--

SIRDARYO INVESTITSIYALAR MARKAZIGA AYLANMOQDA

SIRDARYO  INVESTITSIYALAR MARKAZIGA AYLANMOQDA
Chop etilgan 24 November, 2026

Millionlab dollarlik sarmoyalar, önlab yirik korxonalar, minglab yangi iş örinlari. Sirdaryo viloyatida taşkil etilgan erkin iqtisodiy va maxsus sanoat zonalari hududning iqtisodiy qiyofasini özgartirib, uni sanoat va investitsiyalar markazlaridan biriga aylantiriş sari dadil qadam taşlamoqda. Sirdaryo bugun faqat qişloq xöja-ligi bilan çeklanib qolayotgani yöq. Balki yirik sanoat loyihalari, xorijiy investitsiyalar va zamonaviy işlab çiqariş korxonalari bilan ham tilga olinmoqda. Viloyatda taşkil etilgan “Sirdaryo-farm”, “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonalari, “Markaziy Osiyo xalqaro sanoat kooperatsiya markazi” hamda “Sirdaryo” maxsus sanoat zonasi hudud iqtisodiyotida yangi bosqiçni boşlab bermoqda.
Ya’ni, yangi investitsiyalar, zamo-naviy texnologiyalar, eksportbop mahsulotlar va minglab iş örinlarini birlaştirayotgan iqtisodiy taraqqiyot nuqtalaridir.
Bugungi kunda mazkur iqtisodiy va sanoat zonalarining umumiy yer maydoni 2 136,2 gektarni taşkil etadi. Şundan 1 755 gektari inves-titsiya loyihalarini joylaştiriş uçun möljallangan. Qolgan 381,2 gektar yer maydonida esa gaz, elektr energiyasi, avtomobil va temir yöllari, suv ta’minoti, aloqa hamda boşqa infratuzilma obyektlari joylaşgan.
E’tiborlisi, uşbu hududlarda bugun-ning özidayoq sezilarli iqtisodiy faollik şakllangan.
Jumladan, 758 gektar maydonda umumiy qiymati 1 milliard 952,5 mil-lion dollar bölgan 104 ta investitsiya loyihasi joylaştirilgan. Ularning 863,2 million dollari töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar hissasiga töğri keladi.
Barça loyihalar töliq işga tuşirilişi natijasida 15 945 ta yangi iş örni yaratilişi rejalaştirilgan.
Bu raqamlar ortida esa yangi korxonalar, zamonaviy işlab çiqariş quvvatlari, kasb-hunar egallayotgan yoşlar va öz mehnati bilan oilasi farovonligini ta’minlayotgan minglab insonlar taqdiri mujassam.
Hozirga qadar iqtisodiy zonalarda umumiy qiymati 420,1 million dollar bölgan 38 ta loyiha işga tuşirilgan. Şundan 167,9 million dollari töğridan-töğri xorijiy investitsiyalardir.
Uşbu korxonalar faoliyati natijasida 5 532 nafar fuqaro doimiy iş bilan ta’minlangan.
Hududlar kesimida qaraydigan bölsak, “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasida 28 ta loyiha — Sirdaryo tumanida 12 ta, Yangiyer şahrida 16 ta
korxona işga tuşirilgan. “Sirdaryo-farm” erkin iqtisodiy zonasida esa Sirdaryo tumanida 10 ta loyiha amalga oşirilgan bölib, işlab çiqariş hajmlari ham sanoat zonalarining iqtisodiy ahamiyati ortib borayotganini körsatmoqda.
2026-yil yanvar-oktyabr oylarida işga tuşirilgan loyihalar doirasida
3 trillion 94,6 milliard sömlik tayyor mahsulot işlab çiqarildi. Şu davrda 100 million 6 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi.
Demak, Sirdaryoda faqat korxo-nalar qurilayotgani yöq, balki içki va taşqi bozorlarga yetkazib berilayotgan raqobatbardoş mahsulotlar hajmi ham ortib bormoqda.
Joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida yana 7 ta investitsiya loyihasi işga tuşirildi. Uşbu loyihalarga 45,1 million dollar yoki 560,2 milliard söm investitsiya kiritilib, 461 ta yangi iş örni yaratildi.
Masalan, Sirdaryo tumanida “LESSO” MÇJ QK tomonidan polivi-nilxlorid, polipropilen va polietilen xomaşyosi asosida plastik quvurlar işlab çiqariş loyihasi foydalanişga topşirildi. Qiymati 15 million dollar bölgan uşbu korxonada 100 ta yangi iş örni yaratildi.
Şuningdek, “DIOR DESIGN DECORATION” MÇJ XK tomo-nidan 3,1 million dollarlik devor gulqoğozlari işlab çiqariş loyihasi işga tuşirilib, 48 nafar fuqaro iş bilan ta’minlandi.
Yangiyer şahrida esa “SUNNY GOLDEN OIL” MÇJ XKning 3,1 million dollarlik ösimlik yoği işlab çiqariş korxonasi faoliyati yölga qöyildi. u yerda 31 ta yangi iş örni yaratildi.
Oldinda — yanada yirik loyihalar
Ayni paytda 2026-2029-yillarda amalga oşirilişi rejalaştirilgan umumiy qiymati 1 milliard 532,4 million dollar bölgan 66 ta yangi investitsiya loyihasi ustida iş olib borilmoqda. Ularning 1 milliard 110 million dollari töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar hisoblanadi.
Mazkur loyihalar töliq işga tuşi-rilişi natijasida yana 10 413 ta yangi iş örni yaratilişi közda tutilgan.
Ayniqsa, viloyatda amalga oşirilayotgan yirik sanoat loyihalari alo-hida e’tiborga molik.
Xovos tumanida 45 gektar yer maydonida “SIRDARYA ÇANG-LONG” MÇJ XK tomonidan umumiy qiymati 100 million dollar bölganmetall mahsulotlari işlab çiqariş loyihasi amalga oşirilmoqda. Korxona yiliga 500 ming tonna metall mahsulotlari işlab çiqariş quvvatiga ega böladi.
Sirdaryo tumanida esa 31 gektar maydonda “Asaka Motors Interna-tional” MÇJ tomonidan 124 million dollarlik yengil avtomobillar işlab çiqariş loyihasi joylaştirilgan. Uşbu loyiha hududda avtomobilsozlik sanoatini rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçişi kutilmoqda.
Yangiyer şahrida 50 gektar may-donda “ZHONGYA ANRUIXIN STEEL GROUP“ MÇJ XK tomonidan 260 million dollarlik yirik sanoat loyihasi amalga oşirilmoqda. Korxonada yiliga 600 ming tonna metall mahsulotlari işlab çiqariş rejalaştirilgan.
Uşbu loyihalar nafaqat viloyat sanoatining tarmoq tarkibini kengay-
tiradi, balki metallurgiya, avtomobil-sozlik va sanoat kooperatsiyasi, oziq-ovqat, kimyo, farmatsevtika, quriliş materiallari, tekstil, töqimaçilik, elektrotexnika yönalişlarida ham yangi işlab çiqariş zanjirlarini şakllantirişga xizmat qiladi.
Bugungi natijalar va istiqboldagi rejalarga nazar taşlasak, bir haqiqat yaqqol namoyon böladi. Sirdaryoda sanoatni rivojlantiriş jarayoni yangi bosqiçga kötarilmoqda.
Xurşida Gʻulomjon qizi

Xurshida NISHONOVA
Xurshida NISHONOVA
BO‘LIM MUHARRIRI
Тегlar::