Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Yil o‘qituv-chisi” respublika tanlovi mamlakatimizning barcha hududlaridagi pedagog-larni bir maydonga jamla-di. Tanlov yakunida tuman va shaharlarda munosib natija ko‘rsatgan ustozlar alohida e’tirof etildi. Viloyatimizning barcha hududlaridan tanlab olingan 11 nafar pedagog g‘oliblar qatoridan joy egalladilar.Bu natijaning o‘ziyoq e’tiborga molik. Ammo ustozning qadrini oshiradigan asosiy jihat — g‘oliblar-ning tanlovgacha bo‘lgan faoliyati. Chunki ularning har biri o‘zi faoliyat
ko‘rsatayotgan maktabda yillar davomida to‘plagan tajribasi, o‘quv-chilari erishgan natijalar, qo‘lga kiritgan sertifikatlari, malaka toifalari va izlanishlari bilan bu bosqichga yetib kelgan.
Tuman va shaharlardan ikki nafardan pedagog yakuniy bosqichda ishtirok etgan bo‘lib, ularning biri g‘oliblikka munosib topilgan. Shu jihatdan viloyatimizdan 22 nafar pedagogning finalga chiqib, 11 nafari
g‘olib bo‘lgani raqamlarning o‘zidan ham tanlovdagi raqobatni anglatadi. Ammo bu yerda e’tibor faqat g‘oliblikning o‘ziga emas, aynan kimlar va qanday mehnat bilan shu bosqichga yetib kelganiga qaratilishi kerak. Chunki yakuniy natijalar ortida bir necha yillik kasbiy faoliyat, o‘quvchilar bilan ishlash, malaka oshirish, sertifikatlar sohibi bo‘lish, yangi metodlarni izlash va eng muhimi, o‘z ustida muntazam ishlash bor.
Aynan shu jihat g‘oliblarning avvalgi faoliyatiga nazar tashlaganda yanada yaqqol ko‘rinadi. Shirin shahridagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Sayyora Berdiyorova 2018-yilda “Mahoratli pedagog” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida III o‘rinni egallagan. Bu uning tanlovlardagi ilk qadami bo‘lgan bo‘lsa, keyingi yillarda kasbiy izlanishlari davom etdi. Darslarida inter-
faol metodlar, noan’anaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnolo-giyalaridan oqilona foydalanib kel-moqda. O‘zi yaratgan 100 dan ortiq ko‘rgazmali vositani ta’lim jarayoniga tatbiq etgani, o‘quvchilarining “Yurt kelajagi” fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni egallagani, 2024-yilda o‘zbek tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikatni egallagani ham shundan dalolat.
Sardobalik tarix fani o‘qituvchisi Ravshanbek Karabashevning
faoliyatida malaka va natijani izchil oshirib borish ko‘zga tashlanadi. U 2020-yilda“Mahoratli pedagoglar olimpiadasi”ning viloyat bosqichida birinchi o‘rinni egallagan. 2021-yilda oliy malaka toifasini olib, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2024-yilda tarix fanidan A darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2025-yilgi attestatsiyada 88 ball to‘plab, 70 foiz-lik ustamaga ega bo‘lgan. Demak, “Yil o‘qituvchisi”dagi g‘oliblik uning faoliyatidagi birinchi katta natija emas, balki avvalgi mehnatlarning navbatdagi natijasidir.
Oqoltinlik pedagog Odina Boliqu-
lovaning faoliyatida esa o‘qituvchi-ning bugungi imkoniyatlardan foyda-lanib, o‘z kasbiy darajasini oshirib borayotgani ko‘rinadi. Xalqaro va milliy sertifikatlar, oliy malaka toifasi, 70 foizlik ustama — bularning barchasi bir kunlik tayyorgarlik bilan qo‘lga kiritiladigan natijalar emas. Ularning ortida o‘qish, izlanish, imtihon va muntazam mehnat bor.
