--

TIBBIYOTNING RAQAMLI QIYOFASI

TIBBIYOTNING RAQAMLI QIYOFASI
Chop etilgan 24 November, 2026

Raqamli texnologiyalar tibbiyotga kirib kelar ekan, endi şifokor qabuliga röyxatdan ötiş, tahlil natijalarini oliş, elektron retsept rasmiylaştiriş va hatto tibbiyot muassasalari faoliyatini nazorat qiliş ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ammo bu jarayonning haqiqiy samarasi zamonaviy kompyuterlar soni bilan emas, bemor uçun yaratilgan qulaylik va tizimdagi muammolarning qançalik tez hal etilayotgani bilan ölçanadi.
Bugun bemorlar bir neça oy avval topşirgan tahlil natijasini izlab, bir xonadan ikkinçisiga kirib yurişmaydi. Şifokor esa bemorning avvalgi kasallik tarixi bilan tanişiş uçun qoğoz jildlarni varaqlamaydi. Zarur ma’lumotlar yagona elektron tizimda saqlanadi. Bu şunçaki qulaylik emas, tibbiy xizmat körsatiş madaniyatining özgarişidir.
Bugun viloyatimiz soğliqni saqlaş tizimida ham ana şu yönalişda keng kölamli işlar olib borilmoqda. Viloyatdagi 946 ming 297 nafar aholi uçun 163 ta tibbiyot muassasasi xizmat körsatyapti. Ularning faoliyatini zamonaviy axborot texnologiyalari bilan boğlaş, ma’lumotlar almaşinuvini tezlaştiriş va boşqaruvni yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida raqamlaştiriş jarayonlari izçil davom ettirilmoqda.
Bu borada, avvalo, texnik imkoniyatlar yaratilyotir. Soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Vohid Xudoyqulov taqdim etgan ma’lumotlarga köra, 2025-yilda respublika va mahalliy budjet mablağlari hisobidan tibbiyot muassasalariga 2 207 ta monoblok, 879 ta planşet, 816 ta printer va boşqa köplab axborot-kommunikatsiya qurilmalari yetkazib berilgan. 2026-yilda ham qöşimça texnikalar xarid qilingan. Bugungi kunga kelib, viloyat tibbiyot muassasalari
4 300 ta monoblok, 1 179 ta planşet va boşqa zarur qurilmalar bilan ta’minlangan.
Avvallari bemor haqidagi ma’lumotlar turli hujjatlar va alohida tizimlarda saqlangan bölsa, endilikda ularni yagona elektron platforma (DMED) yagona tibbiyot axborot tizimida jamlaş imkoniyati yaratilmoqda. Ma’lumotlarga köra, viloyatdagi barça tibbiyot muassasalarida DMED tizimi joriy qilingan. Tizimda “Elektron poliklinika”, “Elektron şifoxona”, “Elektron tibbiy karta”, “Omborxo-na”, “Kassa”, “Laboratoriya” va “Elektron retsept” kabi modullar faoliyat yuritmoqda.
Boşqarma boşliği örinbosari Azamat Ahmedovning ma’lumotlariga köra, DMED tizimiga viloyat böyiça 880 ming 592 nafar aholi biriktirilgan. Bu esa umumiy aholining 93 foiziga teng. Şuningdek, laboratoriya tahlil-
larini elektron şaklda kiritiş va muas-sasalar örtasida almaşiş imkoniyati ham yölga qöyilgan. Elektron retsept tizimiga 157 ta tibbiyot muassasasi, 93 ta xususiy şifoxona va 257 ta dori-
xona ulangan. Bu esa tibbiy xizmat körsatiş jarayonida ma’lumotlarning şaffofligi va izçilligini ta’minlaşga xizmat qiladi.
Albatta, tizimning joriy etilişi hali barça muammolar hal böldi, degani emas. Elektron bazaga ma’lumotlarning öz vaqtida va töğri kiritilişi, xodimlarning undan samarali foydalanişlari ham muhim. Şu sababli tibbiyot xodimlarini raqamli tizimlar bilan işlaşga örgatiş işlari ham davom ettirilmoqda.Raqamlaştirişning navbatdagi muhim bosqiçi – viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi binosida taşkil etilayotgan Raqamli situatsion markaz. Uning asosiy vazifasi viloyatdagi tibbiyot muassasalari faoliyatini real vaqt rejimida tahlil qiliş, şifokorlar bandligini kuzatiş va fuqarolar murojaatlarini tezkor hal etişdan iborat.
Azamat Ahmedovning ta’kidla-şiça, markaz orqali tibbiyot muassasa-
laridagi iş jarayonlari, mavjud resurslar va körsatilayotgan xizmatlar sifati-ni doimiy nazorat qiliş imkoniyati yaratiladi. Şuningdek, call-markazlar orqali fuqarolarning şikoyat va taklif-
larini qabul qiliş ham közda tutilgan. Ammo markaz faoliyatining haqiqiy samarasi faqat kuzatuv bilan çeklanmasligi kerak. Aniqlangan kamçiliklar yuzasidan daxldor taşkilotlarning mas’ullari qanday çoralar körayotga-ni, murojaatlar qança muddatda hal etilayotgani ham nazorat qilinişi lozim. Çunki raqamli nazoratning maqsadi muammolarni qayd etiş emas, ularni bartaraf qilişdir.

