--

Bolajonlar uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi

Bolajonlar uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi
Chop etilgan 11 August, 2026

Sirdaryo tumanida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun xayrli tadbir tashkil etildi.

Tumandagi “Dunyo” tantanalar saroyida tuman hokimligi tashabbusi bilan kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 187 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.
Tantanali tadbirda Sirdaryo tumani hokimi
Azizbek Turdimurodov ishtirok etib, bolajon-larni ushbu quvonchli kun bilan samimiy muborakbod etdi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda mamla-katimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘l-lab-quvvatlash, ularning ta’lim-tarbiyasi, salomatligi va kelajagi uchun zarur shart-sharo-itlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday ezgu tashabbuslar esa oilalarni qo‘llab-
quvvatlash, bolajonlarga quvonch ulashish va mehr-muruvvat muhitini yanada mustah-kamlashga xizmat qilmoqda.
Tadbir davomida bolajonlarga bayramona sovg‘alar topshirildi. Ular uchun qiziqarli ko‘ngilochar dastur namoyish etilib, bayramo-na kayfiyat ulashildi.
Tantanada ishtirok etgan ota-onalar farzand-lariga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘am-xo‘rlik uchun o‘z minnatdorliklarini bildirdi.
Zero, bolajonlarning beg‘ubor kulgusi va quvonchi — jamiyatimizda inson qadri, mehr-oqibat va g‘amxo‘rlik kabi ezgu qadriyatlarning yorqin ifodasidir.
Doniyor Sarimov,
Sirdaryo tumani hokimligi
Axborot xizmati rahbari

Тегlar::