Sayxunobod tumanidagi 9-maktab o‘qituvchisi Yulduz Mahmudovaning ham bundan avval Vazir jamg‘armasi ustamasini qo‘lga kiritgani uning yangi g‘olibligi oldingi mehnatla-rining davomi ekanligini ko‘rsatadi. Ya’ni tanlovga kelgan har bir ustoz-ning ortida allaqachon shakllangan ma’lum bir kasbiy tajriba bor.
Boshqa g‘oliblarning faoliyatida ham ana shu umumiy jihatni ko‘rish mumkin. Kimdir o‘quvchilarini fan olimpiadalariga tayyorlab, ularning erishgan natijasi bilan ajralib turgan bo‘lsa, yana biri metodik ishlanmalari bilan tajribasini ommalashtirgan. Boshqasi malaka sertifikatlari va attestatsiya natijalari bilan o‘z bili-mini tasdiqlagan. Yana biri esa dars jarayoniga yangicha yondashuv olib kirgan. Ularning faoliyat yo‘llari turlicha, lekin g‘oliblikka olib kelgan asosiy mezon bir, ya’ni doimiy izlanish demak.
Tanlovda kitobxonlikka ham alohida e’tibor qaratilgani bejiz emas. Ishtirokchilar 21 ta manba asosida test sinovlaridan o‘tkazildi. Ularning 16 tasi badiiy adabiyot, qolganlari Prezident asarlari, Konstitutsiya, “Ta’lim to‘g‘risida” hamda “Peda-gogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunlardan iborat. Bu esa bugungi o‘qituvchidan faqat o‘z fanini yaxshi bilish emas, dunyoqarashini kengaytirish, mutolaa qilish va jamiyatdagi jarayonlardan xabardor bo‘lish ham talab etilayotganini ko‘rsatadi.
Bu e’tiroflar qatorida Sirdaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Gulasal Berdaliyevaning “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlo-vida g‘olib bo‘lgani ham alohida qaydga loyiq. Tanlov g‘olibiga ham quyidagi miqdorda mukofot taqdim etilishi belgilangan.
Tanlovning moddiy rag‘bati ham salmoqli. Har bir g‘olib uchun 616 million so‘m miqdorida pul mukofoti ajratilgan. Bu raqamlar, albatta, katta qiziqish uyg‘o-tadi. Ammo undan ham muhim jihat shuki, bunday rag‘batning o‘qituvchi mehnatiga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirayotganidir. Pedagogning bilim va mahorati, izlanishi va natijasi nafaqat ma’naviy, balki moddiy jihatdan ham qadrlanmoqda.
Biroq 616 million so‘mlik muko-fotga olib kelgan yo‘lni faqatgina 3 bosqichli tanlov bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Sayyora Berdiyorovaning yillar davomida yaratgan metodik tajribasi, Ravshanbek Karabashevning ketma-ket qo‘lga kiritgan malaka va sertifikatlari, Odina Boliqulovaning kasbiy rivojlanishga intilishi, Yulduz Mahmudovaning avvalgi yutuqlari — bular tanlov natijasining mustahkam poydevorlari.
“Yil o‘qituvchisi” tanlovi esa ana shu kundalik sinovlarning bir kun
kelib, katta yutuqlarga aylanishi mumkinligini ko‘rsatdi. Sirdaryolik 11 nafar pedagog uchun bu — shunchaki navbatdagi diplom emas. Bu yillar davomida qilingan mehnat, to‘plangan tajriba va tinimsiz izlanishning katta sahnadagi e’tirofi.
Respublikamizning 208 ta tuman
va shaharlarida g‘olib bo‘lgan ishti-rokchilarning 208 nafar pedagogning har biri bu yutuqqa o‘zlarining sa’y-harakatlari tufayli yetib keldi. Ularning barchasini ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz. Ammo uning haqiqiy qiymati shogirdining yutug‘i, bilimga bo‘lgan qiziqishi va kelajakdagi muvaffaqiyatlarida namoyon bo‘ladi.
Sevinch G‘ANIYEVA