Viloyatimizdagi oilaviy poliklini-kalarda şifokorlar qabuli sonining ortgani ham e’tiborga molik. 2025-yilning töqqiz oyida 6 million 686 ming 785 ta qabul qayd etilgan bölsa, 2026-yilning şu davrida bu körsatkiç 9 million 984 ming 122 taga yetgan. Ösiş 3 million 297 ming 337 ta yoki 33 foizni taşkil etgan. Bu körsatkiç birlamçi tibbiy xizmatga murojaatlar köpayganini anglatadi. Bunday şaroitda elektron navbat, şifokorlar bandligini kuzatiş va bemor ma’lu-motlarining oldindan şakllantirilişi muhim. Aks holda murojaatlar soni ortişi bilan birga navbatlar, kutiş vaqti va xodimlar zimmasidagi yuklama ham köpayişi mumkin.
Tibbiyot xodimlarining xavfsizligini ta’minlaşda bodi-kameralardan foydalaniş taşabbusi ham juda muhim. Bunday vositalar nizoli vaziyatlarni xolis qayd etiş, tibbiyot xodimlari va bemorlar huquqlarini himoya qilişga xizmat qiladi.
Viloyatimiz tibbiyot tizimida raqamlaştiriş jarayoni texnik jihozlaşdan yagona elektron ma’lumotlar bazasiga, undan esa real vaqt rejimi-dagi boşqaruv tizimiga ötmoqda. Bu, şubhasiz, yangi imkoniyatlar eşigini oçadi. Biroq 4 mingdan ortiq monoblok, yuzlab planşetlar yoki yagona elektron platformaning mavjudligi öz-özidan sifatli tibbiy xizmatni kafolatlamaydi. Buning uçun tizimdagi har bir ma’lumot aniq, har bir murojaat e’tiborda, har bir muammo esa yeçimga yönaltirilgan bölişi kerak.
Raqamli situatsion markaz ham aynan şu vazifani qay darajada udda-laşi bilan öz ahamiyatini namoyon etadi. Çunki tibbiyotda eng muhim körsatkiç ekrandagi raqamlar emas, balki öz vaqtida yordam olgan bemor, ortiqça qoğozbozlikdan xalos bölgan şifokor va tizimga bildirgan işonçi oqlangan fuqarodir!
Sevinç ĞANIYEVA

Sevinch G‘ANIYEVA
Sevinch G‘ANIYEVA
MUXBIR