--

Ilm, islohot va natija

Ilm, islohot va natija
Chop etilgan 28 July, 2026

Oliy ta’lim tizimidagi islohotlar haqida ko‘p gapiriladi. Ammo ularning haqiqiy qiymati qog‘ozdagi rejalar yoki balandparvoz shiorlar bilan emas, balki amaliy natijalar bilan o‘lchanadi. So‘nggi yillarda Guliston davlat universitetidagi o‘zgarishlar ana shunday natijalarning yaqqol ifodasidir. Talabalar sonining qariyb besh barobar oshishi, ilmiy salohiyatning ikki baravarga yaqin yuksalishi, xalqaro reytinglarda munosib o‘rin egallanishi, xorijiy hamkorlikning kengayishi hamda zamonaviy infratuzilmaning yaratilishi universitet taraqqiyoti izchil va aniq strategiya asosida olib borilganini ko‘rsatmoqda.
2017-yilda oliygohda 3550 nafar talaba tahsil olgan bo‘lsa, bugunga kelib, ularning soni 15 ming nafardan oshdi. Bu esa nafaqat oliy ta’lim qamrovi kengayganini, balki yoshlar-ning oliy ta’limga bo‘lgan ishonchi va qiziqishi sezilarli darajada ortganini bildiradi. Yangi o‘quv yilida yana 3250 nafar talabani qabul qilish reja-lashtirilayotgani ushbu rivojlanish izchil davom etayotganidan dalolat.
Universitetning ilmiy salohiyati ham yangi bosqichga ko‘tarildi. 2017-yildagi 27 foizlik ko‘rsatkich bugun 55 foizga yetdi. Bu esa ilmiy izlanishlar ko‘lami kengaygani, professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyati faollashgani va ilmiy mak-tablar mustahkamlanayotganini anglatadi. Yillar davomida 53 ta darslik, 113 ta o‘quv qo‘llanma, 25 ta monografiya hamda mingdan ortiq ilmiy maqolalarning chop etilgani, ulardan 104 tasi “Scopus” va “Web of Science” bazalaridagi nufuzli jurnallarda e’lon qilingani universitetda ilm-fanning xalqaro maydondagi nufuzini oshirmoqda.
Ta’lim sifatini xalqaro standart-larga moslashtirish borasidagi ishlar ham e’tiborga molik. Bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarining o‘quv rejalari dunyoning TOP-300
taligiga kiruvchi 44 ta oliy ta’lim muassasasi tajribasi asosida takomillashtirilib, yuzlab fan dasturlari zamonaviy talablar asosida yangilandi. Bu esa bitiruv-chilarning mehnat bozoridagi raqobat-bardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Xalqaro hamkorlik universitet taraqqiyotining muhim yo‘nalishiga aylandi. Xorijiy oliy ta’lim muassa-salari, xususan Angliya, Xitoy, Rossiya mamlakatlaridagi oliygohlar bilan 35 ta memorandum imzolanib, o‘nlab professor-o‘qituvchilar xorijda malaka oshirishdi, yetakchi xorijiy professorlar esa dars jarayonlariga jalb qilindi. Akademik mobillik dasturlari orqali talabalar dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishayotgani esa ta’limning ochiqligi va sifatini yanada mustahkamlamoqda.
Bugungi kunda universitet faqat
ta’lim maskani emas, balki innovat-siyalar markaziga ham aylanmoqda. Faoliyat yuritayotgan 8 ta ilmiy laboratoriya, qiymati 1 milliard
150 million so‘mlik startap loyihalari, grant va investitsiyalar hajmining 1 million AQSH dol-laridan oshgani ilmiy g‘oyalar amaliy natijaga aylanayotganidan dalolat beradi.
Talabalarning erishgan yutuqlari ham tahsinga loyiq. Prezident va
boshqa nomdor davlat stipendiyalari sovrindorlari, mingdan ortiq respublika hamda xalqaro tanlov va sport musobaqalari g‘oliblari, “Yosh kitobxon” tanlovidagi mutloq g‘alaba, “Mard o‘g‘lon”, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari va “Kelajak umidi” ko‘krak nishoni sohiblari — bularning barchasi universitetda yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishning amaliy samarasidir.
Universitetda yoshlarning har
tomonlama kamol topishi uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘z samarasini sport maydonlarida ham namoyon
etmoqda. “Besh tashabbus olimpia-dasi”ning Respublika bosqichi hamda Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro sport musobaqalarida universitet jamoasining 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani buning yaqqol isbotidir. Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” respublika bosqichida stol tennisi bo‘yicha bronza medali, “Talabalar ligasi” respublika bosqichida esa kurash bo‘yicha kumush va bronza medallarining qo‘lga kiritilishi talaba-yoshlarning nafaqat ilm-fan, balki sport sohasida ham yuksak mahoratga ega ekanini ko‘rsatmoqda.

Universitet infratuzilmasi ham tubdan yangilanyapti. Zamonaviy o‘quv binolari, talabalar turar joylari, yangi axborot-resurs markazi, sport inshootlari, quyosh panellari hamda “Yashil makon” loyihasi doirasidagi keng ko‘lamli ekologik tashabbuslar ta’lim sifati bilan bir qatorda qulay va barqaror muhit yaratishga ham xizmat qilmoqda.
Xalqaro reytinglardagi natija-lar esa amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim e’tirof-laridan biri bo‘ldi. QS Asia
reytingida 751-o‘rin, Times Higher
Education reytingida 1501+ pog‘o-nadan joy olgani universitetning xorijiy maydondagi nufuzi tobora ortib borayotganini tasdiqlaydi.
Yillar davomida amalga oshirilgan islohotlar bugun o‘z natijasini ko‘rsa-tayotir. Ilm-fan, xalqaro hamkorlik, zamonaviy infratuzilma va iqtidorli yoshlar uyg‘unligida shakllanayotgan Guliston davlat universiteti endi nafaqat yutuqlarni qayd etayotgan, balki kelajakni bunyod etayotgan dargoh sifatida o‘z nufuzini oshirib bormoqda.
Sevinch G‘ANIYEVA

Sevinch G‘ANIYEVA
Sevinch G‘ANIYEVA
MUXBIR
Тегlar::