNING  KATTA MARRALARI
Chop etilgan 13 August, 2026

Soliqchi deganda ko‘z oldimiz-ga, avvalo, raqamlar, hiso-botlar, hisob-kitoblar kelsada, bu kasbning asl mazmuni raqamlardan ancha keng. Chunki har bir raqam ortida tadbirkorning mehnati, korxonaning taqdiri, davlat budjetining daromadi, eng
muhimi, jamiyat oldidagi mas’u-liyat mujassam. Bugun soliq tizimi-da o‘z o‘rnini topayotgan yoshlar orasida shunday fidoyi,
bilimga intiluvchan va tashabbus-kor mutaxassislar borki, ularning mehnat yo‘li boshqalarga ham namuna bo‘la oladi.
Sirdaryo viloyati Soliq boshqar-masi davlat soliq bosh inspektori Odina Qurbanbayeva ana shunday yoshlardan biri.
Yaqinda Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Yosh soliqchi – 2026” ko‘rik-tanlovida “Eng faol va tashabbuskor qiz” nominatsiyasida qaxramonimiz g‘olib bo‘ldi. Bu e’tirof uning kasbiy faoliyatiga berilgan oddiy baho emas. U — bilim, izlanish, mas’uliyat va tashabbusning uyg‘unligi o‘z samarasini berayotganining bir ko‘rinishi.
Guliston tumanida 1999-yil 5-mart kuni tug‘ilgan Odina Qurbanbayeva soliq sohasida o‘z tajribasini boyitib borayotgan mutaxassislardan. 2018-yilda Toshkent soliq
kollejini tamomlagan yosh muta-xassis keyinchalik Guliston davlat
universitetida tahsil olib, 2023-yilda oliy ma’lumotga ega bo‘ldi. 2026-yilda Bank-moliya akademiya-sini ham tamomladi. Bu jihatning o‘ziyoq zamonaviy mutaxassis uchun
diplom — yangi bilimlar sari ochilgan eshikdir. Soliq tizimi esa doimo yangilanib, takomillashib boradigan sohalardan. Qonunchilikdagi o‘zgarishlar, raqamlashtirish jarayonlari, tadbirkorlik muhitining rivojlanishi soliq xodimidan nafaqat amaliy tajriba, balki doimiy ravishda bilimini yangilab borishni talab etadi.
Odina Qurbanbayeva faoliyatining ta’lim bilan uyg‘unligi aynan shu nuqtada ahamiyat kasb etadi.
U mehnat faoliyatini 2022-yil fevral oyida Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasida ish yurituvchi sifatida boshlagan.
Keyingi yillarda uning kasbiy faoliyati bosqichma-bosqich mas’uliyatli lavozimlar tomon yuksaldi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasida ishlab chiqarish va yordamchi xodimlar tarkibida faoliyat yuritdi. Shuningdek, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limida davlat soliq bosh inspektori, soliq ma’murchiligi bo‘limida davlat soliq katta inspektori lavozimlarida ishladi.
Bugungi kunda Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasining budjet daromadlarini prognozlashtirish va soliq to‘lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini yuritish sho‘basi davlat soliq katta inspektori sifatida faoliyat yuritmoqda. Lavozimlarning o‘zgarishi ortida xizmat pog‘onalari emas, orttirilgan tajriba va ortib borayotgan mas’uliyat turibdi. Zero, budjet daromadlarini prognozlashtirish bu shunchaki hisob-kitob emas, balki davlat moliya-viy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladigan muhim yo‘nalish hisoblanadi. Soliq to‘lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini yuritish esa aniqlik, e’tibor va mas’uliyatni talab qiladi. Shu ma’noda, yosh mutaxassisning bugungi faoliyatini uning avvalgi mehnat tajribasidan ayro tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Faollik — berilgan vazifani sidqi-dildan bajarish bo‘lsa, tashabbuskorlik — vazifadan tashqarida ham yangilik izlash, muammoning yechimiga o‘z hissasini qo‘shishga intilishdir. Bugungi yosh mutaxassisdan aynan shunday yondashuv talab qilinmoqda. Chunki zamonaviy davlat xizmatida “mening vazifam shu” degan qarashning o‘zi yetarli emas. Xodim o‘z ishining jamiyat uchun qanday natija berishini his qilishi, har bir qaror va har bir raqamning ortida insonlar manfaatlari borligini anglab yetishi kerak.
Odina Qurbanbayeva misolida esa kasbiy o‘sishning yana bir muhim
jihati ko‘rinadi. O‘z ustida ishlash-dan to‘xtamaslik. U rus va ingliz tillarini biladi. Bir necha bosqichli ta’lim yo‘lidan o‘tgan. Soliq sohasi-ning turli yo‘nalishlarida tajriba orttirgan. Yutuqlari esa ana shu izlanishlarning mantiqiy davomi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Bugun ko‘plab yoshlar o‘z kasbida tezroq natijaga erishishni, qisqa fursatda muvaffaqiyat qozonishni istaydi. Biroq soliqchi qizimiz bosib o‘tgan yo‘l shuni ko‘rsatadiki, chinakam muvaffaqiyatning mustah-kam poydevori — ta’lim, mehnat va izchillik. Uning hayot yo‘lida katta shov-shuvli burilishlardan ko‘ra, muntazam izlanishlar ko‘proq. Avval o‘rganish, keyin amalda qo‘llash, tajriba orttirish, yana ta’lim olish va yangi marralar sari intilish...
Zero, sohada yosh avlodning bilimli, tashabbuskor va zamonaviy fikrlaydigan bo‘lishi tizim taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.
12-avgust barcha soliqchilarni bayram bilan mubarakbod etamiz.
Diyora ABDUMO‘MIN qizi

Diyora ISMOILOVA
Diyora ISMOILOVA
Мухбир
Тегlar::